Mundarija: Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари




Download 35,91 Kb.
bet1/6
Sana10.12.2023
Hajmi35,91 Kb.
#115059
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda insho yozishga o\'rgatish


Mavzu: Boshlang'ich sinflarda insho yozishga o'rgatish (4-sinf).
Mundarija:
1.Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари.

2.Бошланғич синфларда иншо ёзиш ва унинг ўзига хос хусусиятлари.


3.Ўқувчилар тарбиясида иншонинг аҳамияти.
4.Иншо мавзусини танлаш, режасини тузиш ҳамда иншо ёзишга тайёрлаш.

Insho” asli arabcha so’z bo’lib, ma’nosi “yaratish”, “bino qilish”, “boshlash” demakdir. Bu co’zning ma’nosi hozirda ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.



Insho − ijodiy ish bo’lib, u o’quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozisiyasi va rejasi haqida o’ylash, mantiqiy bog’lanishni belgilash, so’z, so’z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o’zaro bog’lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o’quvchidan aqliy kuchini to’la ishga solish bilan birga, o’z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko’nikmasini ham talab etadi.Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo’shiladi. O’quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo’lgani uchun, «o’ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi − inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o’quvchilar nutqini o’stirish, aqliy, ijodiy o’sishiga mo’ljallangan dasturga o’tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o’sdi.
Og’zaki va yozma inshoga o’rgatish jarayonida o’quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o’z inshosini aniq fikrga bo’ysundirish, material to’plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
Og’zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Insho material manbaiga ko’ra quyidagi uchga bo’linadi:
1) o’quvchining o’zi ko’rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya’ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o’qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho;

Download 35,91 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 35,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари

Download 35,91 Kb.