|
amaliyotga yo'naltirilgan loyiha
|
bet | 2/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 349,75 Kb. | | #228105 |
Bog'liq 14-ma’ruza mavzu. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariamaliyotga yo'naltirilgan loyiha ishtirokchilarining yoki tashqi buyurtmachining ijtimoiy manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Masalan, turli tipdagi kompyuterlar(oddiy tipda-matn terishga, office dasturlarini o’rgatishga mo’ljallangan yoki, server vazifasini bajaruvchi, amaliy masalalarni yechishga moljallangan kompyuterlar)ni terish loyihasi
axborot loyihasi obyekt yoki biror voqeilikni tahlil qilish uchun shu sohadagi axborotlarni yig’ish, qayta ishlash asosiy tushunchalarni umumlashtirishga qaratilgan loyihalar. Masalan, axborotlashgan jamiyatnining ijoviy va salbiy tomonlari, o’quvchilarda axborot madaniyatining shakllanganligini tahlil qilish va h.k.;
ilmiy loyiha biror tadqiqot olib borish jarayoni(pedagogik, ishlab chiqarish, falsafiy-jamiyatni rivojlaninshiga hissa qo’shadigan)da ilmiy xulosalar, izohlar, hukmlar berish;
ijodiy loyihalalar bajarilgan biror jarayonning natijalarni taqdim etishga ijodkorning erkin va noan'anaviy yondashuvlarini o'z ichiga oladigan loyihalar. Bunga biror yangi kompyuter dasturni ishlab chiqish, ta’limiy elektron dastur yaratish, sayt yaratish va h.k.
rolli loyiha - bunday loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish qiyin bo’lib, unda ishtirok etadiganlar, hayotiy, adabiy va tarixiy qahramonlar rollarini ijro etishadi. Informatika darslarida bunday loyihalarda o’quvchilar dasturchi, kompyuter qurulmalarini sotuvchishi, reklama agenti va boshqa rollarda dars mazmunini eritishga hissa qo’shishi nkerak bo’ladi
2) Davomiyligi bo'yicha: a) mini (kichik) loyihalar,bir yoki 2 darsga;
b) qisqa muddatli (1-2 oyga, 1 semestrga mo’ljallangan) loyihalar; c) yillik loyihalar.
3)Bog’liqlik aloqalari bo’yicha: guruhli,biror muassasa doirasida, regionda, mintaqaviy va halqaro loyihalarga bo’linadi.
Informatika darslarida loyihaviy o’qitishning natijasi biror mahsulot bo’lishi lozim: masalan, slaydlar to’plami, biror sayt, qayta ishlangan fotosuratlar, devoriy gazeta, qayta ishlangan video, audio, turli ko’rgazmalar, qo’llanmalar, iqtisodiy, statistik hisobotlar va h.k.
Ta'lim loyihasi o’quvchi nuqtayi nazaridan:
bu guruhda yoki yakka holda o'zingizning xohishingiz bilan qiziqarli narsalarni qilish, qobiliyatingizni oshirish imkoniyati;
omma oldida erishilgan natijalarni namoyish etish imkoniyati, bilimingizni amalda qo'llash, o'z bilimlarini isbotlash tadbiri
Amaliy xarakterdagi qiziqarli masalani echishga qaratilgan tadbirlar.
Ta’lim loyihasi o’qituvchi nuqtayi nazaridan esa ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga imkon beradigan o'qish va o'qitishning didaktik vositasidir.
|
| |