|
Gaz bilan payvandlash
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #115835 |
Bog'liq mavzu-6 Issiqlik manbayi tariqasida asetilenning kislorod bilan aralashmasini yoqqanda hosil bo’ladigan va harorati 3000ñ 3150C ga boradigan payvandlash alangasi ishlatiladi. Uncha qalin bo’lmagan po’latlarni, oson eruvchan metallarni va qotishmalarni payvandlash uchun hamda kavsharlash va kesishdan oldin qizdirish uchun asetilen o'rnida ishlatiladigan boshqa gazlar: propan, tabiiy neft, piroliz gazlari, vodorod, kerosin, koks gazi va boshqalar ishlatiladi. Ushbu gazlar kislorodda yonganda alanga harorati 2000ñ2450∞C gacha ko’tariladi. Gaz bilan payvandlash nisbatan oddiy usul bo'lib, murakkab, qimmat jihozlarni hamda elektr energiya manbayini talab qilmaydi. Gaz bilan payvand- lashning kamchiligi shundaki, metall yoy yordamida payvand- lashdagiga qaraganda sekin qizdirilad Gaz bilan payvandlash - Eritib qoplash deb, payvandlash yordamida buyum sirtiga metall qatlamini qoplashga aytiladi. Odatda, eritib qoplangan qatlam karbidlarning mayda zarrachalaridan iborat nomuvozanat strukturaga ega. Karbidlarning tarkibiga qarab alohida xossali (yeyilishga chidamli, kislotabardosh, olovbardosh, antifriksion va boshqalar) suyuqlantirilgan qoplam hosil qilish mumkin. Bunday eritib qoplashdan buyumlarni taímirlash va tayyorlashda foyda- laniladi. Eritib qoplashda payvandlashdan farqli ravishda asosiy metall uncha chuqur suyuqlanmasligi tufayli uning ozgina miqdori jarayonda qatnashadi, shu sababli buyumning ichki kuch- lanishlari va deformatsiyalanishi, darzlar hosil qilishga moyilligi nisbatan kichik
Gaz bilan eritib qoplash Gaz bilan eritib qoplash - Eritib qoplangan qatlam tarkibiga legirlovchi elementlar kiritib, uning berilgan alohida xossalarini hosil qilishga erishiladi. Eritib qoplashda suyuqlantirib qoplangan metallning kimyoviy jihatdan bir jinsli tarkibini, binobarin, eritib qoplanadigan detal- ning butun yuzasida uning xossalarini hosil qilish ayniqsa muhimdir. Eritib qoplashda talab etilgan erish chuqurligiga erishish uchun asosiy va qo'shimcha metallning qizish darajasini rostlab olish lozimdir. Bunga erishish uchun gaz alangasini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi va ushbu gaz alangasi yordamida eritib qoplash usulining afzallik tomoni ham shundadir (1.1.4-rasm). Gaz kislorodli alanga ham erigan metallni atrof-muhitdan, kisloroddan oksidlanishining oldini oladi va erigan metall tarkibiga kiruvchi (talab etilayotgan xususiyatni taíminlovchi) elementlar uchib ketishining oldini oladi. Gaz bilan eritib qoplashning kamchiligi ñ elektr yordamida qizdirish usullariga nisbatan ish unumdorligi ancha pastligi va asosiy metallga termik taísirning kattaligi
|
| |