|
Kislorod-flyus bilan kesish
|
bet | 3/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #115835 |
Bog'liq mavzu-6 - Ko'p legirlangan xromli va xrom-nikelli po'latlar kislorod bi- lan odatdagidek kesilganda qiyin eriydigan xrom oksidlarini hosil qiladi. Bu oksidlarning pardalari metall zarrachalarini qoplab olib, metallning kislorod oqimida yonishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun ham bunday po'latlar kislorod-flyus bilan kesiladi
- Flyus tariqasida donalari 0,1 ñ 0,2 mm bo'lgan temir kukun ishlatiladi. Kesishda temir kukunning kislorodda yonishi natijasida qo'shimcha issiqlik ajralib chiqadi va kesiladigan joy harorati oshadi. Natijada hosil bo'lgan qiyin eruvchan oksidlar suyuq holatida qoladi va temirning yonish mahsulotlariga qo'shilib, osongina chiqarib tashlanadigan oquvchan suyuq shlaklar hosil qiladi. Kesish jarayoni normal tezlikda o'tadi, kesilgan joy yuzasi toza chiqadi. Cho'yanni kislorod bilan flyussiz kesish ham ancha qiyin, chunki cho'yanning erish harorati temirning kislorodda yonish haroratidan past va cho'yan kislorodda yonmasdan oldin eriy boshlaydi. Cho'yan tarkibidagi kremniy qiyin eriydigan oksid parda hosil qilib, bu parda kesish jarayonining normal o'tishiga to'sqinlik qiladi.
|
| |