• Mehnatga ruhiy tayyorlash
  • Mehnatga axloqiy tayyorlash




    Download 40.87 Kb.
    bet4/8
    Sana11.02.2024
    Hajmi40.87 Kb.
    #154716
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni-fayllar.org
    Dilbarxon, 1436317 (2), 22-Mavzu Tarmoq adapteri tushunchasi. Tarmoq adapterining funks, 15 amaliy mashg ulot Bir omilli regressiya tenglamasini baholash, Axborot texnologiyalari ixcham, ReadMe UzTransLit, hoshya, Taklifnoma maktablarga, Matematik shou, Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi, Reja Uchinchi-tartibli determinantlar, Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metod, MUNDARIJA, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish
    Mehnatga axloqiy tayyorlash – o‘zaro do‘stona yordamni be-
    rishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish
    qi lishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rga-
    tish dan iboratdir.
    Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi meh-
    natni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida
    o‘t ka zilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik,
    o‘za ro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish
    ka bi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik,
    tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy
    5
    manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga 

    poydevor qo‘yiladi.


    Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining un-
    surlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat
    madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilm-
    iy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli
    foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehti-
    yotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning
    samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir.
    Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil
    harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil
    eta olishni ham aks ettiradi.
    Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quv-
    chilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya bora si dagi yan-
    giliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qizi qishni ho sil
    qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqti dor larini oshirib bo rish dan
    iborat
    Mehnatga ruhiy tayyorlash – o‘quvchilarning yoshiga mos keluv-
    chi ongli va ijobiy xususiyatlarni tarkib toptirish, o‘quv chilarning
    meh nat malaka va ko‘nikmalarini egallashga qiziqishini shakllan ti -
    rish dan iboratdir. O‘qituvchining vazifa si o‘quvchilarga yosh li gi dan
    boshlab mehnat malaka va ko‘nik ma larini shakllantirish bilan bir -
    ga o‘quvchilarning mehnatga qobiliyatini shakllantirish, jami yat ri-
    vojlanishi uchun ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini tushun ti rish
    juda muhimdir.
    Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli psixologik jara-
    yon larni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu lar:
    sezib-anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat, xoti ra, taffakkur
    – meh natning psixologik komponentlaridir.
    O‘quvchilarni mehnatga o‘rgatishda uning ruhiy imkoniyatlarini
    nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bun-
    dan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega.
    Chunki, mehnat faniga oid materiallarni es lab qolish va amaliy ishlarni
    bajarish boshqa predmetlarga nis ba tan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
    Barcha yangi asboblar, mate riallarni, amaliy ishlarning nomini bosh-
    6
    lang‘ich sinf o‘quvchilari predmetni ko‘rib idrok etish bilan fikran 

    biriktirib, tinglab o‘r ganadilar, tushunib oladilar.


    O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlarni tushuntiribgina qol-
    may, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni ma te-
    rialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini ko‘r satadi.
    Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘ rish xotirasi va ha ra katlanuvchi
    xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat da rsidan mehnat
    darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar mujas
    samlashib
    boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish kerak.
    Mehnat ta’limini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarni qiyinchi lik larni
    yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyat bilan mehnat
    qilish, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga 
    o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda ijobiy natijalar: mehnatdan
    quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo‘lishi
    juda muhimdir .

    Download 40.87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40.87 Kb.