O’quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o’stirish metodikasida o’quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O’quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozisiya, izchillik (reja to’g’ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo’qmi, zarur o’rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo’l qo’yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so’z, gap soni; lakonizm yoki ko’p so’zlilik).
O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda rasmga qarab insho yozish yo’llari
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1-bob.Insho va insho turlari haqida ma’lumot.
1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish usullari
1.2.Boshlang’ich sinflarda og’zaki va yozma insho.
2-bob.Boshlang’ich sinflar o’quvchilariga insho yozishni o’rgatishda eng samarali vositalar.
2.1.Rasm asosoida insho yozish yo’llari.
2.2.O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati
3-bob.Dars ishlanma
III.XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ko`p jihatdan ta`lim tarbiya sohasidagi sifat o`zgarishlari ,yuqori samaradorlikka erishish ularning jahon ta`limi talablari bilan moslig iamaliy faoliyatdag io`rnini qay darajada topoyotganigi bilan uzviy bog`liqdir.
Bugungi kunda Respublikamizda uzluksiz talim-tizimining hayotimizda o`z o`rnini va amaliy ahamiyatin itopishda diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ”Talimto`g`risidagi” Qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” ning qabul qilinish ita`limga, xususan uzluksiz ta`lim ttizimining asosini tashkil etuvchi boshlang`ich ta`limga ,xususan,uzluksiz talim tizimining asosini tashkil etuvchi boshlang`ich talimga bo`lgan talabning ijobiy tomonga o`zgarishiga olib keldi .Boshlang`ich ta`lim asosan o`quvchining ongiga savodxonlik asoslarini elementlarini singdirish davridan iboratdir.Demak bu davrdagi savodxonlik uzluksiz ta`lim tizimining keying bo`g`inlarini intektual salohiyoti bo`lishligiga mustahkam zamin yaratadi.
Muhtaram Prezdentimiz tadbiri bilanaytganda “Agar poydevor mustahkam bilim va tarbiya berilsagina qaysi fan bo`lishidan qat`iy nazar yuqori sinflarda o`quvchining o`zlashtirishi oson kechadi”.
Boshlang`ich ta`limning asosiy maqsadlaridan biri ham umumiy o`rta ta`lim uchun zarur bo`lgan savodxonlik davrida shakllantirishga qaratilgandir.Shu sababli bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda ta`lim mazmuniga qo`yilgan talablarga jiddiy yondashmoq lozim bo`ladi. Birinchi va ikkinchi sinflarda bolalar maktab hayotida faoliyat ko`rsatishga tayyorlanadi. O`quv fanlaridan umumiy tushunchalar beriladi o`qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalari hosil qilishga savodxonlik to`liq egallanishiga asosiy etibor qaratishdi.Uchinchi, to`rtinchi sinflarda esa bilim, ko`nikma va malakalar yanada mustahkamlanadi ,dastlabki nazariy tushunchalar hamda tasavurlar hosil qilinadi. Ma’lumki,odam hamisha o’zining og’zaki va yozma nutqi takomili bilan qiziqib kelgan.Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson o’z ichki olamini,tuyg’ularini to’liq namoyon etadi.Boshlang’ich sinflar o’qituvchisi adabiy ta’lim amaliyotidao’quvchilarning ijodiy nutqiy faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foydalanishi mumkin.O’qish darslarida nutq o’stirishning asosiy yo’nalishlaridan biri matnning o’uv tahlili bo’lib,u har xil nutqiy vaziyatlarni hosil qilish,dialogic muloqot uchun vaziyat yaratish,adabiy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga o’rgatish orqali amalga oshiriladi.O’quvchilar nutqining rivojlanganligini tekshirish mezonlari faol leksika,terminologiya,tasviriy ifodalarga egalik,nutqni mazmunli,ma’lumotlarga boy qilish,chiqishlarni mantiqiy aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan boyitish va hokazolar bilan belgilanadi.Kichik o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik yoki pedagogic,balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo’lib turibdi.Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko’pchigi o’z fikrini aniq va ravon ifodalashga,fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga,balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida,barcha o’quv fanlari tizimida kuzatish mumkin.Ta’lim amaliyotida,asosan,adabiy ta’limda fikr ifodalashning nozik tomonlari,uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi.Nutq ifodalalshda bunday ko’nikmalarni egallash va og’zaki nutqni takomillashtirish suhbat,muhokama,qayta hikoyalash,dialoglar,ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi.Maktabdagi barcha o’quv fanlarini o’zlashtirishda,xususan,boshlang’ich adabiy ta’limda ham o’z maqsadidan kelib chiqqan holda birinchi sinfdan boshlab tasviriy san’at asarlariga murojaat qilinadi.Chunki Xalq ta’limi vazirligining 2018-2019 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejasida tasviriy san’at darslariga boshlang’ich ta’limning 1-sinfidan boshlab haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan.Demak,o’quvchilar ta’limning dastlabki sinfidan boshlab mo’yqalam san’at namunalarini o’rganadilar.Boshlang’ich adabiy ta’lim amaliyotida adabiy-badiiy asarlar qanday o’qib tahlilga tortilsa,mo’yqalam mahsuli bo’lgansuratlarni ham huddi shunday o’qish va tushunish,tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.Chunki badiiy matnda ham,mo’yqalam asarida ham mavzu sujet,g’oya,badiiy uslub,obrazlar,timsollar bo’lib,har ikki yo’nalishdagi asarlarda tasvirlangan voqeaning davri,qahramonlari o’z ifodasini topgan bo’ladi.
Ammo,shuni afsus bilan tan olish kerakki,birorta o’qituvchi,nafaqat boshlang’ich sinflar,balki yuqori sinf muallimlari ham,san’at asarlarining yaratilishi,undagi mavzu,sujet,g’oya,badiiylik haqida jo’yali ma’lumot bera olmaydi.Chunki milliy oliy pedagogik ta’limda bo’lajak o’qituvchilar bunga-tasviriy san’at namunalarini o’qishga o’rgatmaydi.Shu boisdan tasviriy san’at namunalaridan nechta darsda,qaysi sinfda foygalanishidan qat’i nazar,mohiyatiga kirilmay,tahlilga tortilmay qoldirilib ketilaveriladi.Sababi,o’qituvchilar o’zlari bilmagan narsani o’quvchilariga o’rgata olmaydilar.
Boshlang’ich sinflar adabiy ta’limi jarayonida har xil sujetli rasmlar mazmuni asosida og’zaki hikoya tuzish,insho yozish bilan bog’liq ishlar o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida tashkil etiladi,albatta.Bo’ajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga oliy maktabda bu haqida tasviriy san’at darslarini tashkil etish maqsadida ma’lum bilimlar qisqacha bo’lsada beriladi.
O’quvchilarni insho yozishga o’rgatish davomida insho haqida,yozma nutqning qonun-qoidalari haqida ma’lumot berib borish zarur.Og’zaki nutq bilan yozma nutq o’rtasidagi farq haqida har bir o’quvchi tasavvur hosil qilishi kerak.Og’zaki nutqda so’zlovchi o’z mulohazalarini aytish davomida qo’l harakatlari bilan fikrining osonroq tushunilishiga erishadi.U nutqning mazmuniga ko’ra ohang tanlay olish imkoniyatiga ega.
Insho haqida a’lumot berganda “insho” so’zining ma’nosini sharqlash yaxshi natija beradi. “Insho”arabcha so’z bo’lib, uning ma’nosi “yaratish”, “bino qilish” , “qurish”, “boshlash” demakdir. Tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha torayib,asosan , o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.
Insho o’quvchining malum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o’z fikirlarini yozma shaklda to’g’ri, ravon, savodli bayon qila olish ko’nikma va malakalarini, shu mavzu bo’yicha bilimlarini namoish etuvchi ijodiy matn – kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o’zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta ma’suliyat bilan qaragani kabi o’quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero insho o’quvchi ma’naviyati va marifati ko’zgusidir. Unda o’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari,fikrlarini bayon etish ko’nikma va malakalari o’z aksini topadi.
Insho asosan 3 turlidir
Adabiy insho;
Adabiy-ijodiy insho
Erkin insho
Bizga birinchi sinfdan tanish bo’lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya turli xil maktublar ham inshoga o’xshaydi.Lekin ularni tom ma’noda insho deb bo’lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o’quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo’ladi.
1.Adabiy mavzudagi insholarga o’qituvchi tomonidan dars mashg’ulotlarida tushuntirilgan va adabiyot darslarida qayd qilingan mavzular kiradi.
2.Adabiy-ijodiy mavzudagi insholarni yozishda esa,bir tomondan,darsda alohida mavzu sifatida olingan ma’lumotlar,ikkinchi tomondan,sinfdan tashqari o’quvchi o’zlashtirilgan materiallar haqida fikr yuritish talab qilinadi.Birinchi turdagi insholarni yozishda o’quvchining mustaqil fikrlashi nisbatan chegaralangan bo’ladi.Ammo bu mulohaza ularda mustaqil fikrlash talab qilinmas ekan,degan xulosaga olib kelmasligi lozim.Ikkinchi turdagi insholarda o’quvchining mustaqilligi yorqinroq seziladi.Chunki ularni yozishda o’quvchining mavzuga munosabati yetakchi ahamiyat kasb etadi.
3.Erkin insholar bevosita adabiyot darslarida qayd etilmagan mavzularda yoziladi.O’quchilar o’zlari yoqtirgan mavzularda erkin tanlagan holda yozishi mumkin.Masalan:Orzular,kasb tanlash,Vatan haqida va yana boshqa mavzular yoritib berilishi mumkin.
O’quvchilar insho yozish malakasini hosil qilishlari davomida mavzu,plan,epigraf,tezis,dalil kabi terminlarning ma’nosini ham o’zlashtirib olishlari kerak.
MAVZU
Mavzu inshoning nima haqida yozilishini belgilaydi.Mavzu o’quvchiga tushunarli tarzda tushunilishi lozim.Odatda,insho mavzusi sodda va atov gaplardan tuziladi.Uning aniq va izchil tarzda tuzilishi inshoning ijobiy natijasini ta’minlaydi.Mavzu bilan tanishgan o’quvchi inshoning kompozitsiyasini,tuzilishini,nimalar haqida fikrlash lozimligini tasavvur etishi kerak.Aks holda,insho mavzusidan tashqari masalalarga bag’ishlanib qolishi mumkin.
PLAN
Inshoning planini tuzish uni yozish jarayonida eng muhim bosqichlaridan biridir.Ma’lumki,o’rta maktabdagi insho plani xarakter jihatdan ikki xil bo’ladi:a) sodda plan; b) murakkab plan.O’quvchi plan turini yozilayotgab mavzuning xususiyatiga qarab tanlaydi.
EPIGRAF
Epigraf adabiy asarning yoki uning biror qismi (bobi)ning mazmunini ifodalaydigan,asosiy g’oyasini ochib beradigan ibora,maqola yoki matal,aforizm,hikmatli so’z va hokazolar bo’ladi.Epigrafdan o’quvchilar insho yozishda ham foydalaniladi.
TEZIS
Tezis inshoda bayon qilinadigan asosiy fikrdan iborat.Tajribali o’qituvchilar o’z o’quvchilarida inshoning tezisini tuzish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor bilan qaraydi.Odatda,planda keltirilgan moddalar biroz sharhlanganda insho tezisiga aylanadi.
DALIL
O’quvchilar o’z fikrlarini dalillashni og’zaki savol-javob qilishda o’rganadilar.O’quvchining o’tilgan mavzu haqidagi fikri albatta adabiy materialdan misol keltirilgan holda dalillanadi.Dalil keltirishning zarurligi o’quvchida bevosita birinchi manbaga murojaat qilish majburiyatini yuklaydi.O’qituvchi ish faoliyatida dalilash san’atini yaxshi egallagan bo’lsa,o’quvchilarni talilash usullari bilan tanishtirib borsa,yozma ishni yozishga o’rgatish ancha osonlashadi.
Shu terminlar bilan insho yozilsa,insho yaxshi yoritib beriladi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki nutqi bilan bog’liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.Ma’lumki,yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.U kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi.Agar o’zaki nutqda jumla yoki so’zlarning to’liq ifodalanmasligi,ayrim qo’shimchalarning tushirib qoldirilishi,almashinishi singari holatlar yuz berishi mumkin bo’lsa,yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy izchillik,so’z va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi.O’quvchi yozma nutqini takomillashtirishning keng tarqalgan usuli turfa janrlarda va har xil adabiy mavzularda insholar,esselar,bayonlar yozdirishga undashdir.O’quvchilarning boshqa turdagi mustaqil ishlari,yozma shaklda bajariladigan uy vazifalari ham yozma nuttqining rivojlanishiga ko’maklashadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida insholar erkin mavzular (asosiy materialning olinajak manbasi,janri,hajmi,bajarish yo’li va usuliga,qo’shimcha topshiriqlari mavjudliliga ko’ra) da,maqsadiga ko’ra ta’limiy hamda nazorat shaklida tashkil etiladi.Dastlabki-alifbegacha va alifbe (taxminan,12-13 hafta),hali bolalar o’qishni ham,yozishni ham to’la bilmaydigan davrda,ularga o’z kuzatishlari,hayotidagi har xil voqea hodisalar (mashg’ulotlar,o’yinlar,qiziqishlar,mavsumiy mehnat) bo’yicha og’zaki insho,rasmlar asosida hikoya tuzish bo’yicha amaliy mashqlarni bajartirish samarali natijalar beradi.O’quvchilar tomonidan tuzilgan bu hikoyalar ularning birinchi insholari sanaladi.
O’quv yilining ilk kunlaridan o’qituvchilar bolalarni tabiatni kuzatish va shu asosda tabiat taqvimini yuritishni o’rgatadilar.Bu kuzatishlarning o’zi ham quyidagi savollarga javob beruvchi hikoya-o’zaki insho uchun mavzu bo’lishi mumkin.”Bugun ob-havo qanday? Osmon qanday ko’rinishda? Havo bulut bo’lganda osmon qanday ko’rinishda bo’ladi? Nega shunday bo’lishini bilasizmi? Quyoshning qizdirishi nimalarga va nimasi bilan foydali, deb o’ylaysiz? Oy nurining sabzavot va mevalarga foydali jihati bormi? Agar bor bo’lsa,buni nimalarda ko’rish mumkin? Shamol foydali hodisami yoki zararlimi? Kuchli shamol yaxshimi,yomonmi? Shamol nimasi bilan yaxshi-yu,nimasi bilan yomon,sizningcha? Yomg’ir yog’yaptimi? Kun issiqmi yo sovuq? va boshqalar.Kelasi safargacha o’quvchilar ob-havoni kuzatib borishga odatlanadilar va kecha qanday edi,bugun qanaqa ekanligini aytib beradilar.O’quchilar bir-birini to’ldirib,alohida-alohida aytilgan gaplarni o’qituvchi yordamida o’zaro bog’lab,mantiqiy izchillikda hikoya tuzadilar.Bu hikoyalar hech qanday munosabatsiz,aniq vaziyat yoki holat tasviridan iborat bo’ladi.
Insho 1-sinfda kichik og’zaki axborot yoki oddiy hikoyadan boshlanib,sinflar yuqori borgan sari o’quvchini o’z fikrini ifodalashga o’rgatadigan,o’quvchi shaxsini shakllantirshga xizmat qiladigan,aqlini peshlab dunyoqarashini kengaytiradigan,tafakkurini tiniqlashtiradigan,nazarini ziyratlashtiradigan ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ish turiga aylanib boradi.Insho bola shaxsini shakllantirishda g’oyat samarali vosita bo’lib,his-hayajon uyg’otadi,aqliy mustaqillikka,fikrlashga,ko’rgan-kechirganlari va o’zlashtirganlarini baholashga,voqea-hodisalar o’rtasidagi sabab-natija bog’lanishini topishga,ularni qiyoslashga,xulosa chiqarishga o’rgatadi.Insho o’quvchini o’z fikrini tartibga solishga yo’naltiradi.Insho yozish va og’zaki hikoya qilish darsda ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir.Inshoning darsdagi umumlashtiruvchilik roli bog’lanishli nutq sohasidagi ko’nikmalarni egallash me’yoriga qarab ortib boradi.Insho yozish uchun 2-sinfda,odatda,bir dars,ammo zarur bo’lib qolsa,ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa,3-4 sinflarda bir yoki bir yarim dars,ayrim vaqtlarda 2 darsgacha ajratiladi.
O’quvchilarni insho yozishga yo’naltirish bugungi kunda ham umumta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda yozdiriladigan insholarning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o’quvchilarning hayotiy tajribasiga asoslangan insholardir.
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda alohida o'rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar m a’lum mazmunda inshoga bo'ysunadi. Insho 1-sinfda kichik og'zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o'z fikrini ifodalashga, o'quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita b o iib , his-hayajon uyg'otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va o'zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda o'ziga, o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi. Insho — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr biidirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy bog'lanishni belgilash, so'z, so'z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o'quvchidan aqliy kuchini to'la ishga solish bilan birga, o'z m a’naviy faoliyatini boshqarish ko'nikm asini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo'shiladi. O'quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo'lgani uchun, ,,o'ziniki“ ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalam ing mustaqil tuzgan hikoyasi — inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o'quvchilar nutqini o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga m oijallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi.Og'zaki va yozm a inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga m os ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, „texnik" vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda im lo qoidalari va husnixatga e ’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og'zaki va yozm a insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Insho material manbaiga ko‘ra uchga bo'linadi: 1 ) o'quvchining o'zi ko'rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli m ateriallar asosidagi insho; 2 ) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko‘rish metodiga ko‘ra insho ikki turli boiadi: 1 ) sinf o'quvchilari uchun um um iy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho;. 2 ) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so‘ng yoziladigan individual insho. Janriga ko‘ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo' linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta’limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo'nalishda, baravar taqsimlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilam ing shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasmlar va tabiatni kuzatish asosida yoziladiganinsholar maktablarda tez-tez o’tkaziladi,chunki rasmlar bolalar nutqiy ijodini,tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.Rasmlarni tomosha qilish kabi sayohatlarga chiqish ham bolalar sezgisiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Hayotning bola tarbiyasida hali uchramagan qirralari ochiladi.Rasm o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1. Rasm rejasi yoki rasmli reja asosida yozilgan hikoya tarzidagi insho.
2.Syujetli−oʻquvchilarni oʻylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yozilgan hikoya tarzidagi insho.
3. Rasmni tasvirlash (tasviriyinsho).
Oʻquvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, keyin bir rasm asosida, undan so‘ng tasviriy insho yozishga oʻrgatiladi.
Insho yozish darsida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni oʻquvchilar bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida toʻplangan materialni tartibga solish yoki material yigʻish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni koʻrish) maqsadida suhbat oʻtkazish.
3. Reja tuzish yoki avvaltuzilgan rejaga aniqlik kiritish.
4. Matnn inutqiy tayyorlash, ya’ni zarur soʻzlarni yozish, soʻz birikmasi, gap yoki bogʻlanishli matnning ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin soʻzlarning yozilishini tushuntirish va boshqalar.
5.Darsning asosiy qismi boʻlgan inshoni yozish. Bu jarayonda oʻquvchilar inshoni yozayotganlarida, oʻqituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim oʻquvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e’tiborini chalgʻitmay) individual yordam beradi.
6. Oʻquvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini toʻldirib, xatolarini toʻgʻirlaydilar. O‘quvchilar inshoni oqqa koʻchirmaydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi toʻgʻirlagan oʻquvchi ragʻbatlantiriladi.
7. Oʻquvchilar inshoni oʻqituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, oʻqituvchi ikki kun ichida tekshiradi.
Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1.Oʻquvchilarni inshoning yangi turi boʻlgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni xat boshilarga boʻlish va har birini xat boshidan yozish.
4. Insho matnini mustaqil tekshirish.
Oʻquvchilarning dunyoqarashi oʻsib borganisayin, inshoga talab ham orta boradi.
2-sinfda oʻquvchilar mazmunli rasmlarga qarab gaplar tuza olish, oʻqituvchi rahbarligida bolalarning oʻyinlari, taassurotlari asosida hikoya (insho) tuzish koʻnikma va malakasiga ega boʻlishlari, seriyali rasmlar va mazmunli bir rasm yuzasidan berilgan savollarga toʻliq javob berishlari va ularni yozishlari talab etiladi.Oʻqituvchi har bir insho turi uchun oʻquv vazifasini belgilab oladi. . Bu ish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi: oʻquvchi rasm yuzasidan ogʻzaki hikoya tuzishga oʻrganadilar, soʻngra fikrlarini yozma bayon qilishga kirishadilar. 2-sinf oʻquvchilariga insho yozishni oʻrgatish juda mas’uliyatli ish hisoblanadi. Oʻqituvchi inshoni yozish tartibini yaxshi oʻrgatishi – sarlavhani toʻgʻri qoʻyish, berilgan savollarga javobni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda imlo xatolarsiz yozishga ko‘niktirishi lozim.
Tabiatni kuzatish asosida yoziladigan insholar o’quvchilar tasavvurini,xayolot dunyosini boyitadi,nazarini ziyraklashtiradi.O’quvchilar tabiatda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini va nimalarning guvohi bo’lganligini o’zlaricha bayon qiladilar.Bunday inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga,shuningdek,insho ustida o’quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga,inshoda ilgari surish ko’zda tutilgan yetakchi fikrga ham bog’liq.Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi,izchil fikrlashga o’rgatadi,tilga va adabit ijodga qiziqishlarini oshiradi.Bolalar eng qiziqarli va o’zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoyalar tuzadilar hamda yozadilar,bu kabi ishlar ularning mustaqil ishlash malakasini o’stiradi,faolligini oshiradi.Kuzda bolalar bilan bog’,hiyobon,dalalarga sayohatlar uyushtiriladi va barglarning to’kilishi (xazonrezgi) hodisasi kuzatiladi.Bu sayohatdan olingan turfa ranglardagi burglar, qaysi daraxtning bargi qanday rangda bo’lishi,qarag’ay,chinor daraxtlarining g’uddalari va boshqa taassurotlar asosida dars o’tiladi.O’quvchilar o’qituvchining savollariga ko’ra sayohat chog’ida ko’rganlari haqida so’zlab beradilar.O’qituvchi o’quvchilarning javobini diqqat bilan kuzatib,so’zlarning ma’nosiga mos holda to’g’ri qo’llanilishi,gaplarning qurilishiga e’tibor qaratadi va bolalar nutqiga zaruriy tuzatishlar hamda to’ldirishlar kiritib boradi.Boshlang’ich sinflar o’quvchilariga insho yozishni o’rgatishda eng samarali vosita bolalarga tanish voqelik aks etgan rasmlar sanaladi.Bunday rasmlar hamisha bolalar diqqatini tortadi,ularga yoqadi.Bitta rasm yoki ikki-uch qismdan iborat rasm asosida hikoya tuzishda bolalar rasmni mustaqil tomosha qilishib,uning mazmunini o’qituvchining savollarisiz aytib berishlari mumkin.Rasm asosida yozilgan insholar bolalarning fikrlash doirasini kengaytiradi,ular orqali voqelikni aks ettira oladi.Diqqat bilan kuzatib rasmda nimalar tasvirlanganligi,nimalarga e’tibor berish lozimligini o’rganadi.Har bir o’quvchi o’z dunyoqarashi,fikrlashi bo’yicha tasavvur qiladi va shu asosida inshoni yoza boshlaydi.Masalan:Sarlavhani o’quvchilar “Qorbo’ron” deb tanlashsin.Qorbo’ron o’yinidan so’ng bolalar o’zlarining taassurotlarini o’qish darsida aytib beradilar.O’qituvchi ularga savollar berib ularning hikoyalarini tizimlashtiradi.O’qituvchi o’quvchilarga bog’lanishli hikoya insho tuzishlariga erisharkan,ularning nutqini to’g’riligini ham kuzatib boradi.Bir o’quvchining hikoyasini eshitgach,o’qituvchi savol beradi:”Kim qo’shimcha qilmoqchi?” Hikoyadagi kamchiliklar aniqlangach,savollar bilan uni to’ldirishga kirishiladi.O’qituvchi yordamida mantiqiy izchillik va fikrlar ketma-ketligi belgilanadi.Hikoya uchun zarur so’z va iboralar tanlanadi.Oxir-oqibatda,bog’lanishli matn-og’zaki hikoya-insho yaratiladi.O’quvchilar nutqining to’g’ri shakllanishi uchun hikoya bir necha marta takrorlantiriladi.Yozma insho sari qo’yilgan birinchi qadamdayoq o’qituvchi o’quvchilarning inshoni to’g’ri,imloviy xatolarsiz yozishlariga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o'quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g'oyasiga ham bog'liq. Insho bolalaning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o'rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshtiradi. Bolalar eng qiziqarli va o'zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o'stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. Tanlangan mavzuning g'oyaviy yo'nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalam ing hayoti, maktab, tug'ilib o'sgan qishlog'i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. Insho jamiyat hayotini tushunishga o'rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi ch iroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o'quvchilarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagUarga rioya qilish talab etiladi: 1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og'zaki va yozma inshoni muntazam o ‘tkazib borish bilan o ‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil insho o'quvchilar faolligini o'stiradi. 2. Inshoni hayot bilan bog4ash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan „hisobot" tarzidagi insho, xat, maqola, o'qilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. .3 Insho uchun maktab va o'qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos bo'lgan mavzu tanlash. Bunday mavzularga mehnat haqidagi, kishi laming maqtovga loyiq ishlari haqidagi, axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular kiradi. Mavzuni o'qituvchi maktab sharoiti va o ‘z sinfi o'quvchilarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. 4. Insho ustida ishlashda ishning hissiy darajasini — ta ’sirini oshirish. Bunda tabiat obrazli va em otsional, qahramonlik yoki foydali harakatlar qiziqarli, ta’sirchan qilib tasvirlanadi. ,,Vatan“ so'zini aytish bilan kishining bolalikda o ‘sib-ulg‘aygan joyi tasviri ko‘z oldida paydo boMadi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg'or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi m a’lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog'liq holda kasb haqida suhbatlashishga to‘g ‘ri keladi va bu inshoda o ‘z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga „Bizning qishloq”, „Karam uzish“ ,,Bog‘da“, „Bizning jamoa xo‘jaIigimiz“, ,,Pochtada“, „Do‘konda“, „Paxtakorlarga yordamimiz“, „Bizning hashar“ , „M aktab yer uchastkasida", „Daraxt o ‘tqazish“ kabilar kiradi. „Men nimalarni bilaman?“ mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. Tanlov bolalam ing mehnat ko'nikmalarini aniqlabgina qolmay, ulam i uyda, polizda, bog‘da ishlashga rag'batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o'quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig‘ish, o'tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e ’zozlanishini aytadilar. Kelajak haqida „Kim bo‘lishni xohlayman?“ mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o'qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar sh e’rlari to'plam i tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e’lon qilinadi. Insho mavzusi va uni yoritish. Mavzu insho predm eti bo'lib, uning mazm unini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to'g'ri va to'liq bo'lishi o'qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o'quvchilar uni qanday tushunishlariga bog'liq. Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og‘zaki va yozm a insho mavzusini belgilab olish muhim rol o ‘ynaydi. 0 ‘quvchilar mavzuni yoritishga 1 -sinfdan boshlab o'rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog‘i (shahri) haqida, qo‘rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Keyin savollar asosida bir mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor — aniq chegaralash mumkin bo'lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. ,,K uz“ mavzusi o'quvchilar uchun juda keng mavzu bo‘lib, bunda o'quvchi umuman kuz haqida, kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, lekin mavzuning aniq chegarasini bilmaydi. O'quvchilarga kuzga oid „Paxta terimiga yordam", „Kuz kunlarining birida", „Bog'da olma terdik", „Pom idor terishga yordamlashdik", „Kech kuzda bog' manzarasi" kabi mavzularni tavsiya qilish mumkin. Og'zaki va yozm a insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, aw al material to'plash va shu yig'ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham m um kin. Masalan, kech kuzda tabiatni kuzatish va material yig'ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar „Kech kuzda" mavzusida insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o'quvchilar mavzuni to'liq yoritadilar. Insho rejasini tuzish. Reja har qanday og'zaki yoki yozm a hikoya qilishning zaruriy pog'onasi, uning ,,loyihasi“dir. Kishi o'z nutqi haqida o'ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1 -sinfda reja rolini o'qituvchi savollari, ya’ni so'roq gapiar tarzidagi reja bajaradi; 2 -sinfda reja o'qituvchi rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi; 3—4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlang'ich sinflarda 3—5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. Bolalar aw al o'qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so'ng bir mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Shundan so'ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay b o'lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini tuzishga o'tiladi. Reja tuzishga o'rgatishda oldin nima haqida to'xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so'ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o'quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja aw al so'roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nom inativ gap tarzida tuziladi. Reja ko‘pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba’zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan material to'plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko‘rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi.
Inshoni yozishga tayyorlash. Og'zaki yoki yozm a inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko‘riladi. Inshoga tayyorgarlikni 0 ‘qituvchi boshqaradi, bunga o'quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o ‘ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorgarlik deganda, birinchidan, o'quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg'otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo'lgan zarur material yig'ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo'lgan til vositalarini tanlash tushuniladi. Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og'zaki yoki yozm a insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo'linadi: 1) material yig'ish, ya’ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko'rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko'rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o'qish; 2 ) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug'at ustida ishlash, imlo va leksik tom ondan tayyorlash va hokazo; 3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya’ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to'g'rilash va uni tekshirish. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig'ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko'proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko'riladi.Shu rasmlar bo’yicha so’ng insho yoziladi.Bunday rasmlarga qarab insho yozish ancha samaralidir.
Nutq o ‘stirish metodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho m e’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1 . Insho mavzusining yoritilishi (M azmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?). 2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to'g'ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo'qm i, zarur o'rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?). 3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo'l qo'yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?). 4. Insho hajmi (so'z, gap soni; lakonizm yoki ko'p so'zlilik). 5. Leksika (so'zlardan to'g'ri foydalanish. sinonim, antonim , frazeologizmlardan foydalanish). 6 . Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?). 7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz’iy xatolar). 8 . Husnixat, tashqi tom ondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to‘g‘ri joylashtirishga rioya qilish). O'quvchilar inshosiga qo'yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
XULOSA
Insho – ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi. Bu murakkab jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘quvchilarda insho yozish malakalarini takomillashtirish lozim bo‘ladi. Biz bu borada birinchi bobda insho mavzusining ilmiy-metodologik adabiyotlarda yoritilishi hamda DTS da yozma nutqqa qo‘yiladigan talablarni o‘rgandik. Shu talablar asosida o‘quvchilarning hozirgi kundagi insho yozish bilim, ko‘nikma va malakalarining holatini aniqlash , o‘qituvchilar orqali o’quvchilarning insho bo’yicha bilimi qanday ekanligini bilib olish mumkin va o‘quvchilarning insho yozish malakalarining hozirgi holati o‘rta darajada ekanligi aniqlandi. O‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish, buning uchun o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, bog‘lanishli nutq tuzish, shu orqali o‘quvchilarni og‘zaki va yozma insho yozishga tayyorlash ko‘zda tutildi. Bu ikki jarayon bosqichma-bosqich tarzda amalga oshiriladi.Inshoning turlari ham har xil.O’quvchilarga tabiat manzaralari orqali,rasmlar orqali ham insho yozdirsa bo’ladi.Hikoyaning matnini o’qib berib yoki ularga shu hikoyani o’zini berib emas,balki o’sha hikoyaning rasmlari orqali ham bolalarda tasavvur uyg’otish mumkin.Rang-barang rasmlar orqali bolada qiziqishni uyg’otish,uni fikrlashga undash,dunyoqarashini kengaytirish mumkin.Hr bir o’quvchi o’z xayollari,tasavvurlari orqali rasmda nima tasvirlanganiga e’tibor qaratadi.Ulardan og’zaki rasmga qarab hikoyacha tuzishni hamso’rash mumkin va savollar orqali shu hikoyani bir butun qilib jamlanadi.Rasmlar bilan ishlashda o’quvchilarda diqqatni jamlash qobiliyati,xotira rivojlanadi.Odob-axloq mavzusidagi rasmlar ongli,aqlli,odobli bo’lib shakllanishida yordam beradi.Diqqat bilan rasmni kuzatganda o’sha rasmning barcha sir-asrorlarini o’rganishga imkon beradi va rasmning qaysidir jihatlarini yoritib beradi.Ona tili darslarida o’quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etiladigan insholar qancha ko’p yozdirilsa,adabiyot va o’qish darslarida uyushtiriladigan insholarda fikr izchilligi,uslub ravonligi,xulosalarning mustaqilligi va asosliligi,shaxsiy munosabatning mavjudligi,ishining o’qishliligini ta’minlashda shuncha muvaffaqiyatga erishish mumkin.Bu kabi insholarni baholashda talablarning mavjudlik darajasidan kelib chiqib ish tutiladi.Ularning deyarli barchasi aks etgan ishlarga “5”; nisbatan kamroq talablar amalga oshirilgan ishlarga “4”; deyarli qamrab olinmagan insholarga esa “3”; baho qo’yiladi.Lekin zinhor-bazinhor yomon baho qo’yilmaydi-baholash masalasi ochiq qoldiriladi.
Shunday qilib,insho yozish zamonaviy maktabning dolzarb muammolaridan biridir va bu ko’nikma o’quvchi kelajakda qaysi soha-xoh fan,xoh texnika yoki san’at bo’lsin,madaniyatli shaxs,ma’naviyati sog’lom mutaxassis sifatida shakllanishi garovidir.
FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR:
1.K.Qosimova,S. Matjonov , X. G’ulomova , Sh.Yo’ldosheva ,Sh. Sariyev . “Ona tili o’qitish metodikasi”-Toshkent, “Nosir” nashriyoti, 2009
2.Q.Husanboyeva,M.Hazratqulov,Sh.Jamoldinova. “Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi” Toshkent.”Innovatsiya-Ziyo”- 2020
3.O.Roziqov,M.Mahmudov va boshqalar. “Ona tili didaktikasi”-Toshkent; “Yangi asr avlodi”,2005
4.N.Karimova. “Boshlang’ish sinflarda insho yozishga o’rgatish usullari”-maqola.
5.Internet ma’lumotlari:
hozir.org
arxiv.uz
baxtiyor.uz
fayllar.org
|