SAVOLLAR.
1. O’yinchoq qanday predmet.
2. Qanday gazlamalarni bilasiz.
3. O’yinchoqdan qanday andoza olinadi.
4. O’yinchoqni tayyorlash nechi xil guruhga ajratiladi.
TOPSHIRIQLAR.
Yumshoq o’yinchoqlardan namuna keltiring.
O’yinchoq yasashdagi bosqichlarni sanab o’ting.
ADABIYОTLAR.
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
2. Nurmatova M.SH “Yumshoq o’yinchoqlar” T. 2005 yil
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim
metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,
“O’qituvchi” 1989 y
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T.,
“O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Konstruktorlik va modellashtirish darslarini tashkil etish metodikasi.
Reja.
O`quvchilarni texnik chizmachilik elementlari bilan tanishtirish.
Grafik tasvir turlari.
chiziq va chizmani o`qish tartibi.
Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari.
Texnik modellash mashg’ulotlarda namuna rasm va chizmalar berilgan o’lcham konstruktor naborining detallari yoki turli materiallarni qo’llab og’zaki tasvirlash bo’yicha texnik o’yinchoqlar, modellar va maketlar tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar texnik o’yinchoqlar va modellarni ishlatib namoyish qilishlari, ularni boshqarishlari, shuningdek namoyish jarayonida konstruktsiyaning detal va qismlarini aytishlari, ularni nimaga mo’ljallanganligini bilishlari kerak. Mashg’ulotning bu turi o’quvchilarda konstruktorli-texnik tafakkurni, mustaqil rejalashtirish va o’ylab qo’yilgan texnik buyum(kran, avtomashina, bulg’dozer, raketa va shu kabilarni) modelini amaliy bajara olish ko’nikmalarini o’stirishda juda muhim o’rin tutadi.
Moddelash uchun tanlanadigan obhektlar texnikaning zamonaviy yutuqlarini aks ettirilishi lozim. Modellash obhektlari ijtimoiy foydali yo’nalishga ega bo’lishi, tahlim jarayonini ko’rgazmali qurollar bilan jihozlashga yordam berishi kerak.
O’qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin kiritib boradi.
Texnik modellash metall konstruktor bilan ishlash katta ahamiyatga ega.
1-sinfdagi texnik modellash bo’yicha ishni bajarish jarayonida:
1. O’quvchilar mashina, uning modeli va maketi haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
2. Qo’l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. CHunki ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan.
3. Qo’l asbablarini tuzilishi va nimalarga mo’ljallanganligini bilish stanoklarni o’rganish uchun asbob bo’lib, ular bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytiradi.
4. O’quvchilar avval o’qituvchi yordamida, so’ngra mustaqil tarzda modelni ko’ra bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar o’lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata bilashlari.
5. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligi aniqlay olishlari.
6. Ish joyini jihozlashlari.
7. Belgilash, o’lchash, ishlov berish, mantaj va pardozlash bosqichlarini bajarishlari.
8. Modelni sozlash va boshqarishni.
9. O’zini-o’zi nazorat qilish va o’z mehnatini hisobga olishlari kerak.
Boshlang’ich sinf mehnat tahlimida texnik modellash – uchadigan, suzadigan, yuradigan texnik o’yinchoqlarni, shunungdek chizmali namuna asosida modellarni yasash mehnatining maxsus turi sifatida ajratilgan.
Dastlabki darslardayoq o’quvchilar tabiiy materiallar, qog’oz va karton, gazlama, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnik elementlar bilan tanishadilar, qism va detal, oddiy yig’ish, detallarni biriktirishning qattiq, suriladigan, olinadigan usullari va buyumlar haqidagi tasvvurga ega bo’ladilar. O’quvchilar detallarni biriktirishning turli usullari shunungdek, mix bilan tirqish qoldirib biriktirish kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta detallardan tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni oshirish, ishqalanishning zararli tahsirini bartaraf etib, foydali tahsirdan foydalanish, o’zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. O’quvchilarda narsalarni yasash ustida ishlash tartibini mo’ljallash, tayyorlash, yig’ish, bezash, amalda tekshirish, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, ish joyini to’g’ri tashkil qilish kabilar haqida tasavvuri shakllanadi. Bularning barchasidan keyinchalik modellar hamda texnik o’yinchoqlarni yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o’stiradi, bolalarga to’plangan mehnat tajribalarini atrofdagilarga texnika bilan bog’lashlariga yordam beradi.
SAVOLLAR.
Texnik modellash nima.
Modellash ishlarining o’quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
Boshlang’ich sinflarda texnik modellash qanday turidan foydalaniladi.
TOPSHIRIQLAR.
Texnik modellar ish bosqichida ish asboblaridan foydalanish qoidalari haqida gapiring.
Modellarni turlarini sanab bering.
ADABIYОTLAR.
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 y
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil
4. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T., “O’qituvchi” 1989 y
5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
ADABIYОTLAR RО`YXATI
1. Tahlim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
2. Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur.( Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 1997 yil T.,“SHarq” nashriyoti)
3. I.A.Karimov O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., “O’zbekiston”
5. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 1998 yil
6. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil
7. R.A.Mavlonova ,Garoxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” ., T., “O’qituvchi” 1986 yil
8.SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 9. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modelleshtirish” T., “O’qituvchi”1989
10. R.Mavlonova “Birinchi sinf mehnat darslari” T. “O’qituvchi” 1986 11. R.Mavlonova “Ikkinchi sinf mehnat darslari” T.”O’qituvchi” 1987 yil.
12. R.Mavlonova, G.Maxmudova “Mehnat” Ikkinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1992 yil.
13. R.Mavlonova, G.Maxmudova “Mehnat” Uchinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1993 yil.
14. R.Mavlonova, I.Mannopova “Mehnat” To’rtinchi sinf o’quvchilari uchun darslik. T. “O’qituvchi” 1995 yil.
15. R.Mavlonova “Turtinchi sinfda mehnat darslari” T.”O’qituvchi” 1989
16. R.Hasanov, H.Egamov “Tasviriy sahnat va badiiy mehnat”T. “O’qituvchi” 1997 yil.
. 17. Perevertenv. “O’quvchilarda ijodkorlikni shakillantirish”.T. “O’qituvchi”. 1990y.
18. P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
A M A L I Y M A SH G U L O T L A R
11-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT
TAHLIMIDAN AMALIY ISHLAR.
BOSHLANG’ICH SINFDA QO’L MEHNATINING
AHAMIYАTI.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qizikishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. SHu munosabat bilan Mehnat tahlimi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq, mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashning keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.
Qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari (qog’oz, karton, yumshoq sim, yog’och, gazmol va boshqalar) bilan; tabiiy va sung’iy xom-ashyolar (maxsus loy, yog’och va plastmassalar, plastelin, yelim va boshqalar) bilan, keng istehmol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to’plamlari va hakazolar bilan ishlashga o’rganadilar.
Bularning hammasi o’quvchilarga qo’l asboblari bilan ishlash, har xil xom ashyolardan foydalanishning mahlum tajribasini tuplashga nmkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va mahnosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi.
QOG’OZ TURLARI
Qog’oz va karton faqat poligraf sanoatidagina emas balki, halq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida qog’oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xil qog’ozlardan kitoblar, oynomalar, ro’znomalar chiqarish uchun foydalanishini barcha o’quvchilar yaxshi biladilar. SHuning uchun ham mehnat tahlimi darslarida o’qituvchi o’quvchilarning diqqat ehtiborini ular foydalaniladigan qog’ozning turmushda tez-tez uchraydigan va qo’l mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishlari lozim.
Bu qog’ozlarning turlari qo’ydagilardan iborat:
Ro’znoma qog’ozi - eng ko’p tarqalgan qog’oz turlariga kiradi. Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas, namlikni, yelimni o’ziga tez singdiradi.
Yozuv qog’ozi – sathi silliq, yelim sindirilgan, namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni ixtirolashda, muqovalashda, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qo’laydir.
CHizmachilik qog’ozi – eng pishiq va qalin qog’ozdir. Lattadan tayyorlanadi, uning oliy navi qo’lda tayyorlanadi. Undan bayramalar uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog’ozi – ikki xil nomerli bo’lib, tselyulozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25% latta qo’shiladi. CHizmachilik chizishda shunungdek qo’l mehnati darslarida foydalaniladi. Rangli va jiloli qog’oz – mehnat darslarida keng qo’llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog’ozlar to’plami chiqariladi.
Yelimlangan qog’oz – jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan. Mehnat darslarida ishlatish uchun juda qo’lay materialdir.
Rangli jild qog’ozi – turli ranglarda bo’ladi, jilo berilgan rangli qog’ozning o’rinini bosa oladi. Qo’l mehnati darslarida ko’p ishlatiladi. SHagreng’ naqshdor qog’ozi – muqovasozlikda va tayyor narsalarning ustidan yopishtirishda, archa o’yinchoqlarini yasashda foydalaniladi.
Gul qog’ozi – rangi va guli turlicha bo’lib muqovalashda, narsalarning ustidan yelimlashda, bezash ishlarida keng foydalanildi.
Millimetrli qog’oz - sathi bosma tur shaklida tayyorlanadi.
Filg’tr qog’ozi – karton deb 1 kv mt 250 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi.
Oq karton – uni qirqish oson, o’zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko’p shimadi ko’pincha yelimdan shishadi). Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mumkun.
Sariq karton – oq kartonga ko’ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kul rang karton – oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin.Pichoq- karton massasidagi qumdan tez o’tmaslashadi. Kartonning bu turidan o’ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton - bu yuqa egiluvchan sathiga turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko’rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qo’lay bo’lgan karton turidir.
MEHNAT TAHLIMIDA KOG’OZDAN AMALII ISHLAR.
Boshlang’ich sinflardagi mehnat tahlimi dastur materiallarini tahlil qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turdaridan biri “Qog’oz va karton bilan ishlash” ekanligini ko’ramiz.
Birinchi sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari dafgarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigai qog’oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog’ozlaridir. Tahlim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g’adir-budirligi bilan tanishadilar.
O’quvchilar mashg’ulotlarda qog’oz varaqlarini buklaydilar va to’g’rilaydilar, ularni qismlarga bo’lib yirtadilar va qirqadilar, bo’yaydilar. SHu bilan birga qog’ozii buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasaydilar.
“Qog’oz va karton bilan ishlash” o’quvchilarni garmonik rivojlantirishida katga ahamiyatga ega. Ayniqsa, ( rangli qog’oz bilan ishlash ijodni rivojlantirshpga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, chamalash va rangni sezishni o’stiradi.
Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlariga oldindan qo’yidagicha tayyorgarlik ko’rishadi: stolning ustiga kog’oz yozib, ung tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich qalam avtoruchka, old tomonlariga yelim qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plamini qo’yadilar. Har bir mashg’ulot oxirida o’quvchilar keyingi mashg’ulotda kerak bo’ladngan narsalarni yozib oladilar.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mexnat darslarida tahlimning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm:, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlarida o’quvchilar qog’ozni buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o’rganib boradilar. Ana shunday mashg’ulotlar davomida o’qituvchi quyidagi ko’rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. SHu bilan birga o’quvchilar bu ko’rgazmalarni yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasashlari ham mumkin.
1. «Lola» ko’rsatmali quroli.
Yasash bosqichlari:
1-Bosqich: Rangli qog’ozdan kvadrat qirqib olinadi. Uni dioganallari bo’yicha buklab, bukangan do’ppi shakliga keltiriladi.
2-Bosqich: Buklashdan hosil bo’lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridaga uchinchi uchiga qarab, unga yetkazdirib buklanadi. Xuddi shuningdek, orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga qarab buklanadi.
3-Bosqich: Xosil bo’lgan shaklda cheti o’rtada hosil bulgan chiziqqa tomon buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
4-Boskich: Oxirgi buklangan shakllarning xar biri orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangadan so’ng ularning uchlari bir-biriga kiygizdirib qo’yiladi. Keyin shaklning pastki ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yukori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada «lola» shakli hosil bo’ladi.
Lolaning bandini boshka qog’ozni tsilindr shaklida urab, uni lolaning pastki, puflangan qismiga kiritib quyish bilan qilish mumkun. Bu bandga lolaning bargini, g’unchasini ham yopishtirib qo’yish mumkin.
2. «Qaldirg’och» ko’rgazmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
Buni yasashda birinchi va ikkinchi bosqichlar xuddi «Lola» ko’rsatmali qurolidagidek amalga oshiriladi. Lekin 2- Bosqichda hosil bo’lgan uchburchakning faqat bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qaratib buklanadi.
3-Bosqich. Hosil bo’lgan shaklni «Lola» dagi kabi chetlari o’rtaga Hosil bo’lgan chiziqqa tomon ham yuqoridan, ham pastdan buklanadi. Bunda o’rtaga qarab buklangan uchi yuqori ko’tariladi.
4-Bosqich. Yuqoriga ko’tarilgan uchidan ushlab, shakl teng ikkiga buklanadi va qaldirg’ochning bosh qismi hamda qanoti hosil qilinadi.
Uning dumi esa to’rtburchak shaklidagi qog’oz bo’yicha 2-3 marta buklanadi. So’ngra, u qaldirg’och yasash jarayonidagi 4-Bosqichni bajarmasdan oldin shaklning buklanmagan tomonidagi uchburchakning ichiga kiritiladi.So’ngra 4- bosqich bajarilsa, «qaldirg’och» hosil bo’ladi.
3. «Qurbaqa» ko’rsatmali quroli.
Yasash bosqichlari:
1-Bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz do’ppi shaklida buklanadi.
2-Bosqich.Hosil bo’lgan uchburchakning bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoriga qaratib buklanadi. Yuqoriga buklangan tomonning pastki qismidagi ikki uchi o’rtadagi chiziqka yetkazdirilib yuqoriga buklanadi.
Z-Bosqich. Uchburchakning orqa tomonidagi ikki uchi esa shaklning yuqori qismidagi uchidan ichkariga qaratib pastga buklanadi. So’ngra buklangan qogozning ichkariga buklangan qirg’og’i orqaga qaytarib, yangi hosil bo’lgan uchburchak chetiga yetkazib buklanadi.
4-Bosqich. Hosil bo’ltan shaklning katta-kichikligiga qarab uning pastki qismidan 1-2 sm qismi ichkariga buklanadi. SHu buklangan qismidan 0,5-1 sm qolirib, avvalgi holatga tomon yag’ni tashqariga buklanadi. Natijada “Qurbaqa” hosil bo’ladi. Buni, buklangan joyidan salgina bosib, so’ng qo’yib yuborilsa, u xuddi tabiiy qurbaqadek sakraydi. SHuningdek bu shaklga yana qurbaqaning ko’zi va og’zini ham chizish mumkin.
4. “Xo’rozcha ko’rsatmali quroli.
Yasash bosqichlari.
1-Bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz olinadi va uning barcha uchlari kvadrat o’rtasiga qarab buklanadi.
2-Bosqich. Hosil bo’lgan kvadratning orqasi o’giriladi, uning uchlari ham kvadrat o’rtasiga yetikazib buklanadi. SHunday ish yana bir marta bajariladi.
3-Bosqich.Hosil bo’lgan kvadratning uchlari o’rtaga yetkizib buklangan tomonining orqasiga ugriladi va uning qarama-qarshi uchlaridagi shakllar to’rtburchak shaklida tashqariga buklanadi.
4-Bosqich. Kvadratning tashqariga buklanmagan ikki uchidan ushlab uni tashqariga qarab to’ntarilsa, “Xo’rozcha” hosil bo’ladi.
So’ngra hosil bo’lgan shaklning bir uchini buklash bilan xo’rozchaning tumshug’ini hosil qilish mumkin.
5. “Kobra” ko’rsatmali quroli”
Yasash bosqichlari.
1-Bosqich. Bu bosqichda xo’rozchadagi birinchi bosqich kabi bajariladi.
2-Bosqich. Hosil bo’lgan kvadratning ikki qarama- qarshi tomoni orqa tomonga kvadratning o’rtasiga yetkazib buklanadi.
3-Bosqich. Orqaga buklangan ikki tomonining yuqori uchlari o’rtasida hosil bo’lgan chiziqqa qarab, uchburchak hosil bo’ladigan qilib pastga tomon buklanadi.
4-Bosqich. SHaklning pasti tomonining o’rtasidan ozgina joy qiyib olib tashlanadi. Va bu yerdan bir nechta marta buklangan eni 1sm, uzunligi 10-15 sm bo’lgan qog’oz shaklning ikkinchi tomoniga yetib borguncha kiritiladi. So’ngra shaklning yuqori tarafidan 3 bosqichda buklangan qismi yana shu buklangan tomonga qaratib buklanadi. Natijada “Kobra” hosil bo’ladi.
Kobraning tanasi kirgan pastki tomonidagi uchi esa ichkariga qaytarib buklab qo’yiladi.
6- “Baliq” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-Bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz olinadi. U bitta dioganal bo’yicha teng ikkiga buklanadi. So’ngra yoyib uni bir uchi rangli tomondagi diogonalga yetkazib buklanadi.
2-Bosqich. Hosil bo’lgan shaklning orqasi, qog’ozning rangsiz tomoni o’giriladi. Ichkariga buklangan uchining ikki tomoni dioganalga yetguncha buklanadi.
3-Bosqich. Xuddi shunda qolgan ikki tomoni ham dioganalga yetkizib buklanadi.
4-Bosqich. Hosil bo’lgan shaklda tashqariga buklangan kvadratning uchta uchidan ikkitasi yahni ichkariga buklangan uchining ikki tomonidagi uchlari pastga qaratib, uning qarishisidagi uchi esa avval chap tomonga, keyin shu buklangan uchining o’rtasidan o’ng tomonga qarab buklanadi. Hosil bo’lgan shaklni orqasiga o’girib qaralsa, “Baliq” hosil bo’ladi.
7. “Qushcha” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlar.
Bu ham kvadrat shaklidagi rangli qog’ozdan yasaladi. 1- 2-3-Bosqichlari xuddi “Baliq” ko’rsatmali qurolidek bajariladi.
4-Bosqich. Hosil bo’lgan kvadratning ichkariga buklangan uchi tashqariga, uning ikki tomonidagi uchlari pastga buklansa, “Qushcha” hosil bo’ladi. Keyin unga ko’z, tumshuq chizish mumkin.
8. “Stakan” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-Bosqich. Kvadrat, shakldagi rangli qog’oz olinib, uni bitta dioganali buyicha teng ikkiga buklanadi.
2-Bosqich. Hosil bo’lgan uchburchakni dioganalida, uchlaridan birining uchi uchburchakning shu uchi qarshisidagi tomonga yetguncha buklanadi.
3-Bosqich. Dioganaliga uchlardan ikkinchisi ham qarshisidagi tomonga yetguncha buklanadi.
4-Bosqich. Hosil bo’lgan shaklning yuqoridagi ikki uchidan biri buklangan uchlar tomonga, ikkinchi uchi shaklning ichkarisiga buklanadi. Natijada “Stakan” hosil bo’ladi.
9. “Xo’tikcha” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz dioganal bo’yicha ikkiga buklanadi.
2-bosqich. Qog’ozning dioganaldagi uchlari ustma-ust qili bu yana ikkiga buklanadi.
3-bosqich. Hosil bo’lgan uchburchakning dioganal tarafdagi tomonidan 1 sm qoldirib, dioganalga paralel ravishda uchburchakning berk tomoniga qarab qirqiladi.
Qirqilganda uchburchakning berk tomoniga yetmasdan 1-1,5sm qoldirib qirqish to’xtatiladi.
4-bosqich. Qirqilgan tomondan ko’p qismi qolgan tarafi qiya holda pastga tomon buklanadi. Natijada “Xo’tikcha” hosil bo’ladi.
10. “Yulduzcha” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz dioganali bo’yicha ikkiga buklanadi.
2-bosqich. Buklangan qog’ozning dioganal qarshisidagi uchi dioganal tomonga, uchburchakning o’rtasiga yetkazib buklanadi. Dioganal uchidagi uchburchakning qolgan ikki uchi esa buklangan uchunchi uchning chetlariga yetkazib buklanadi.
3- bosqich. Bu hosil bo’lgan shakldan buklangan uchunchi uchi yozib yuboriladi va pastga qaratib buklangan uchlardan chap tomondagisi o’ng tomonga qarab buklanadi. O’ng tomondagi buklangan uchi esa uning ustiga buklanadi.
4-bosqich. O’ng tomondan chap tomonga buklangan uchning oxridagi hosil bo’lgan shaklning uchiga qarab, uchburchak shaklning hosil qiladigan qilib qirqiladi. So’ngra buklangan va qirqib olingan shakl ochib yuborilsa “Yulduzcha” hosil bo’ladi.
11. “CHo’ntakcha”-ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’ozning qarama-qarshi ikki tomoni kvadrat o’rtasiga yetkazib buklanadi.
2-bosqich. Buklangan tomonlarning pastdagi va yuqoridagi uchlari buklanishdan hosil bo’lgan chiziqchaga, uchburchak shaklini hosil qiladigan qilib buklanadi.
3-bosqich. Qog’ozning buklangan tomonining pastki va yuqori tomonlari buklanmagan tomonga qarab o’rtaga yetguncha buklanadi.
4- bosqich. Hosil bo’lgan shakl enda bo’ylamasiga ikkiga buklanadi. Natijada “CHo’ntakcha” hosil bo’ladi.
12.”Quticha” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’oz teng uchga buklanadi.
2-bosqich. Buklangan qog’ozning ikki tarafidagi tomonlari yana tashqariga qarab, buklangan hosil bo’lgan chiziqqa yetkazib teng ikkiga buklanadi.
3-bosqich. Buklangan tomonlarning va buklanmagan tomonlarning pastki va yuqori uchlari ichkariga uchburchak shakli hosil qiladigan qilib, buklanishdan hosil bo’lgan chiziqqa yetkazib buklanadi.
4–bosqich. Ikki bosqichda buklangan tomonidan ushlab shakl asta ko’tarilsa, “Quticha” hosil bo’ladi.
13. “Sichqoncha” ko’rsatmali quroli.
Buning yasalishi ham xuddi “CHo’chqacha” ko’rsatmali qurolining yasalishi bilan bir xil. Lekin turt bosqichda “Sichqoncha”ning dumi “CHo’chqacha” ning dumidek buklanmaydi, balki “Sichqoncha” yasalayotganda qog’ozning rangi bilan bir xil bo’lgan qog’ozdan sichqon dumiga o’xshash qog’oz qirqib olinadi va “Sichqoncha”ning dum tomoniga yopishtiraladi. Bunga ham “CHo’chqacha”degidek ko’z, tumshuq chizish mumkin.
14. «Xaltacha» ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Turtburchak shaklidagi rangli qog’ozning bir tomoni ikkinchi tomoniga yetkazdirmasdan 1sm qoldirib buklanadi. Ikkinchi tomondan qolgan 1 sm esa buklangan birinchi tomonning ustiga buklanadi.
2-bosqich. Ikkinchi tomondan buklangan 1 sm yana bir marta birinchi tomon bilan qo’shib buklanadi.
3-bosqich. Hosil bo’lgan shaklning bo’yicha buklanmagan tomoni buklangan tomoniga qarab uchburchak shaklida buklanadi.
4-bosqich. SHaklning 1 sm qilib buklangan tomoni ham xuddi shunday uchburchak hosil qiladigan shaklda qarshisidagi tomonga qarab buklanadi va kley bilan yopishtirib qo’yiladi. Natijada “Xaltacha” hosil bo’ladi.
15. «Turna» ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Kvadrat shaklidagi rangli qog’ozning bir uchiga yopishgan ikki tomoni uchburchak hosil qiladigan shaklda kvadratning o’rtasiga yetkazib buklanadi.
2-bosqich. SHunday holda yana bir marta buklangan tomonlar ichkariga qilib buklanadi.
3-bosqich. SHunday holda yana bir marta buklangan tomonlar ichkariga qilib buklanadi.
4-bosqich. Hosil bo’lgan shaklning ingichka tomoni keng tomoniga qarab, yahni buklangan tomoni tashqariga, buklanmagan tomoni ichkarida qoldirilib, shaklning katta-kichikligiga qarab 7-9 sm uzunlikda buklanadi. SHaklning ingichka uchidan esa 3-4 sm qoldirilib, yuqoriga ko’tarilsa, “Turna” hosil bo’ladi.
16. “Dars jadvali” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari
1-bosqich. To’rtburchak shaklidagi rangli qog’ozning rangli tarafi ichkariga qilib ikki tomoni to’rtburchak o’rtasiga yetkazib buyiga buklanadi.
2-bosqich. Buklangan tomonlarning yuqori va pastdagi uchlarini rangli tomonlari tashqariga qilib, uchburchak hosil qiladigan shaklda buklanadi.
3-boskich. Hosil bo’lgai shaklning orqasi o’girilib uchburchak shaklida buklangan uchlarning balandligiga teng uzunlikda buklangan tomon buklanmagan tomonga buklanadi.
4- bosqich. Hosil bo’lgan shaklning eni va buyiga teng boshqa rangdagi kog’oz olib, uning uchlari buklangan uchlarga kiritib qo’yiladi. Agar shu kog’ozga dars jadvali yozib qo’yilsa, u dars jadvali uchun ramka vazifasini bajaradi. SHuningdek unga tabrik, turli xil mavzulardagi qizqarli maqolalar axborotlar yozilgan qog’ozlarni ham solib qo’yish mumkin.
17. “Quloqli shapka” ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. 'To’rtburchak o’aklidagi rangli qog’ozning rangli tarafiga qarab buyiga uchdan bir qismi buklanadi. SHu buklangan qismning ikki uchi yuqoriga qaratib, uchburchak shaklida buklanadi.
2-bosqich. Qog’ozning rangsiz tarafi o’girilib, uni rangli tomoniga buklangan qismi shu tarafga qaratib uchburchak shaklida buklanadi.
3-bosqich. Rangsiz tomonining buklanmagan pastki qismi 1sm enlikda buklangan joyga yetguncha 1 necha marta buklanadi.
4-bosqich. Hosil bo’lgan shaklning bir necha marta buklangan tarafi, tashqarida qoldirib, ikkiga buklansa “ Qulokli shapka” hosil bo’ladi.
18. «SHapka» ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. To’rtburchak shaklidagi rangli qog’oz bo’yicha teng ikkiga buklanadi. Uning berk tomondagi uchlari uchburchak shaklida, pastga qarab buklanadi.
2-boskich. Buklashda to’rtburchakning pastki qismida qolgan joyidagi birinchi qavati buklangan uchburchaklarga qarab, ikkinchi esa orqaga qaratib buklanadi. Uchlarining uchlari uchburchakka kleylab qo’yiladi.
3-bosqich. Hosil bulgan shakl o’rtasidan ochilsa to’rchburchak buladi, hosil bo’lgan to’rburchaklardan birining, ochiq uchi o’zini qarshisidagi uchiga qaratib, ustma-ust tushadigan qilib buklanadi.
4-boskich. Hosil bo’lgan shakl o’rtasidan ochilsa, «SHapka» hosil bo’ladi.
19. «Buzoqcha» ko’rsatmali quroli
Yasalish bosqichlari.
1-bosqich. Rangli qog’ozdan kvadrat qirqib olinadi. Uni uchburchak ko’rinishiga keltirib buklaymiz.
2-bosqich. Buklangan uch burchakli pastki burchakning yuqoriga to’g’ri chiziq bo’ylab buklab chiqamiz.
3-Boskich. Umumiy ko’rinishdagi kup burchakning yuqori burchakining uchburchak shaklida pastga buklaymiz.
4-Boskich. Ko’p burchakning teskari tomoniga buzoqchaning ko’zi va tumshug’lari chiziladn yoki rangli qog’oz yopishtiriladi.
20. «Quyon» ko’rsatmali quroli.
Yasash bosqichlari:
1-Boskich. Kvadrat shaklini dioganaliga buklab olamiz, ikkala yon tomonlardani uch burchak kurinishiga keltirib buklaymiz va pastki qismida ham uchburchak hosil qilamiz.
2-Bosqich. Ikkala uch burchakning yuqorida tutashgan burchaklarini, teskari tomoniga qaratib uchburchak ko’rinishida buklaymiz.
3-Bosqich. Dioganalga buklangan chizik bo’yiga o’rtasidan ikkiga buklab uch burchak va ko’p burchak hosil kilamiz.
4-Bosqich. Uch burchak shaklini yuqoriga 75 burchak chamasida ko’tarib qo’yamiz. So’ngra ko’zlari va tumshug’larini rangli qalam yoki rangli qog’ozda yasab qo’yamiz.
21. «Pirpirak» ko’rsatmali quroli.
Yasalish bosqichlari:
1-Bosqich. Kvadratni tent ikkiga buklab, buklangan chiziqqa paralel tomonlarini o’rtaga buklab to’g’ri to’rtburchak yasaymiz.
2-Bosqich. To’g’ri to’rtburchakning pastki burchaklarni uchburchak ko’rinishiga keltiramiz.
3-Bosqnch. Yuqori tomonlarini ham uchburchak ko’rinishida buklab olamiz va pastki uchburchaklarni esa yoyilgan holatdagi uchburchak shakliga keltiramiz.
4-Bosqich. Hosil bo’lgan uchburchaklarni to’rtalasini har tarafga qayirib chiqamiz. SHunda “Pirpirak” hosil bo’ladi.
22. «Elkanli qayiq» ko’rsatmali quroli
Yasalish boskichlari;
1-Bosqich; Pirpirak ko’rinishidan davom etadi. Pirpirakni umumiy holdagi ko’p burchak ko’rinishiga keltirib olamiz.
2-Bosqich. Ko’pburchakni yarim qismini yuqoriga qaratib buklab to’rt burchaklarning hosil qilamiz.
3-Bosqich. Yuqori qismidagi to’rt burchaklarning bittasini pastga yahni burchakka tutashtirib buklaymiz shunda yelkanli qayiq hosil bo’ladi.
|