|
Asbobsozlik materiallari
|
bet | 1/5 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 61,26 Kb. | | #265079 |
Bog'liq kesish nazariyasi mi2
ASBOBSOZLIK MATERIALLARI
REJA:
1. Uglerodli asbobsozlik po’latlari
2. Legirlangan asbobsozlik pulatlari
3. Tezkesar pulatlar
4. Metallokeramik qattiq qotishmalar
5. Mineralokeramik materiallar.
6. Olmoslar
7.Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch iboralar: uglerodli, legirlangan, po`lat, tez kesar, metallokeramika, olmos issiqlikbardoshlik, Rokvel, Brenel, toblash, asbobsozlik, qattiq qotishma, legirlovchi elementlar
Kesuvchi asboblarning ishchi qismini tayyorlash uchun uglerodli, legirlangan va tezkesar asbobsozlik pulatlari, metallokeramik qattiq qotishmalar, mineralokeramik materiallar, olmoslar kullaniladi. Asbobsozlik materiallariga quyilgan talablar qatoriga qattiqlik, eyilishga chidamlilik issiqbardoshlik, mustaxkamlik, qovushqoqlik va mexanik ishlov berilish xususiyatlari kiradi. Eyilishga chidamlilik va issiqbardoshlik kabi xususiyatlar issiqlik utkazuvchanlik qobiliyati bilan aniqlanadi.
Kesuvchi asboblarning qattiqliligi Rokvell ulchov asbobida ulchanadi. Bunda olmos konusni R = 150 kgk ≈ 1500 N ( S shkala) yoki R = 90≈ R = 900 N (A shkala ) kuch bilan bosish kerak.
Eyilishga chidamlilik I, maxlum bir m massani yuqotishga sarflangan A ishni shu massaga nisbati sifatida ifodalanadi:
Issiqlikbardoshlik, material qatiqligini qizishdan sung pasayishi bilan bog’liq xolda tavsiflanadi.
Eyilishga chidamlilik kesuvchi asbobning maxlum mexanik ishlov berish davrida uz shakli va ulchamlarini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi.
S-jadvalda issiqlikga bardoshlik xarorati va bir qator asbobsozlik pulatlarning markalari berilgan.
jadval-5
Pulat markasi
|
U12
|
9XC
|
R9 R6M3
|
R18 R6M5
|
R18K10
|
R9K10
|
R18K20
|
Issiqbardoshlik,0S
|
275
|
325
|
620
|
620
|
670
|
670
|
670
|
Mustaxkamlik-egilishdagi mustaxkamlik sv chegarasi bilan tavsiflanadi va quyidagi birlikda ulchanadi. N/m2 (kgk/mm2).
Zarbaviy qovushqoqlik maxsus qurilma buyicha aniqlanadi va dj/m2 (kgk×m/sm2) da Ulchanadi.
Sanab Utilgan sifatlardan tashqari asbobsozlik materiali texnologik bulishi kerak, ya`ni mexanik ishlanuvchanligi yaxshi bulishi kerak.
Toblanuvchanlik, uglerodsizlanishga moyillik, sovuq va issiq xolatlardagi plastiklik, tig’li va abraziv kesuvchi asboblar bilan ishlov berish imkoniyati va boshqalar texnologik muxim kursatkichlar xisoblanadi.
|
| |