• Kalit so’zlar
  • Boshlang’ich sinf matematika darslarida sinfdan tashqari ishlar




    Download 18,5 Kb.
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi18,5 Kb.
    #234301
      1   2
    Bog'liq
    1 Mirzaboyev


    Boshlang’ich sinf matematika darslarida sinfdan tashqari ishlar
    Mirzaboyev Yo’ldoshali Abdumannonovich
    FarDU o’qituvchisi
    Annotatsiya
    Ushbu maqolda boshlang’ich sinf matematika darslarida sifdan tashqari ishlarning ilmiy va nazariy ahamiyati tahlil ostiga olingan vaSinfdan tashqari ishlar orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik kompitensiyasini shakllantirishning ilmiy asoslari ochib berilgan.
    Kalit so’zlar: matematika, boshlang’ich sinf, matematik kompitensiya, ta’lim, tizim, sinfdan tashqari ishlar, matematik kecha, matematika to’garaklari.
    Mustaqil Respublikamizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy va madaniy o’zgarishlar xalq ta’limi tizimida ham o’z aksini topmoqda. O’zbekistonda uzuliksiz ta’lim –tarbiya tizimini yaratish shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim sistemasini eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxasislar qatori boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo etadi.
    Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish maqsadida tashkil qilingan darsdan tashqari, qatnashishi ihtiyoriy bo’lgan mashg’ulotlarni, ya’ni matematika dasturining o’rganish majbur bo’lgan qismiga kiritilmagan nazariy materiallarni, amaliy ishlarni o’rganish va dastur materiallarni yana ham chuqurroq o’rganish maqsadida o’tkaziladigan mashg’ulotlarni tushuniladi. O’quvchilarni fanga qiziqishi avvalo dars jarayonining tashkil etilishiga bog’liq. Shu bilan birga, yaxshi tashkil qilingan sinfdan tashqari tadbirlar orqali ham o’quvchilarning matematikaga qiziqishini orttirish mumkin. Matematika faniga qiziquvchi o’quvchilarga matematika darsida olgan bilimlari kamlik qiladi. Ular matematikaga doir ko’proq bilim olishni, matematikaning turmushda qanday qo’llanishini bilishni, qiziqarli va marakkab masalalarni ko’proq yechishni, hisoblash vositalari bilan ishlashni, matematika tarixiga doir materiallar bilan tanishishni, fanning yangi yutuqlaridan xabardor bo’lib turishni istaydilar. Sinfdan tashqari ishlarning eng muhim vazifalaridan biri o’quvchilarning ana shunday istaklarini qondirish, ularning matematikaga qiziqishklarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat: ya’ni sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o’quvchilarning bilimlari va amaliy ko’nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, o’quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish, matematik qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbatni, mustaqillikni uyushqoqlikni tarbiyalash.
    Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish asosida quydagi qoidalar yotadi

    1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarni darsda oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini hisobga olgan holda o’tkaziladi

    2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik tamoyillari va o’quvchilarni harakatlari asosida tuziladi hamda o’quvchilarni individual talablarini qanoatlantirish maqsadida o’tkaziladi

    3. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazish shakliga ko’ra darslardan farq qiladi va ko’pincha qiziqarli xarakterga ega bo’ladi. Bunda zaruriy shartlardan biri shundaki rejaligi va muntazamliligidir

    Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil uy ishlari, O’quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, matematikadan sinfdan tashqari ishlar.

    Download 18,5 Kb.
      1   2




    Download 18,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinf matematika darslarida sinfdan tashqari ishlar

    Download 18,5 Kb.