Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni




Download 40,87 Kb.
bet1/8
Sana11.02.2024
Hajmi40,87 Kb.
#154716
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni-fayllar.org


Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni

Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni
Reja:

1. 1-4-sinfdagi barcha fanlarni o’qitish, o’quvchilarni mehnat qilish va kasb tanlashi bilan uzviy bog’lab tayyorlashdan iborat.


2. Respublikamiz ta’lim tizimi, jumladan umumiy o’rta ta’lim mazmuni
3. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xa rak teri
va mazmuniga
1-4-sinfdagi barcha fanlarni o’qitish, o’quvchilarni mehnat qilish va kasb tanlashi bilan uzviy bog’lab tayyorlashdan iborat.
1-4-sinfda mehnat ta’limi fani mazmuni shartli ravishda umumiy mehnat ta’limi tayyorgarligi uning mazmuniga mavjud bo’lgan kasblar atroflicha ma’lumotlari bilan tanishilgan hamda shu yoshga maxsus tayyorgar-lik qismlaridan iborat. Bu qismlar har bir dars va mashg’ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo’lib, ularni o’qituvchi va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazaridan hisobga olgan holda, tahmin qilib berish, mehnat ta’limi mashg’ulotlarining aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlash uchun zarur mehnat ta’limi darslarini 1-4-sinfda umumiy va badiiy mehnat kursi xalq amaliy bezak san’atlari sohasidagi ayrim kasblar asoslari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu kurs bo’yicha mashg’ulotlar mazmuni bajarilayotgan mehnat jarayonining ajralmas qismi bo’lgan amaliy eskizlar, jadvallar, rasmlar, naqshlar ishlash va ayrim dizaynerlik qoidalarini o’rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazarga asoslangan holda 1-4-sinf mehnat ta’limi o’quv fani tarkibiga quyidagi kurslari kiradi:
  1. Umumiy va badiiy mehnat;


  2. Amaliy ishlar tayyorlash tartibi texnologik asoslari.


Ushbu yo’nalishning har biri yuzasidan quyidagi mavzular bo’yicha o’zoro uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi.


  1. Materialshunoslik asoslari.


  2. Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ularni ishlatish usullari.


  3. Milliy xunarmandchilik kasblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar va o’zoro turdosh kasblar bo’yicha dastlabki tayyorgarlik hamda ularni 5-sinfda o’zoro uyg’unlashtirilgan holda integrasiyalashtirib o’qitish jarayonida amalga oshirib boriladi. 1-4-sinfda ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashlarini kengaytirgan holda olib boriladi. Ular kasb-hunarni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladilar.


Bunda o’quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari shu kasblar ularning mayillariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo’lishini, kasb tanlashning ongli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini, o’quvchilar shaxsiy intilishlari va imkoniyatlarini jamiyat extiyojlari bilan mos kelishini ta’minlash lozim. Bu vazifa tabiiyki 1-4-sinfga kelganda hal qilinadi deb tushunilmasligi lozim. Aslida kasbga yo’naltirilishlari o’quvchilar bilan 1-sinfdan boshlab barcha fanlar mavzular uzviy bog’liqligi asosida ularga kasblar turlari bilan tanishtirish hamda tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-bilim tizim, odam badiy obraz tiplarining qaysi biriga mos ekanligini aniqlash hamda shu yo’nalishida rivojlantirib borib jarayonning natijasi hisoblanadi.


1-4-sinfda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari maxalliy ixtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, shuningdek isdiqbol-larini belgilovchi chambarchas iboralar tavsiyalari asosida hamda maxalliy kasb-xunar kollejlari va akademik liseylarning yo’nalishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 1-4-sinf mehnat ta’limi darslarida o’quvchida kasb turlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni maktab joylashgan xududdagi imkoniyat va extiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasb, asosida shakllantiriladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko’proq maktablarda mehnat ta’limi mashg’ulotlarining mazmuni asosida milliy xunarmandchilik kasblari yo’nalishida olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan xududlardagi maktablarda mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo’naltirish ikoniyatlari yaratilishi lozim.
Tashkiliy vazifalar. Mehnat ta’limi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonasi hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini tashkil qilish. O’quvchilarni mashg’ulotlar uchun zarur materiallar hom ashyosi, asboblar bilan ta’minlash masalalar mexanizmlari bilan ishlashlarni tashkil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 4-8 soat vaqt ajratiladi.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-xunarga yo’nalti-rishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo’jalik asoslari, badiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutiladi. Maktablarda mehnat ta’limi mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
1. I-IV sinflar keng ko’lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog’oz, rangli qog’oz, karton turlari, kalka, poralan, penoplas, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va boshqalar) bilan tanishtirish ulardan o’yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash,halq hunarmandchiligi to’g’risida boshlang’ich tushanchalar berish, o’quvchilarini o’z-o’ziga hizmat ko’rsatishga odatlantirish, uy-ro’zg’or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini modellar, maketlarni tayyorlashni, turli xil shakllar mehnat ta’limi darslariga ajratilgano’quv soatlarini yana bir soatga oshirish maqsadga muvofiqdir, chunki 1 soat davomida o’quvchilarga bajaradigan ishlari to’g’ri-sida umumiy nazariy ma’lumotlar berilsa, keyingi soatda esa aytilgan ish harakat usullari amalda bajariladi, buyumlarni yasash usullari, uslublari o’rganiladi.


Download 40,87 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 40,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni

Download 40,87 Kb.