Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sunhiy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib, qo’lga yopishmadigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
Uchunchi variant - 1 qism to’prog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib aralashtiriladi.
Mum – Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan ham foydalaniladi. Mum tabiiy va suhniy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qo’lay, u qo’rimaydi, suv bilan namlashni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq saqlanadi.
SAVOLLAR.
Mehnat darslarida metallning ahamimyati qanday.
Neogrnik moddalar qaerdan olinadi.
Yog’ochning turlari qanday.
TOPSHIRIQLAR.
1. Turli materiallarning mazmunida namunalar keltiring.
2. Dars ishlanmasini keltiring.
ADABIYОTLAR.
1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
3. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y
4. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi” 1989 yil
5. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Loy va plastilin bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi.
Reja.
Plastillinning xususiyati va tarkibi
. Plastillinni ishlatish usullari.
Loyning xususiyati va ishlatish usullari.
Plastillin va loy bilan ishlashni tarbieaga ta`siri.
Plastillin va loy bilan ishlash qoidalari.
Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash mashg’ulotlarining maqsadi va vazifasi bolalarning haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan tanishtirish va amaliy ishlashga o’rgatishni nazarda tutadi. Bunday mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o’tkazish har bir o’qituvchidan mazkur soha bo’yicha mahlum tayyorgarlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar o’z ustlarida ko’proq ishlashlari, xaykaltoroshlik va sapoldo’zlik asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi
Mehnat darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foydalanib, ulardan turli uyinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qaxromonlari yasaladi. Uyinchoq – dekorativ sahnatning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning rivojlanib borishiga ko’ra uyinchoqlarni assortimenti, ularning obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. Uyinchoqlar yasaladigan materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar yasashda asosiy material hisoblanadi.
CHunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan materialda chet predmetlar, tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. CHunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tayyorlash kerak, topilgan matni narsalar yasashga yaroqli yoki yo’qligini oldindan tekshirish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz loy tarkibida qum ko’p bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi.
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo’lib, ayrim xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U sunhiy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan farqlanadi. Plastilin har-xil oddiy va murakkab turlari bo’lib, retseptlari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qushib, qulga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq buyoq massasi qushib va puxta aralashtirib buyash mumkin.
Uchunchi variant- 1 qism tuprog’ida 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qulga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qushib aralashtiriladi. Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qulda ezilgandan keyin boshlash kerak.
Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan foydalaniladi. Mumning tabiiy va suhniy (neftdan olingan) turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qulay, u qurimaydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasaladigan narsalar uzoq saqlanadi.
Mehnat darslarida uchun magazinlarda ochdan to to’q rangacha bo’lgan rangli mum tayoqchalari sotiladi.
Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy konstruktsiyadagi yog’och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda metall steklardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo’g’on mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. TSirkulg’, o’lchov, chizg’ich va burchaklar kabi o’lchov asboblari modellarni chizish va o’lchash ishlarida kerak bo’ladi.
Tayyor narsalardagi changlarni yo’qotish, loy narsalarni supurib tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har – xil mo’yqalamlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Haykaltoroshlik haqida qisqacha mahlumot. Haykaltoroshlik – tahsviriy sahnat turlaridan biridir. Sahnatning bu turining xususiyati tasvirni hajmi – formasidir. Plastik tasvirlar orasida aylana haykaltoroshlik yolg’iz tur emas. Undan tashqari, barelg’ef va gorelg’ef ham mavjud relg’ef aylana haykaltoroshlikdan farq qilib, yassi sathda aks etadi. Bu haykaltoroshlik formalaridan idish – tovoq sathini, binolarning old tomoni, inter’erni va shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Loy va plastilin bilan ishlashda kerak bo’ladigan usullar.
Yumoloqlik – bu parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar shaklini berishdir.
Bir bo’lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
SHar yasash, so’ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qulning holati doimo o’zgarib turadi.
CHuzish – sharikning bir qismi chuziladi.
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o’zaro biriktirish.
Loy va plastillin bilan ishlash mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda ish joyini bekamu-ko’st jihozlanganligi muhim ahamiyatga egadir.
SHuni kayd etish lozimki, Uzbekiston issik iklim sharoitida narsalar yasash buyicha amaliy mashgulotlarni loydan bajargan mahkul, chunki plastilindan yasalgan narsaar issikda uz shaklini tez yukotadi.
Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan boshlash kerak. Bunda tayyor namuna yoki rasm buyicha ishlashni taklif etish mumkin. Ukuvchilar narsalarni yasash usullarini egallab olganlaridan sung uyinchoklar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga utishlari mumkin.
SAVOLLAR.
1. Haykaltoroshlik sahnati qachon paydo bo’lgan.
2. Loyning xususiyati qanday.
3. Plastilinning tarkibi qanday.
4. Darslarni tashkil qilish usullari.
TOPSHIRIQLAR.
Loydan yasalgan o’yinchoqlardan namunalar kelitiring.
Plastilindan yasalgan o’yinchoqlardan namunalar keltiring.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Reja.
Applikatsiya ishlari haqida tushuncha.
Mozaeka ishlari haqida tushuncha.
Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha.
Applikatsiya va mozayka ishlarining maqsadi va tarbiyaviy ahamiyati.
Bolalarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o’stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy ehtibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, yahni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, yahni fonga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy ehtibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element bo’lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi.
Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi mumkin.
SHundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ sahnat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqo’ va rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental sahnatga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sahnati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko’zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir.
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin
SAVOLLAR.
1. Applikatsiya ishlarida nimalarga ehtibor berish kerak.
2. Mozaika qanday sahnat turi.
3. Mozaika ishlaridan nimalar yaratiladi.
TOPSHIRIQLAR.
Applikatsiya ishlaridan namuna keltiring.
Mozayka ishlaridan namuna keltiring.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Reja.
Gazlamaning turlari.
Gazlamaning xususiyatlari.
Ishlov berish metodikasi.
Andoza olish, o`lchash va qirqish. Ish joyini tashkil qilish.
Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi.
Ish fartugidan andoza olish.
Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim doiralarini kengaytiradi. Bolalarni tasavvurlarini insoniyat hayotida muhim o’rinni egallovchi hamda keng tarqalgan materiallar va ularning xususiyatlari, sanoatning gazlama va tolali materiallar ishlab chiqariuvchi tarmoqlari, materiallardan texnika va insonning madaniy hamda maishiy ehtiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish kabilar bilan boyitadi.
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar turli asboblar hamda moslamalar, asosan qaychi, igna va o’lchov asboblari bilan ishlash malakalarini egallaydilar. Ular bu asbob va moslamalarning har xil turlari bilan tanishadilar.
Gazmol bilan ishlaganda mehnat madaniyati, o’z ishini rejalashtirish hamda tashkil etish ko’nikmasi rivojlanadi va takomillashadi. Bolalarning didlari ham jiddiy o’sadi va takomillashadi. Gazmol, ip va boshqa materiallarni bir-biriga moslab tanlash, o’quvchilarni ranglarni birikishi, gazmol va ipning rangi bir-biriga muvofiq kelishiga ehtibor berishga o’rgatadi.
O’qituvchi o’quv materiallarini darsda o’quvchilarni politexnik tahlim bilan qurollantirish amaliy ishlar bilan birikib ketadigan qilib qurollantiradi. U darsda tahlimni o’quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini o’stiradigan metod va usullardan foydalanadi.
1-sinf o’quvchilar qo’yidagi ko’nikma, bilim va malakalarni egallab olishlari kerak:
1. Gazmol haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanitirish. O’simlik (paxta, zig’ir)dan tayyorlanadigan gazmollar haqida dastlabki mahlumotlar beriladi. Gazmolning tuzilishi, ulardagi iplarning to’qilishi haqidagi ilk mahlumotlar beriladi.
2. Gazmollar asosan nimalarga mo’ljallanganligi bilan tanishtirish: kiyim-kechak, turmush narsalarga va shu kabilar.
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to’qish iplari) va yo’g’on-ingichkaligiga ko’ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
4. Tikish va to’qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda moslamalar (nina, qaychi, angishvona, to’g’nog’ich) va ularni saqlashning asosiy qoidalari bilan tanishtirish.
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to’g’ri o’tirish qoidalari, gigiena talablari.
6. Kerakli uzunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish yo’llari bilan tanishtirish (ularni tishlab, totib uzishga yo’l qo’ymaslik), lentani o’lchash va qirqish.
7. Ip va tolaga ishlov berish usullaridan biri bilan tanishtirish.
8. Yug’on ip va toladan to’qishga o’rgatish.
9. Ninaga ip o’tkazish, tugun solish, ipni mustaxkamlashni o’rgatish.
10. “Baxya”, “chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan tushuntirish.
11. Oddiy andazalar tayyorlash. O’qituvchi chizmasiga muvofiq to’g’ri burchak shaklidagi andazalar qilish.
12. Gazlamani andazaga ko’ra chamalash.
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
14. Gazlamani qalam yoki bo’r bilan belgilangan to’g’ri yoki egri chiziq bo’ylab qaychida qirqishni o’rgatish.
15. Gazlamadan narsalar tikishni o’rgatish.
16. Tugma qadash usullarini o’rgatish.
Bu mashg’ulotda o’quvchilar natural ipak va jun tolali materiallarni, to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm, chizma va berilgan o’lchamlar bo’yicha andaza bichish olishni va gazlamaning xususiyatlarini (pishqligi, egiluvchanligi, tuzilish) ni o’rganadilar.
SAVOLLAR.
Qanday gazlama turlari mavjud.
O’quvchilar qanday malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak.
Qanday tikish asboblarini bilasiz.
Asboblardan qanday foydalaniladi.
TOPSHIRIQLAR.
Material turlarini sanab o’ting.
CHok turlaridan namuna keltiring.
ADABIYОTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”. T. 1994y.
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y 5.Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil
Mavzu: Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish metodikasi.
Reja.
Yumshoq o`yinchoqlar uchun andoza olish usullari.
Matolar tanlash xususiyatlari.
Ranglarni tanlash ahamiyati.
Texnika xavfsizligi qoidalari.
O’yinchoqlar – bolalar o’yinlari uchun yaratilgan maxsus predmetdir. Biroq bu anik predmetning kichiraytirilgan nusxasi emas, balki uning shartli tasviri, o’ta umumlashtirilgan badiiy obrazdir. Ifodali shakl va harakatlilik, ravshanlik va rangning shartliligi bularning barchasi bolaning o’yinchoqqa jalb qiladi. U bilan o’ynash ishtiyoqini tug’diradi. O’yinchoq bola quvonchining manbaidir.
Yumshoq o’yinchoqlar bilan turli yoshdagi bolalar shug’ullanishlari mumkin. Aytishlaricha, yumshoq o’yinchoq yasab o’ynash faqatgina kichik bolalarga xos deb, lekin tajribalar shuni ko’rsatadiki yumshoq o’yinchoqlar bilan faqat bolar emas, balki katta yoshdagi bolalar ham qiziqadilar.
Kichik o’quvchilar o’yinchoqlarning eng oddiy turlari, kattaroqlari esa qo’g’irchoq teatri qo’g’irchoqlarini turli holatdagi o’qinchoqlarni tayyorlaydilar. O’quvchilarga o’yinchoqlar yasashni o’rgatish uchun avvalo o’qituvchi o’zi bu sahnatni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’zi tayyorlagan chiroyli o’yinchoqlarni o’quvchilarga ko’rsatar ekan, ularda ham o’yinchoqlar yasash qiziqishi paydo bo’ladi.
Yumshoq o’yinchoqni yasashni, uning yasash texnologiyasi uslubi, tayyor shablon asosida boshlash mumkin. O’yinchoq andoza asosida tayyorlanishiga qarab, bolalarni intilishlariga, o’zlari o’ylab qo’shgan g’oyalari uchun rag’barlantirishlari kerak.
Ishni tashkil qilishdan oldin qo’yidagi ashyolar va asboblarni tayyorlash kerak:
Asboblar:
Ignalarning turli katta-kichiklari.
G’altakli turli rangdagi iplar.
Rangli mo’lina iplar.
Turli rangdagi ipakli iplar.
Qaychi.
Bigiz.
Ombir.
Dazmol.
Angishvona.
Qalam.
Ashyolar:
Yumshoq o’yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib, dazmollangan satin, barxat, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar zarur.
Hayvonlarni tayyorlash uchun tukli bumaziy, suhniy va tabiiy jun matolaridan foydalaniladi.
Tana yuz ko’rinishini tasvirlovchi o’yinchoqlar uchun shifon, suhniy tolali shoyi matolar, yuz uchun och pushti, och jigarrang matolar olinadi, kiyimlari uchun rangli matolar, soch uchun suhniy iplar, viskoza, qismlarni biriktirishda 1-2 mm yumshoq simlar, o’yinchoqlarni jihozlashda har-xil tugmalar, biser, tisma, lentalar, shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun plastilin zarur. O’yinchoq ichi paxta bilan, tirikotaj chiqindilari, averla qilishda yog’ochdan chiqqan qirindilar bilan to’ldirish mumkin.
Yumshoq o’yinchoq tayyorlashda ishni nimadan boshlash kerak. Dastlab bolalarni ignani ushlashdan, igna to’g’nog’ichdan o’rinli foydalanishdan, so’ng eng oddiy chok turlarini tikishdan boshlash zarur. CHok turlarini o’rgatish uchun amaliy bir nechta ish tavsiya etiladi. (Ro’molcha tikish, xaltacha tikish va boshqalar). Bu esa bolalarni chok turlarini tikish malakasini egallashga shiroit yaratadi. Bolalarda igna bilan ishlash malakasi hosil bo’lgandan keyin oddiy model tayyorlashga o’tiladi. Bolalar qo’lda tikadilar, kattaroq bolalar tikuv mashinasidan foydalanish mumkin.
Yumshoq o’yinchoq tikish izchilligi qo’ydagicha bosqichlardan iborat: Mato tanlash, g’ijim matoni dazmollash, matoga andoza chizish, qismlarni bichish, tikish, ichini to’ldirish, ustini jihozlash.
Andoza kartondan tayyorlanadi, bichishga mato ikkiga buklanadi, uning chap tomoniga andoza qo’yib bichiladi, yaxshi ichi ochiladi, qalam bilan tayyorlanayotgan bo’lsa, andoza har bir bo’lak mato ustiga ipini qiyalab yo’nalgan tomoniga qo’yiladi. Toq mato bo’lsa andoza oq yoki sariq rangi qalam bilan och rangi mato bo’lsa qaro rangli qalamdan tayyorlanadi.
CHizib olingan mato har tomondan 0,5 sm chok uchun qoldirilib, qirqiladi, so’ng qo’lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklar o’ng tomonga chiqariladi. Tayyor tikilgan forma metal tayyoqcha yordamida o’tmas tomoni bilan o’ngiga ag’dariladi.
Agar o’yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo’lsa chok haqqi qoldiriladi, chetlari qalin ipda tikiladi.
Hayvon va qushlarni tikish qo’ydagi qoida bo’yicha: avval tana va qorin qismlari bir-biriga tikiladi. Formani ikki yarmi tayyor bo’lgandan so’ng ularni birga tikiladi. Forma o’ngiga ag’darilib qoldirilgan joydan ichi to’ldiriladi, qismlari bir-biriga ko’rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. O’yinchoq ichi paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to’ldiriladi.
O’yinchoq tayyorlashni qiyinlik bosqichiga qarab ikki guruhga ajratiladi.
guruh: Yengil to’ldiriladigan o’yinchoq (tovuq, marteshka qo’g’irchoq, pigvin, o’rdakcha, kuchukcha, filcha, quyoncha, ayiqcha, xo’tikcha, jirafa).
guruh: Qo’g’irchoq teatri uchun qo’g’irchoq (CHo’chqa, kuchukcha, ayiqcha, maymuncha, qo’g’irchoq, mushuk sim sixga o’rnatilgan o’yinchoq, buratino, tulki va boshqalar).
O’yinchoqlarni yasash bolalarni fikrlash qobiliyatini riojlantiradi, saviyasini kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishini tarbiyalaydi. Ular o’zlari yasagan o’yinchoqlarga o’zlarini ajoyib-g’aroyib istaklarini, muhabbatlarini, mehnatlarini sarflaydilar. SHunung uchun ularning mehnatlarini qadrlab va mehnat qilishga qiziqtirish lozim. Bu esa ularda maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, o’zaro yordam berish, mehnatsevarlik, ehtiborlilik, batartiblikni tarbiyalaydi.
|