• Gaz bilan kavsharlash
  • Gaz bilan payvandlash




    Download 0,53 Mb.
    bet2/3
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #115835
    1   2   3
    Bog'liq
    mavzu-6

    Gaz bilan kavsharlash

    • Kavsharlash deb, metallarning ajralmas birikma hosil qilishi uchun qo'shimcha oson eruvchi metallni (kavsharni) eritib (aso- siy metall erimasdan) birikma hosil qilish texnologik jarayoniga aytiladi. Kavsharlashni uchta bir vaqtda bajariladigan jarayonlar to'plami deb ko'rish mumkin: 1) kavsharlanayotgan metallni kavshar erish haroratigacha qizdirish; 2) kavsharning erishi, avshar va kavsharlanayotgan metallning o'zaro diffuziyalani- shi, chok metalining kristallanishi; 3) kavsharning kavsharlana- yotgan metall bilan o'zaro taísiri va kristallitlararo shakllar hosil bo'lishi. Kavsharlash nafaqat bir xil materiallardan, balki turli metall va qotishmalardan yuqori sifatli birikmalar hosil qilish xusu- siyatiga ega. Issiqlik manbayi sifatida gaz bilan kavsharlashda gaz kislorodli va gaz havoli alanga ishlatiladi.

    Gaz bilan kavsharlash

    • Kavsharlashning ikki asosiy usuli farqlanadi: yuqori haroratli va past haroratli (GOST 17327-71). Yuqori haroratli kav- sharlashda kavshar 550∞C dan yuqori, past haroratlisi 550∞C dan past bolgan haroratda eritiladi. Yuqori haroratli kavsharlashda birikmaning mustahkamlik chegarasi 500 MPa ni tashkil etib, eruvchi kavshar asosiga mis, rux, kadmiy va kumush kiradi, past haroratlida bu miqdor 50-70 MPa dan oshmaydi va eruvchi kavshar asosiga qorgoshin, qalayi, surma kiradi.

    Gaz bilan kavsharlash

    • Choyan, uglerodli va legirlangan polat, mis va uning qotish- malari, nikel va uning qotishmalari, aluminiylar yaxshi kav- sharlanadi. Kavsharlash yetarli darajada unumli jarayon, hajmli ishlab chiqarishda oson mexanizatsiyalanadi, birikmalarga talab etilgan mustahkamlikni va germetiklikni taíminlaydi, asosiy metallning struktura ozgarishini vujudga keltirmaydi. Kavshar- lashning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: asosan, ustma-ust birikmalar bajarilishi; asosiy metall tavsifiga nisbatan birikma mustahkamligi va plastikligining pastligi; asosan, noyob metallar sarf bolishi (qalay, kumush va boshq.); detallarni kavshar- lashga tayyorlashga yuqori talablar qoyilishi
    • Po'latni kislorod bilan kesish temirning sof kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan, bunda temir po'latning erish haroratiga yaqin, yaíni 1200 1400C haroratga qadar qizdi- riladi (1.1.5-rasm). Kesayotganda metall gaz-kislorod alangasida qizdiriladi. Yonilg'i tariqasida asetilen, propan-butan, piroliz, tabiiy koks va shahar gazlari hamda kerosin bug'lari ishlatiladi. Metallning ozgina joyi kesishdan oldin qizdiriladi. So'ngra ana shu joyiga kesuvchi kislorod oqimi yo'naltiriladi hamda keskich rejalangan kesish chizig'i bo'yicha surib boriladi. Metall butun unuka qalinligi baravari yonib, orada tor tirqish hosil qiladi. “e- mir kislorodda kislorodning ke- suvchi oqimi yuzasiga chegara- dosh bo'lgan qatlamlaridagina jadal yonadi. Kislorod oqimi me- tall orasiga juda kam chuqurlikda kiradi.

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3




    Download 0,53 Mb.