Qo’l mehnatiga o’rgatishda qo’llaniladigan asosiy usullar tizimi qo’ydagichadir:
Og’zaki bayon qilish.
Tushuntirish va hikoya qilish.
Suhbat.
Mashqlar.
Amaliy ishlar.
Labaratoriya ishlari.
Mustaqil ishlar.
Ekskursiya.
Kitob bilan ishlash.
Texnik vositalar.
Yangi pedagogir texnologiyalar.
Mehnat tahlimi jarayonida o’quvchilarni mehnat tahlimi va tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o’qituvchi o’quvchilarning mehnat tahlimi va tarbiyasining malaka va ko’nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to’g’ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanadi.
Og’zaki bayon qilish usuli ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish Bu usulda materiallni jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Bahzan suhbat davomida o’quvchilarning qanchalik o’zlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, natural rasmlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib bajarilsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda tushuntirayotganda – ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushuntirishda bu o’zlashtiruvchilarga alohida ehtibor berish lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushuntiralayotgan material yuzasidan ularga bir-ikkita savol berish mumkin.
Suhbat turli o’quv maqsadlarda, yahni yangi dastur materialini
bayon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash jarayonida, o’quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo’llanishi mumkin.
O’quvchilarni ulardagi qiziquvchanlikni qo’zg’ab, savollar berishga undash foydalidir. Umumlashtiruvchi suhbat yaxshi samara beradi.
Suhbat xuddi hikoya singari mahlum talablarga javob berish kerak, yahni:
savollar shunday shakllantirishi lozimki, ular o’quvchilar tafakkurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
mavzuni ochib berishda izchillik bo’lishi uchun suhbatning rejasi oldindan tuzib qo’yilgan savollari albatta bo’lishi kerak;
o’quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi oldindan belgilanishi lozim.
Suhbat o’quv materilining chuqur va ongli egallanishiga yordam berishi: o’quvchilarda bo’lajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o’tashi; egallangan bilimlarni amalda qo’llash malakalarini sindirishga yordam berishi kerak.
Mashqlar olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash
maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi ko’nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadida o’quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi ishlarni tashkil etib ko’proq mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi.
Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul va harakatlarning ongli hamda ko’p marta takrorlashidir.
Mashqlar ommoviy va yakka tartibda bo’ladi, yahni butun guruxda bir xil ishni va barcha o’quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi bo’lgani uchun o’quvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash talab etiladi.
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko’rsatish lozim. Ayni bir vaqtda kamchiliklar ustida ham to’xtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallangan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari ishlari tahlimning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya ishlarini o’tkazilishi egallagan bilimlarni ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalga qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin.
Laboratoriya ishlari jarayonida o’quvchilarda mahsuliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi.
Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtiroksiz,
biroq uning topshirig’i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rindda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalariniu yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy aloqada bo’lishi kerakligini his etsinlar. O’quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda bo’lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar.
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarini, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi.
Ekskursiya - bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga
mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, us yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o’tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol-javob o’tkazish lozim. Masalan, to’qimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan oldin o’quvchilarga guruhlar bo’yicha topshiriqlar berish mumkin. Guruhlardan biri ekskursiyadan so’ng alg’bomni jihozlaydi, yigiruv tsexini eng yaxshi ishchilarini yozib chiqadi, rasmlar chizadi, ikkinchi guruh to’qishning texnologik jarayonini yozadi, uchunchi guruh ishni bo’yash bo’limida olib boradi va hokazo.
Kitob bilan ishlash. Hozirgi kunda mehnat tahlimi bo’yicha 1,2,3,4- sinflarga mo’ljallangan “Mehnat” darsliklari asosida o’qituvchidan o’quvchilarni kitob bilan ishlashga o’rgatish talab qilinadi. Bu maqsadda qo’yidagi kitoblardan: Kuznetsovning “1-3 sinflarda qog’oz va karton bilan ishlash”, “Boshlang’ich sinflarda texnik modellash”, “1-3 sinflarda mehnat bo’yicha alg’bom”, “Boshlang’ich sinflarda tabiiy materillar bilan ishlash” kabilardan foydalanish mumkin.
O’quvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin o’qituvchining o’zi bu kitobni puxta o’rganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish mumkinligini belgilab chiqishi lozim. O’quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga ata-sekin o’rgatib borish kerak.
Texnik vositalar qo’l mehnati mashg’ulotlarida ayrim bo’limlarni o’rganish, kasblar, materiallarni tayyorlash texnologiyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish munosabati bilan qo’llaniladi.
Aytib o’tilgan usullar mehnat tahlimi o’qituvchilari tomonidan muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Bilimlarni egallash, o’zlashtirish, amalda qo’llash va o’quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining muvaffaqiyati asosan o’qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog’liq. Mehnat o’qituvchisi dasturda nazarda tutilgan mehnatning barcha turlarini bir xil yaxshi bilishi kerak. Faqat ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, o’z ishida o’qitishning turli usullari bilan birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etgan o’qituvchigina jamiyatning maktab oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
O’quv materialini mumkin qadar qiziqarli va o’qimishli qilinganda, u yaxshiroq egallanib, o’quvchining qalbiga singadi va uni amalda qo’llash osonroq bo’ladi.
Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda yakka tartibda yondashishni oshirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir.
Darslarni to’g’ri tashkil etishda xar xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashni oldindan o’ylab qo’yilgan tuzilishi bo’lishi muhimdir. Bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qo’yish kerak.
Har bir o’qituvchiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligiga ega bo’lish huquqi berilgan, biroq shuni aytish kerakki, bularning barchasi mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi malaka va ko’nikmalarini egallash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, bilimga qiziqishini o’stirishga yordam beradi.
O’quv jarayonini takomillashtirish, o’qitishning yangi shakl hamda metodlarini tadbiq qilish, o’quvchilarda qiziqishni oshirishga, darslarning samaradorligini kuchaytirishga, bilish faolligini oshirishga yordam beradi. Bilish faolligini rivojlantirish o’z navbatida buyumga, mazkur holatda – xizmat ko’rsatuvchi mehnatga qiziqishini rivojlantirishda ko’maklashadi.
SAVOLLAR.
2.Mehnat tahlimi metodlari mazmuni nimalardan iborat.
3.Mehnat o’qituvchilarining ushbu metodlardan foydalanishi.
TOPSHIRIQLAR.
Mehnat tahlimida o’qitish metodlariga tahrif bering.
Amaliy mehnat ish turlarini keltiring..
ADABIYoTLAR.
1. R.A.Mavlonova, O.T.To’raeva, K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 1998 yil
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil
Mavzu: Mehnat darslarida qo’l mehnatining usullari.
Reja.
Boshlang`ich sinflarda qo`l mehnatiga o`rgatishning tashkil qilish shakillari.
Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari.
Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan usullar.
Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi.
Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini egallab olishlariga, shunungdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.
O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma bo’yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va unga sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qo’l mexnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa navbatchilar tarkatadi. Stolning ustida dikkatni chalgitadigan xch kanday ortikcha narsa bulmasligi kerak.
Asboblarni, ayniksa kesuvchi asboblarni charm gilofda saklagan mahkul. Xar bir gilof asbobning mahlum turiga muljallangan buladi. Navbatchi ukituvchi asboblarni tarkatishni doimo birinchi partadan boshlaydi, bunda ukuvchilar tartib va tejamkorlikka urganadilar.
Xamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda saklanadi, ishdan sung asboblarni ukuvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi ukuvchiga topshiradilar.
Ish xonasida ukuvchilarga asboblarni ishlatish va saklash koidalarini eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osiglik bulishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga koidalariga tulik rioya kilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish koidalarini ukuvchilar vakti-vakti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu koidani tushuntirishda ukituvchi nima uchun aynan shunday kilish krakligini, bu koidalarga rioya kilinmasa kanday xodisalar ruy berishi mumkinligini uktirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha koidalari suzsiz bajarilishi lozim.
Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha texnika xavfsizligi koidalarni kuyidagicha umumlashtirish mumkin.
1. Ish xonasiga fakat ukituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Xar bir ukuvchi fakat uz ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda kilinadigan bulsa, ukuvchilar uz majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish fakat ukituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni tugri va kulay joylashtirish: Ung kul bilan ushlanadigan asboblarni ung tomonga, chap kul bilan ushlanadiganini chap tomonga kuy, sanchiladigan, kesadigan asboblarni xech kachon ikkita asbob orasiga kuyma, ularni doimo uz joyiga, utkir tomonini narigi, dastasini uzing tomonga kilib kuy. Asboblarni uynama, ular uyinchok emas.
5. Ish vaktida ish joyingni tartibli sakla.
6. Utmas yoki buzuk asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni ukituvchi kursatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni tugri, uz urnida ishlat, ishlatgandan sung ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib kuy.
9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshirok, chiroylirok, tartiblirok kilishga xarakat kil.
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli kilib kuy.
Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik
texnikasi koidalari:
Kaychidan foydalanish koidalari.
1. Kaychini belgilangan joyda, belgilangan xolatda sakla.
2.Kaychini uchini yukoriga kilib ushlama.
3. Kaychini ochik xolda koldirma.
4. Kaychini yurib turganingda ishlatma.
5. Kaychini fakat yopilgan xolda uchidan ushlab urtoginga uzat.
6. Kaychini shlatayotganda kesilishning yunalishi va materialni
ushlab turgan chap kul barmoklarini kuzatib tur.
7. Yaroksiz kaychini ishlatma, ukituvchiga topshir.
Bigizdan foydalanish koidalari.
1. Bigizni urinsiz ishlatma.
2. Sirti sillik, sirganchik kattik predmetlarni bigiz bilan
teshma.
3.Teshiladigan predmetni kulingda ushlama, uni stol, taglik
ustiga kuyib tesh.
Pichok bilan ishlash koidalari.
1. Uchi yumalok pichokdan foydalan.
2. Pichokni ukituvchi kursatganidek ishlat, kesganda kattik bosma.
Nina bilan ishlash koidalari.
1. Ninani ishlatib bulgach, maxsus nina yostikchaga sanchib kuy.
2. Ninanni xch kachon ogzingga olma.
3. Zapas ninalarni ignadonda kuruk xolatda sakla.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab kur, yetishmagan
ninalarni albatta top.
5. Kogoz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni
albatta bigiz bilan teshib ol.
Kurilgan choralarga karamay sinfda baxtsiz xodisa ruy bersa, ukituvchi birinchi yordamni kursatishi va maktab vrachini chakirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bulishi shart.
Boshlangich sinf kul mexnati darslari uchun ukuvchilar shaxsiy papkalarini kullanilishi 1-3 sinf ukuvchilariga kul mexnati darslarini metodik tugri tashkil etish va ularni muntazam utkazish imkonini beradi.
Bunday papkalarning kulayligi shundaki, unda xar bir ukuvchi dars vaktida kerakli xamma narsalarga asbablar, materiallar, buyumlarga ega buladi. Papka ukuvchilarga mexnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. SHunungdek, papka ukuvchilarda uz ish joylarini va mexnat jarayonini uyushtirish, kunikma xamda malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi. Bunday eng oddiy mexnat malakalarini ukuvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki kul mexnati darslaridan boshlab shakllantira borish va ularni asta-sekin takomillashtirish maksadga muvofikdir.
SAVOLLAR.
1. Kul mexnatining usullari nima.
2. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha
koidalari kanday.
3. Texnika xavfsizligi koidalari nimalardan iborat.
4. Kaychi bilan ishlash koidalari nechta.
TOPSHIRIQLAR.
Qo’l mehnati amaliy ishidan namunalar keltiring.
Amaliy dars ishlanmasini yozing.
|