14-Mavzu. Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
Reja:
1.
O‘yinlarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri
2.
Vertual o‘yinlarning salbiy oqibatlari
3.
Internet o‘yinlarining ta’siri
XXI asrda dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan o‘zgarib, global
integratsiya jarayonlarining jadallashuvi yangicha tafakkur uslubini taqozo
qilmoqda. Yoshlar, o‘smirlar ongida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini
shakllantirish, mustaqillikning oliy ne’mat ekanligini tushuntirish, millat va
xalq manfaati yo‘lida kerak bo‘lsa fidoyilik ko‘rsata oladigan,
mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-
xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan
mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan,
ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga
aylanib qolmoqda. Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va
to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi.
Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli xil
vayronkor g‘oyalarning kirib kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq
ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning kompyuter texnologiyalari,
turli kompyuter o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. Ularning bu
qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida
samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, «o‘yinbozlik»
jamiyatning ma’lum bir qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan
ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l bilan egallashga harakat
qilmoqda.
«Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix o‘yinbozlik alomatlarini
shunday tasniflashgan:
1. O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib borishi
2. Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida ko‘proq
o‘ylashi;
3. Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi;
4. O‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yinsiz qolganda bezovta bo‘lib,
asabiylashish;
5. Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa tika
borish
6. O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni tashladim», –
deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini ko‘rsa, o‘yin haqida gap
ochilsa, o‘yingohning yonidan o‘tayotganda qaroridan tez aynib
qoladi;
7. Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi, o‘g‘irlik
qilishi;
8. Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining o‘ta
o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar o‘smirning
o‘yinparastligidan dalolat beradi».
Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik,
farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda
farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli
informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik,
balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet
o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult,
ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi
salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz
uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.
Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini
doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash
mumkin emas.
Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil
kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator
o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish,
tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri
foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i
insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki
ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish
imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.
Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya
jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan
amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin
egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat
mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir
odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois
ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun
qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga
ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish,
eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan
darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va
pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.
N. Komilov ta’kidlaganidek: «Odam qanchalik nodon bo‘lsa, u
xurofotga, so‘zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo‘ladi, rasm-rusumga,
aqidalarga shuncha beriluvchan bo‘ladi. Va, aksincha, odamning ma’rifati,
bilimi oshgan sari, u ...mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori
ko‘tarilaveradi...».
Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani
yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab
oilada amalga oshiriladi. Farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli
ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga
o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz
birdek mas’ulmiz.
Internet-bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir
bo‘lagiga aylangan. Internet-bizlar uchun juda ham еngilliklar va qulayliklarga
egadir. Uzog‘imizni bizga yaqin qiladi va o‘zimiz uchun kerakli barcha
ma’lumotlarni internet orqali izlab topmoqdamiz. Internetdan qanday
foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning o‘ziga yarasha foydasi
bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor. Hozirda internetdan hammaham
yaxshi maqsadda foydalanmayapti. Internetdagi vertual video o‘yinlar
yoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyati. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga
futur еtkazyapti. Bu vertual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi
videoo‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga
kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq
o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan
ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter o‘yinlarining
keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri
tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan
biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa
mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar
bor. Bunga misol qilib Koreyada va Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tgan
voqealarni aytib o‘tishlikni joiz,-deb topdik.
Janubiy Koreyada harbiy-strategii o‘yinlar kuliga aylangan 28 yoshli
yigit olamdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uch kecha-kunduz davomida
o‘yinxonadan chiqmagan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib
olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan
buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining
sobis hamkasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani
otsibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin
bandasi”ni juda oson topishdi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli
darhol uyga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu
bos’hichini oxiriga еtkazib ko‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Birok,
bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan vafot etadi. Tashxisga
ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi
bois yuzaga kelgan.
Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual mukofotchalarni,
yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb
eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi,
xarid qilinadi. Bunday ishga esa pul ayamay sarflanadi. Masalan, “Rgojest
Yentropia ” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba
35 ming AQSh dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir
qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin
bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos.
Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqat- sizlarcha o‘ldirish,
qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat
yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. “STA”, “Snayper” va “Qotil” kabi o‘yinlarga berilganlarning
ba’zilari keyinchalikhaqiqiy qotilga aylanishgani fikrimiz dalilidir.
—2002 yili amerikalik Shon Villi ismli 21 yoshli yigit o‘zini o‘zi
peshonasidan otib o‘ldirdi. Aniqlanishicha, u “EverQuest” nomli kompyuter
o‘yiniga mukkasidan ketgan ekan. Uning o‘sha o‘yinda yutqazib, yig‘gan
ballari va mukofotlaridan ajralganiga chidayolmay, o‘z joniga qasd qilgani
ma’lum bo‘ldi.
—2004 yili Buyuk Britaniyada 17 yoshli Uorren Leblan 14 yoshli Stefan
Pakirning joniga qasd qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi “MapNipS kompyuter
o‘yini ta’siriga tushib qolganini aytadi.
Bu hikoyalarning barchasining tub zamirida bizlar uchun hikmat bordir.
Bularning barchasidan ibratlanishimiz kerak. Internetdan ham yaxshi
tomonlama foydalanishimiz kerak. Chunki, har birimiz Qiyomat kunida qilib
o‘tgan yaxshi-yu yomon ishlarimizdan so‘ralurmiz. Yaxshilik ham yomonlik
ham o‘zimizning qo‘limizda.
“Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, Illat izlaganga illatdir dunyo”
Hozir vertual o‘yinlar keltirib chiqarayotgn illatlar, yoshlarni halokatga
gririftor etayotgani va nobud qilayotgani haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Shuningdek,
Islom
dinida
bunday
ishlarga
berilmaslik
haqidagi
ko‘rsatmalariga ham to‘xtalmoqchimiz.
Hozirgi kunda Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib
ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish arafasida.
Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin
o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan
ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli albatta. Kompyuter o‘yinlarining
keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri
tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan
biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa
mamlakatlarida internetga qullik hastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar
ko‘paymoqda.
Ma’lum qilinishiga ko‘ra, tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy “internet orqali
bog‘lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri” mavzuida 471 kishi o‘rtasida
o‘tkazgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va
ruhiy yolg‘izlik muammosi ko‘payayotgani aniqlangan. Sarosima, tushkunlik,
xavotir, farzandlarning internet bilan mashg‘ulligi sababli yosh oilalardagi
kelishmovchiliklar, yoshlarning oila a’zolari bilan aloqalari beqarorlashuvi
ushbu muammoning asosiy alomatlari sifatida ko‘rsatilmoqda. Bunga
Ustozimiz Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” asarida
keltirilgan voqiani misol qilib keltirish mumkin.
Janubiy Koreyada harbiy-strategik o‘yinlar quliga aylangan 28 yoshli
yigit olamdan o‘tadi. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, u uch kun davomida
o‘yinxonadan chiqmagan ekan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina
mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha
kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab,
bolasining sobiq haskasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib
ketgani oqibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin
bandasi”ni juda oson topishadi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli
darhol uyiga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu
bosqichini oxiriga еtkazib qo‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Biroq
bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan o‘ladi. Tashxisga ko‘ra,
yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi sabab
yuzaga kelgan edi.
Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual qo‘shtirnoq ichidagi
mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga
qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Mana shunday ball va yutuqlar “sodiq”
o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa ayamay pul
sarflanadi. Masalan, “Project Entropia” o‘yiniga mukkasidan ketgan
avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming
AQSh dollari evaziga vertual orol sotib oladi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha
cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar mavjud. Lekin bu
joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos.
Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon
to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat
yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. “GTA”, “Snaypir”, “Qotil”va boshqa ana shular kabi o‘yinlarga
berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotillarga aylanishgani fikrimizga
yaqqol dalil bo‘ladi.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eshitib
qolamiz: G‘arb mamlakatlarida maktab o‘quvchilari, o‘smir yigit-qizlar o‘z
ota-onalari, o‘qituvchilari, tengdoshlari o‘limiga sabab bo‘lishmoqda. Bunday
dahshatli voqealar G‘arb bolalariga vertual olam berayotgan “ tarbiya”ning
zaharli mevasi ekani achchiq haqiqatdir.
Kompyuter o‘yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho‘ng‘ishni Islom dini
qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning imon-e’tiqodi zaiflashib,
shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo‘yicha ish qiladi. Oqibatda
o‘zi ham halok bo‘ladi. Shunday ekan, bu haqda tafakkur qilib, aql yuritishimiz
lozim.
|