• Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi
  • Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni




    Download 40.87 Kb.
    bet7/8
    Sana11.02.2024
    Hajmi40.87 Kb.
    #154716
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni-fayllar.org
    Dilbarxon, 1436317 (2), 22-Mavzu Tarmoq adapteri tushunchasi. Tarmoq adapterining funks, 15 amaliy mashg ulot Bir omilli regressiya tenglamasini baholash, Axborot texnologiyalari ixcham, ReadMe UzTransLit, hoshya, Taklifnoma maktablarga, Matematik shou, Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi, Reja Uchinchi-tartibli determinantlar, Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metod, MUNDARIJA, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish
    Ko‘nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’-
    lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: kar tonni
    kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ishlata olish, harakatni aniq
    muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.
    Malaka – bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan,
    mujas samlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish
    tufayli tarkib topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq
    va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni
    anglatadi. Shunung uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga
    keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u
    to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv
    darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi
    ham o‘zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan
    harakatlar murak kab lashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning
    murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi.
    Mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish quyidagicha aso-
    siy bosqichlardan tarkib topadi:
    a) boshlang‘ich tushuncha berish;
    b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish;
    d) ish harakatlari natijasi;
    e) yakuniy xulosa chiqarish.
    Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘l jal-
    langan amaliy ishlar faqat vaqtga ko‘ra taqsimlanganda hamda ma’lum
    tizim asosida o‘tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
    11
    Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:

    1. Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib


    borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
    2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to‘liq tarzda oldingi amaliy 
    ish ga asoslanishi lozim.
    3. Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi ke rak.
    Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo‘lishi bir qator shart larga
    bog‘ liq. O‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning
    malakasi hech qachon to‘liq bo‘lmaydi. Nazoratning yo‘q ligi ko‘ pin-
    cha xato va nuqsonlarning amaliy ishlar jarayonida or tib borishiga
    olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yetilmagan harakat va usullarning
    shakl lanishiga sabab bo‘ladi.
    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnat ta’limi bo‘yicha ish larni
    amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida
    qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi
    kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur
    bo‘lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda
    muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida das tur
    nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat. Bosh-
    lang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar
    umumta’lim maktab lari dagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan
    kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
    1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
    2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
    3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash:
    a) plastilin va loy ishi;
    b) urug‘lar bilan ishlash;
    d) applikatsiya va mozaika ishlari;
    4. Loyihalash va modellashtirish:
    a) badiiy qurish-yasash.
    5. Qishloq xo‘jalik mehnati.

    Download 40.87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni

    Download 40.87 Kb.