• 1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og’zaki va yozma inshoni muntazam o’tkazib borish bilan o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.
  • Mundarija: Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари




    Download 35,91 Kb.
    bet3/6
    Sana10.12.2023
    Hajmi35,91 Kb.
    #115059
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boshlang\'ich sinflarda insho yozishga o\'rgatish

    O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati
    Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o’quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g’oyasiga ham bog’liq.
    Insho bolalarning voqyea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o’rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o’stiradi. Bolalar eng qiziqarli va o’zlariga yaqin voqyea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o’stiradi, ommaviy faollikni oshiradi.Tanlangan mavzuning g’oyaviy yo’nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug’ilib o’sgan qishlog’i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi.Insho jamiyat hayotini tushunishga o’rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o’quvchilarga yordam beradi.
    Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
    1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og’zaki va yozma inshoni muntazam o’tkazib borish bilan o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil insho o’quvchilar faolligini o’stiradi.
    2. Inshoni hayot bilan bog’lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o’qilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
    “Vatan” so’zini aytish bilan kishining bolalikda o’sib-ulg’aygan joyi tasviri ko’z oldida paydo bo’ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg’or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma’lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog’liq holda kasb haqida suhbatlashishga to’g’ri keladi va bu inshoda o’z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog’da», «Bizning jamoa xo’jaligimiz», «Pochtada», «Do’konda», «Paxtakorlarga yordamimiz», «Bizning hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o’tqazish» kabilar kiradi.

    Download 35,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 35,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: Оғзаки ҳикоя ҳамда шу асосда иншо ёзишнинг назарий асослари

    Download 35,91 Kb.