Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti




Download 469,5 Kb.
bet6/9
Sana29.12.2019
Hajmi469,5 Kb.
#6174
1   2   3   4   5   6   7   8   9

SAVOLLAR.

1.A.Navoiy mehnat to’g’risida nima degan.

2. Qanday allomalarni bilasiz.

3.Kasb-hunarni o’rganish usullari kanday.

4. Hunar deganda nimani tushinasiz?

5.Ustoz va shogird haqida?



TOPSHIRIQ.

1. Mutafakkirlar merosidan namuna keltiring.

2. Kasb va hunar haqida fikringiz.
ADABIYОTLAR.

1. S.Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”.

3. N.Gushkin. V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y

4. I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy

istiqbolining asosiy tamoyillari”. T., “O’zbekiston”

Mavzu: Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish.

Reja.


  1. Darsni rejalashtirish haqida tushuncha.

  2. Dars ishlanmasi tuzish.

  3. Dars ishlamasini tahlili.

  4. Ko`rgazma materiallarini tayyorlash (ko`rsatmali materiallar) usullari, dars metodlari va shakillari.

  5. O`qituvchining vazifalari.

  6. Uy ishiga vazifa berishda baholash mezonlari.

Dars rejasi o’quv yilining boshida yillik kalendar reja bo’yicha taqsimlanadi. Dars rejasi 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich tashkiliy qism, bunda qo’ng’iroq chalingandan boshlab yangi dars bayon etilgan vaqtgacha bo’lgan davr hisoblanadi. Ikkinchi bosqich uy ishini tekshirish va baholash, uchinchi bosqich yangi mavzuni bayoni, to’rtinchi bosqich darsning yakuni, bunda bajarilgan ishlarni baholash, uyga vazifa berish va ish joylarini tozalashlar kiradi. Bir soatlik dars misolida ko’rib chiqamiz.

Mehnat.

Mavzu: 8 mart bayramiga tabriknoma yasash.

Darsning maqsadi: Bayramga tabriknoma yasash, har-xil shakllarni kesishga o’quvchilarni o’rgatish, mehnat qurollaridan to’g’ri foydalanish.

Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ko’rsatmali.

Dars jihozi: yasalgan tabriknomalar, kley, qaychi, rangli qog’oz, karton, gullar andozasi.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism.

Salomlashuv. Davomatni aniqlash.


  • Hozir nima dars?

  • Bugun nechanchi sana?

  • Hozir qaysi fasl?

  • Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

  • Hozir qaysi oy?

  • Mart oyida qanday bayramlar bo’ladi?

  • 8 mart qanday bayram?

2.Uy ishini tekshirish.

  • Uyga qanday vazifa berilgan edi?

  • Hamma uy ishini oldiga qo’ysin.

Uy ishini tekshirib, baholab chiqish, chiroyli va toza bajarganlarni rag’barlantirib, o’quvchilarga namuna qilib ko’rsatiladi. Bajarilmagan ishlarni bajarib kelgandan so’ng keyingi darsda tekshirishni aytiladi.

3.Yangi mavzuni bayoni.

Bolalar bugun biz xalqaro xotin qizlar bayramiga tabriknoma yasaymiz. O’z qo’limiz bilan yasagan tabriknomalarni onalarimizga, opalarimizga, buvi, singillarimizga shehrlar aytib shirin so’zlik bilan tabriklasak, ular juda xursand bo’lib ketadilar.

Onalar to’g’risida ko’plab maqol, hikmat, hikoyat, shehr, asarlar bor, masalan:



Xikmatlar.

Onaning bir qo’li beshikni,

Ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.

Onaning dili og’risa,

Yer ham titraydi.

Dunyo tor bo’lganda ham,

Ona bag’ri keng.

Makollar.

Ona bilan bola,

Gul bilan lola.

Bolaning barmog’i og’risa,

Onaning yuragi achiydi.

SHehrlar.

Avaylab bizni

Bir parcha go’shtdan.

Inson qilolgan

Onaga tahzim!

Axir onaku do’stlar.

Yo’qdan bizni bor etgan.

Kim xo’rlasa onasin.

Bahri qon tuban ketgan.

Ona muqaddas! Ona aziz va mo’htabar siymo! Ona ulug’lik. Go’zallik, donolik timsoli. SHuning uchun bolalar onalarni doimo hurmat qiling ular ish buyursalar, xo’p bo’ladi deb bajaring.

O’quvchilardan shehr maqol. Hadislar so’raladi. So’ralib bo’lgandan keyin tabriknoma yasashni boshlaymiz.

Bolalar avval karton yahni alg’bom varog’ini 2 ga bo’lamiz, uni chetlarini qizil rangli qalamda chiroyli qilib chizamiz. O’quvchilarga ko’rsatilib birgalikda bajariladi. Ularga ish qoidasi ham o’rgatilib boriladi. Bolalar qaychidan ehtiyot bo’lib foydalanishni, qog’ozni kesayotganda qo’lini kesib olmaslikni aytiladi.

Gul lolalarni andozasi bolalarga tarqatiladi, ranglarga qarab kesib yoki chizib oladilar. So’ngra yopishtirish ishlari bajariladi. Bolalar kleydan unumli foydalanishini to’kib partalar kiyiminlarini kley qilib qo’ymasligi tahkidlanadi.

Tabriknoma yasab bo’lgandan so’ng, uning ichiga doskadagi tabriknomani ko’chirib oladilar. Tarbiknoma bitdi, tekshirib, baholab chiqiladi. Kimning yasagan ishi chiroyli, toza, to’g’ri bo’lsa rag’barlantiriladi.

4. Darsning yakuniy qismi.

Hamma ish joylarini tozalab chiqish kerakligini aytiladi va uyga borib buvi, ona, opa-singillaringizga shehrlar, ashulalar aytib 8- mart bilan tabriklanglar deb dars yakunlanadi.


SAVOLLAR.

1.Darsning tashkiliy qismida nimalarga ehtibor berish kerak?

2.Nima uchun har darsda davomad tekshiriladi?

3.Uyga vazifa nima uchun beriladi?


TOPSHIRIQLAR.


  1. Dars ishlanmasini tuzing.

  2. Dars ishlanmasidan namunalar keltiring.


ADABIYoTLAR.
1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil

2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil

3. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y

4. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi” 1989 yil

5. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.

Mavzu: Qog’oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi.

Reja.


  1. Qog`oz va karton haqida tushuncha berish.

  2. Ishlab chiqarishdagi xususieatlari.

  3. Ko`rgazmalar va ish qurollari taeeorlash.

  4. Ish joyini tashkil qilish.

  5. Qog`ozning turlari.

Birinchi sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari bosiladigan qog’oz turlar, yozadigan muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qog’ozlaridir. Qog’oz va karton bilan boshlangich sinflar mexnat darslarida eng kup kullanadigan materiallardir. Ukuvchilar bu materiallarga kundalik xayotda xam kup marta duch keladilar.

Tahlim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining xarakteri silliq, g’adur-budurligi bilan tanishadilar. Bahzi narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarining asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni o’rganishlari kerak.

Qog’oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, bolalar ularni osonlik bilan uzlashtirish oladilar. Qog’oz va kartonga ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha mexnat turlari buyicha mexnat tahlimida keng kullaniladi.



Qog’ozni buklash usullari. Qog’ozni tng ikkiga buklash uchun qog’oz stol yoki parta ustiga kuiladi va ung xamda chap kuli bilan kogozni uziga yakin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda kogozning uchlarining kirrasi bir-biriga rugri tushishi kerak. Ana shundagina kogoz kul bilan tekislanib, uning bukilgan chizigi ustidan tirnok bosib yurgiziladi.

Qog’ozni bukilgan joyidan yirtish. Kogozni yirtishdan oldin, avval extiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni ung kul bilan bosilib, chap kul bilan bukilgan chizikdan sekin yirtiladi, Bukilgan chizik ustiga chizgichni kuyib, xam kogozni yirtish mumkin.

Qog’ozni bukilgan joyini pichokda kirkish. Kogozni buklab, tirnok bilan bosib iz tushiriladi. SHundan sung uning buklangan chizigini ung tomonga kilib stol ustiga kuyiladi, uning orasiga pichokni tikib yurgiziladi.

Qog’ozni kaychi bilan kirkish. Kaychi ung kulda ushlanadi. Ish vaktida kaychini xarakatsiz ushlab, kirkilayotgan kogozni, undagi kesish chizigi anik kurinishi uchun aylantirib turiladi.

Qog’ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazta yozib, uning ustiga kerakli ulchamda kirkib olingan rangli yoki istalgan kogoz kuyiladi va muykalam yordamida urtasidan chetiga avval chap, sungra ung tomonga karab yelim suriladi. Yelimni tez, yupka kilib suriladi. Yelim surilgan kogozni yopishtiriladigan predmetning ustiga kuyib, uning ustidan gijimlanishlar bulmasligi uchun toza latta bilan bosib tekislanadi.

Qog’oz va kartonni ulchash usullari. Mexnat darslarida kogozni ulchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida kullanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizgich, uchburchak chizgich va tsirkuldir.

Qog’oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko’rinishidagi yig’ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.

O’qituvchi o’quvchilarning yig’ma chizmani o’qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o’lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o’rgatadi. O’qituvchi o’quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko’rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o’lchami shakli qanday bo’lishini aniqlaydilar.

Bolalar chizmaga qarab to’g’ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlari o’quvchilar oldindan qo’yidagi tayyorgarlik ko’rishadi: stolning ustiga qog’oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg’ulot oxirida o’quvchilar keyingi mashg’ulotda kerakli bo’ladigan narsalarni yozib oladilar.

O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo’yishlari kerak.

Barcha fanlarda qo’llanilganidek mehnat darslarida ham tahlimning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm chiziq sxematik namuna turli predmetlarning shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tkanimizdek “Qog’oz va karton bilan ishlash” mashg’ulotlarida o’quvchilar qog’ozni buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o’rganib boradilar. Ana shunday mashg’ulotlar davomida o’qituvchi quyidagi ko’rsatmali qurollardan foydalanish mumkin. SHu bilan o’quvchilar bu ko’rgazmalarni yasashni bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasalishini o’rganib borishlari mumkin.



1.”Lola “ ko’rgazmali quroli.(1-rasm)

1.-Bosqich.Rangli qog’ozlardan kvadrat qirqib olinadi. Uning diogonallari bo’yicha buklab, buklangan do’ppi shakliga keltiriladi.

2.-Bosqich.Buklashdan hosil bo’lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkizdirib buklanadi. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga karab buklanadi.

3.- Bosqich.Hosil bo’lgan shaklda cheti o’rtaga hosil bo’lgan chiziqqa tomon buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.

4.- Bosqich.Oxirgi buklangan shakllarning har bir orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangandan so’ng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi.

Keyin shakilni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “lola” shakli hosil bo’ladi. Lolaning bandini boshqa qog’ozni tsilindir shaklida o’rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo’yish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini g’unchasini ham yopishtirib qo’yish mumkin.



SAVOLLAR.
1.Qog’oz bilan ishlashning mehnat darslaridagi ahamiyati.

2. Qog’ozning hozirgi kundagi turlari.

3.Karton qog’ozi qanday qog’oz.
TOPSHIRIQLAR.


  1. Karton turlarini keltiring.

  2. Qog’oz turlarini keltiring.

  3. Qog’oz va kartonning farqini ayting.


ADABIYОTLAR.
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.

2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy ishlar” 1996 yil

3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” T., “O’qituvchi” 1986 yil

4. SHumulevich N.M.“Qog’ozdan texnik modellar yasash” T.,“O’qituvchi” 1989 y

5. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi”1989 yil

6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.


Mavzu: Turli va xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish

metodikasi.

Reja.


  1. Turli tabiiy va mahalliy xom ashyolar haqida tushuncha.

  2. Ish joylarini to`g`ri tashkil etish.

  3. Turli materiallar bilan ishlash qoidalari.

  4. Materiallarning haeotdagi ahamiyati.

  5. Kasb-hunar o`rgatish omillari (barglar, samon qalamchalari, yong`oq po`choqlari, er yong`oq po`choqlari, patlar o`simlik urug`lar).

O’zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog’ochlar va o’simliklarga boy o’lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xom ashyo bo’lishi bilan bir qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo’lib ham xizmat qiladi.

Ukuvchilarni ilk yoshligidan boshlab bolalarda ona tabiatga kizikish va muxabbatni, undagi guzalliklarni kura bilishni tarbiyalash krak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur kiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy kobiliyatlarni, konstruktorlik goyasini, tushunchalarning anikligini uygotadi.

Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab kiladi va ularni ishlatish bilim, kunikma, malakalarini beradi.

Turli tabiiy materiallarni tuplash ukituvchi kuygan maksadga boglik buladi. Ukuvchilar kurib chikilgan va batafsil muxokama kilingan yoki uzlari uylab topgan tasvir uchun material tuplaydilar.Va aksincha, avval kandaydir materialni tuplab, keyin kanday ish bajarishni aniklashlari kerak.

Tabiiy materiallarni ukuvchilar dastlab ukituvchi raxbarligida sayr vaktida tuplaydilar. Tabiiy materillarni tulash jarayonida ukuvchilar atrofdagi usimliklar dunyosi, xashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallni kachon va kanday tuplash va kanday saklash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni kuriklash va unga extiyotkorona munosabatda bulish, uni asrash masalalariga aloxida ehtibor berish xar bir ukuvchining burchidir.

Mexnat darslarida tabiiy materiallardan: kuritilgan bargalar, gullar, poliz ekinlari- kovun, tarvuz, kovok uruglari, mevalar – olcha, urik, shaftoli danaklari va shu kabilar: balik tangalari va kanotlari, juxori va makkajuxori sutalari, paxta chanogi, yongok pusti va shu kabilardan keng foydalaniladi.

Tabiiy materillarni tuplayotgan xar bir ukuvchi tabiiy materiallarni tartibli yigish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg tuplash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini kupollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni uylamasdan tuplash tabiatga nisbatan vaxshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni kul bilan sindirib bulmaydi, aks xolda poyasi zararlanishi mumkin.

Usimliklarni tuplashda gazeta, gerbariy papkasi, kaychi, paxta bulishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi.

Kuritib olishga muljallangan usimliklar xar kanday namlikdan xoli bulishi kerak, aks xolda usimlik kuritilganda unda doglarning izi koladi. Kuritilayotgan usimlikning tabiiy rangini asrab kolishning eng muxim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, kuyosh nurida tez kuritib olishdir. Usimliklarni kuritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.



Gerbariy ramkalarida kuritish. Gerbariy ramkalarida kuritilgan usimliklarning kupchiligi uzining tabiiy rangini saklab koladi. Bunda usimlik yumshok kogoz yoki gazeta orasiga solib kuyiladi.Xar bir varak kogoz va usimlik urtasiga yana bir necha kavat kogoz yoki gazta kuyiladi, chunki kuritilayotgan usimlik uzidan namlik chikaradi. SHundan sung papka ikkita tursimon ramka urtasiga kuyilib, ochik xavoga kuyiladi. Agarda xavo xarorati kechkurun va kechasi juda pasayadigan bulsa, kuritilayotgan usimlik issik va kuruk joyga olib kiriladi.

Pressda kuritish. Orasiga usimlik solingan kogozlar gerbariy papkasi urniga ikkita faner listlar urtasiga joylanib, ogir narsa bostirib kuyiladi. Ogrilik pressga kancha usimlik joylashtirilganiga boglik buladi. Mayda nozik usimliklar kam ogirlikni va kuritish uchun kamrok vaktni talab kiladi. 2-3 soatdan sung kogoz almashtiriladi. Kuritish shu usulda davom ettiriladi.

Issik dazmol bilan kuritish. Issik dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar kuritiladi. Kavat-kavat gazeta yoki yumshok kogoz orasiga usimlikni kuyib, ustidan dazmol yurgiziladi. Sungra ustki kavatidagi gazetani olib, kuritilayotgan usimlik shamollatiladi va kuruk joyga suriladi, sungra gazeta yopib yana dazmollandi. Usimlik 2-3 minutda kuriydi va u uzining tabiiy rangini yukotmaydi. Agarda kuritilgan usimlik kutarilganda uzining tanasini ushlab tursa, u yaxshi kuritilgan xisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortikcha kuritib yuborilgan xisoblanadi.

Metall va qotishmalar. Metall suzi grekcha yerdan kazib olaman degan mazmunda bulib, u dastlab kon, kazilma, degan mahnolarni anglatadi. Kadimgi dunyo xalklari fakat oltin, kumush, mis, kalay, kurgoshin, temir, simob kabi 7 ta metallnigana bilishgan.

Mehnat darslarida metall va qotishmalardan ham foydalanadilar. Metallar o’zlarining texnik xususiyatlari: mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi, issiqlik va elektr o’tkazishi, suvga bardoshliligi, eruvchanligi va cho’kuvchanlik xususiyatlariga ega. O’quvchilar rangli metall va qora metall turlarini bilishlari kerak.



Qora metall – temirning uglerod bilan qotishmasi va ozroq miqdordagi kremniy, marganets, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Bularga: Po’lat, cho’yan, temir, tunuka va folg’ga kiradi.

Rangli metallga – mis, alyumin, qo’rg’oshin, jez, qalay va boshqa metallar va ularning qotishmalari kiradi.

Metall bilan ishlanadigan asboblar: Taxta qilingan metallni qirqishda maxsus tunuka qaychilari kerak bo’ladi. Simni o’tkir ombir bilan folg’gani qaychi bilan qirqiladi. Metallarni mustahkamlovchi va boshqa ishlarda bolg’a, egov kabi asboblar qo’llaniladi. Metallga ishlov berishda xavfsizligi texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur



Sim bilan ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Sim to’qish va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi, o’yinchoqlar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi, Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham bo’ladi. Simlar turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, eektrodlar, ingichka parma, musiqa asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.

Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib, sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi. Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi, kislotalarga bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi bo’lmaydi. Mehnat tahlimi amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir

Organik shisha - Organik shisha oddiy shisha singari shaffof, ammo sinmaydigan suhniy plastmassadir. Organik shishani aralash, egish va yelimlash mumkin. U turli ranglarga bo’yaladi.

Paralon – Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak tuzilishga ega, usti yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog’ozga va ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin.

Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material. Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda foydalaniladi.

Linoleum – Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy, maydalangan po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidan olingan suhniy materialdir. Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5mmgacha bo’ladi.

Teksolit – ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib tayyorlanadigan suhniy plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun vkladishlar tayyorlanadi.

Ebonit – maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil turdagi elektr asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.

Yog’och – eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar mashg’ulotlarda ko’p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.

Qarag’ay - ko’p tarqalgan ishlov berish oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi.

Qoraqarag’ay – yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang bahzan sarg’ish bo’ladi. Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va yengil. Biroq qoraqarag’ayda butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi.

Qayin – Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq rangda bo’ladi.

Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega.

Toqterak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi yumshoq anchagina yengil.

Jo’ka – yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil sarg’ish oq rangda.

Fanera – Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar – yog’ochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.

Mozaika - buning uchun yupqa yog’och plastinkalardan tasvir yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politra beriladi.

Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan loyda boshqa narsalar tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. CHunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tekshirib ko’rish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz loyning tarkibida ko’p qum bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo’yib, 5-6 soat saqlanadi. So’ngra suvi to’kib, qo’lga yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.

Download 469,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 469,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti

Download 469,5 Kb.