Ona tili darslarida adabiy insho yozish ko‘nimasini rivojlantirish metodikasi.
KIRISH
Maktab adabiy ta’limida nutq o‘stirishga doir o‘quv tadbirlarida yozma ishlarning
o‘rni katta. Nutq o‘stirishga doir yozma ishlar o‘tkazish o‘quvchilarda badiiy matn
ustida ishlash malakasini shakllantirish, bildirilmoqchi bo‘lgan har bir fikrni o‘ylab
ko‘rish hamda uning ta’sirchan va tushunarli bo‘lishini ta’minlash borasida katta
imkoniyatlarga egadir. Yozma ishlar olinganda, o‘qituvchi sinfdagi har bir o‘quvchi
bilan alohida shug‘ullanib o‘tirishi shart emas. Buning ustiga, yozma ishlar faqat sinfda
bajariladigan tadbir bo‘lmay, ularni uyga vazifa yoxud mustaqil ish sifatida ham berish
mumkindirki, bu hol ham uning ulkan samara berish imkoniyati borligini ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘quv amaliyotidan ma’lum bo‘lishicha, yozma nutq adabiy ta’limda ko‘proq
insho o‘tkazish yo‘li bilan rivojlantirilgani maqsadga muvofiqdir. Adabiyot fani
bo‘yicha o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablarida “Adabiy-nutqiy
kompetentsiyalar manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8
sahifa) yoza olish” talabi qo‘yilganligi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga yaxshi
ma’lum [1, B.12]. Negaki, yozma ishlarning bu turida o‘quvchida erkin fikrlash, narsahodisalarga mustaqil munosabat bildirish imkoni kengroq bo‘ladi. Boshqa yozma ish
turlarida bu imkoniyat bir qadar cheklangan bo‘ladi. Masalan, bayon asosan matnni
eslab qolish va qayta yozma hikoyalashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bayon yozdirilganda,
o‘quvchilarning matnga munosabat bildirish va ijodiy yondashuviga o‘rin qolmaydi.
Nutq esa munosabat jarayonidagina o‘ziga xoslik, ijodiylik va ta’sirchanlik kasb etadi.
Shu ma’noda adabiyot o‘qitishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. U o‘quvchilarning
bog‘lanishli nutq malakalarini oshirishda eng muhim didaktik vosita hisoblanadi. Ayni
shu holat adabiyot saboqlar tizimida insho yozishga katta e’tibor berilishini taqozo
etadi.
Insho so‘zi arabcha bo‘lib, "yozish", "belgilab qo‘yish", "ijod qilish" ma’nolarini
bildiradi. Insho – o‘quvchining muayyan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini
tilning grammatik qoidalariga muvofiq tarzda mustaqil yozma bayon qilish usuli.
Bugungi kun adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida insho quyidagicha tasnif
qilinadi:
1. Shakliga ko‘ra:
a) og‘zaki insho; b) yozma insho.
II. Pedagogik maqsadiga ko‘ra:
a) ta’limiy insho; b) nazorat insho.
III. Yo‘nalishiga ko‘ra:
KIRISH
Maktab adabiy ta’limida nutq o‘stirishga doir o‘quv tadbirlarida yozma ishlarning
o‘rni katta. Nutq o‘stirishga doir yozma ishlar o‘tkazish o‘quvchilarda badiiy matn
ustida ishlash malakasini shakllantirish, bildirilmoqchi bo‘lgan har bir fikrni o‘ylab
ko‘rish hamda uning ta’sirchan va tushunarli bo‘lishini ta’minlash borasida katta
imkoniyatlarga egadir. Yozma ishlar olinganda, o‘qituvchi sinfdagi har bir o‘quvchi
bilan alohida shug‘ullanib o‘tirishi shart emas. Buning ustiga, yozma ishlar faqat sinfda
bajariladigan tadbir bo‘lmay, ularni uyga vazifa yoxud mustaqil ish sifatida ham berish
mumkindirki, bu hol ham uning ulkan samara berish imkoniyati borligini ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘quv amaliyotidan ma’lum bo‘lishicha, yozma nutq adabiy ta’limda ko‘proq
insho o‘tkazish yo‘li bilan rivojlantirilgani maqsadga muvofiqdir. Adabiyot fani
bo‘yicha o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablarida “Adabiy-nutqiy
kompetentsiyalar manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8
sahifa) yoza olish” talabi qo‘yilganligi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga yaxshi
ma’lum [1, B.12]. Negaki, yozma ishlarning bu turida o‘quvchida erkin fikrlash, narsahodisalarga mustaqil munosabat bildirish imkoni kengroq bo‘ladi. Boshqa yozma ish
turlarida bu imkoniyat bir qadar cheklangan bo‘ladi. Masalan, bayon asosan matnni
eslab qolish va qayta yozma hikoyalashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bayon yozdirilganda,
o‘quvchilarning matnga munosabat bildirish va ijodiy yondashuviga o‘rin qolmaydi.
Nutq esa munosabat jarayonidagina o‘ziga xoslik, ijodiylik va ta’sirchanlik kasb etadi.
Shu ma’noda adabiyot o‘qitishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. U o‘quvchilarning
bog‘lanishli nutq malakalarini oshirishda eng muhim didaktik vosita hisoblanadi. Ayni
shu holat adabiyot saboqlar tizimida insho yozishga katta e’tibor berilishini taqozo
etadi.
Insho so‘zi arabcha bo‘lib, "yozish", "belgilab qo‘yish", "ijod qilish" ma’nolarini
bildiradi. Insho – o‘quvchining muayyan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini
tilning grammatik qoidalariga muvofiq tarzda mustaqil yozma bayon qilish usuli.
Bugungi kun adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida insho quyidagicha tasnif
qilinadi:
1. Shakliga ko‘ra:
a) og‘zaki insho; b) yozma insho.
II. Pedagogik maqsadiga ko‘ra:
a) ta’limiy insho; b) nazorat insho.
III. Yo‘nalishiga ko‘ra:
a) adabiy insho; b) erkin insho; v) adabiy-ijodiy insho.
IV. Janriga ko‘ra:
a) rivoya insho; b) tasviriy insho; d) muhokama insho; ye) taqriz insho; f)
munozara insho; g) tadqiqiy insho v.h.k.
Inshoning muvaffaqiyatli yozilishi to‘lig‘icha unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga
bog‘liq. O‘quvchi inshoda yoritilishi lozim bo‘lgan mavzuni atroflicha bilishi kerak.
Buning uchun u mavzuga tegishli materiallarni to‘plab, saralab, eng keraklilaridan
foydalangan holda o‘z qarashlarini yozma shaklda ifodalashni uddalay olishi zarur.
Milliy metodika ilmida metodist olimlarimiz tomonidan insho yozish qonunqoidalariga doir bir qator ilmiy izlanishlar qilingan. Jumladan, mashhur metodist olim S.
Dolimovning: “Sinfda o‘qituvchi rahbarligida analiz etilgan asar muhokama tarzida
insho yozish uchun o‘quvchilarga tayyor material beradi. Bu tayyor material tezis
shaklida bo‘lib, buni o‘quvchi mustaqil ravishda kengaytirishi, faktlar bilan o‘z
fikrini isbotlashi va ...mustaqil ravishda tsitatalar kiritishi lozim”, – deya berilgan
tavsiyasi [2, B.12] ta’limiy insho yozish bosqichlarini tayin etishi, unda o‘qituvchi va
o‘quvchilar amalga oshiradigan ishlar ko‘lamini ko‘rsatishi nuqtai nazaridan g‘oyat
muhimdir.
Inshoni mazmunli yozish va berilgan mavzuni chuqur yoritishga erishish uchun
o‘quvchi oldin inshoga tegishli bo‘lgan mavzu, epigraf, reja, tezis, dalil, kirish, asosiy
qism, xulosa kabi tushunchalarni puxta o‘zlashtirib olishi zarur.
Mavzu – inshoning nima haqda yozilishini belgilaydi va u umumlashma
xarakterda, o‘quvchi fikriga aniq yo‘nalish berishni ko‘zda tutadi.
Epigraf – ijodiy ishning asosiy yo‘nalishini belgilab berishga xizmat qiladigan
so‘z, ibora, jumla, maqol yoki parcha. U biror mashhur shaxsning asaridan keltirilishi
ham, o‘quvchining o‘z fikri bo‘lishi ham mumkin.
Reja insho yozishda o‘quvchining mavzu yuzasidan bilganlarini muayyan
tartibga solish, ifodani chegaralash va ta’sirchanligini oshirish, fikrni tizim holiga
keltirish, muhimni nomuhimdan ajratish vositasidir. Har qanday insho reja asosida
yozilishi shart. Negaki, rejasiz yozilgan inshoning boshi-keti bo‘lmaydi. Insho
rejasining hozir o‘qitish amaliyotida bo‘lgani kabi sodda yoki murakkab kabi ikki
turdan qaysi birida bo‘lishi hech kim tomonidan majburiy tarzda belgilanmasligi lozim.
Rejaning qaysi turidan foydalanilganlik inshoning saviyasiga qo‘yiladigan bahoga ta’sir
ko‘rsatmasligi kerak. O‘quvchi ushbu inshoda bildirmoqchi bo‘lgan fikrlarini tartibli
ravishda ifodalashi uchun, qanday bo‘lsa-da, albatta, reja tuzishi kerak. Reja o‘quvchini
insho yozish davomida maqsadli fikrlashga yo‘naltirsa, o‘qituvchiga o‘quvchining
fikrlash yo‘sini qanday kechganini bilish va xolis baholash uchun ham zarurdir.
Tezis ijodiy ish mobaynida ilgari surilishi ko‘zda tutilgan asosiy fikr va fikrlar
yig‘indisi bo‘lib, o‘quvchi uni oldindan tasavvur qilishi va iloji bo‘lsa, qoralama
qog‘ozga yozib qo‘yishi maqsadga muvofiq bo‘ladi
Dalil – o‘quvchining o‘z qarashlarini asoslash va bayon etilajak asosiy fikrning
to‘g‘riligini isbotlashga xizmat qiladigan ma’lumot va vositalar yig‘indisi. O‘quvchi
inshoda o‘zi bildirgan har bir fikrga o‘rganilgan asar yoki mavzuda talab etilgan hayotiy
hodisadan dalil topishga o‘rganishi kerak.
Kirish – yozma ishning zarurligi, mavzuning dolzarbligi va zarurligi nimadan
iborat ekanligini ko‘rsatishni ko‘zda tutadigan, inshoda gap nima haqida borishini
izohlab beradigan ijodiy unsur. “Kirish” qismining miqdori ko‘pi bilan insho umumiy
hajmining 10 foizidan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
Asosiy qism – mavzu to‘liq yoritib berilishi, rejadagi asosiy bandlar ifoda etilishi
lozim bo‘lgan qismlar. Asosiy qism insho umumiy miqdorining 80 foizidan kam
bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. Shunga erishilganda, mavzuning mohiyati to‘laroq
ochiladi.
Xulosa – ijodiy ish mavzusi yuzasidan chiqarilgan umumlashma to‘xtam. Xulosa
inshodagi asosiy umumlashtiruvchi fikr bo‘lib, o‘quvchining mavzu yuzasidan yozma
ish faoliyati yakunini ko‘rsatadi. Inshoning xulosasi umumiy mavzudan bevosita kelib
chiqishi, shu vaqtga qadar keltirilgan dalillarga tayanib bildirilishi zarur fikrdir.
“Xulosa” qismining miqdori insho umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi maqsadga
muvofiq. Insho rejasida “Kirish, “Asosiy qism”, “Xulosa” singari unsurlar alohida
ko‘rsatilmagani ma’qul ekanligini taniqli metodist olimlarimiz qayd etganlar [3, B. 40].
Bu unsurlar insho yozish kechimida ko‘zda tutilishining o‘zi yetarli bo‘ladi.
O‘quvchilar yuqorida aytilgan talablarga to‘liq amal qilgan holda insho yozishga
o‘rgansalar va ushbu mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanib borsalar, ularning yozma
nutqi ko‘zda tutilganiday rivojlanishiga erishish mumkin bo‘ladi.
Insholarni tekshirish adabiyot o‘qitish metodikasi ilmi va o‘qitish amaliyotidagi
eng muhim muammolardan hisoblanadi. Chunki insholar nisbatan katta hajmda va qisqa
muddat ichida yozilganligi hamda o‘quvchilarning grammatika borasidagi bilimlari
yetarli bo‘lmagani uchun ko‘pincha xatolar miqdori ortib ketadi. Adabiyot o‘qitish
amaliyotida eng ko‘p tarqalgan yozma ish turi insho bo‘lgani uchun quyida, asosan,
yozma ishning shu turini o‘tkazish, tekshirish va baholash to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Insho yozdirishdan maqsad o‘quvchilarning yozuv savodxonligini oshirish,
ularni har qanday murakkab fikr-mulohaza va his-tuyg‘ularni tushunarli, savodli
hamda ta’sirli qilib ifodalab berishga o‘rgatishdan iboratdir. Shu boisdan insho yozish
tilning grammatik qoidalariga uzviy bog‘langan. Hozirga kelib o‘quvchilar orasida
savodxonlik darajasining keskin pasayib ketishiga asosiy sabablardan biri shuki,
tilimizning imlo qoidalari, grammatik normalarini ishlab chiqishda hamisha ham chuqur
ilmiy asoslarga tayanilmagan.
Hali-hanuz ko‘pgina grammatik qoidalar milliy tilning xususiyatlariga to‘la
muvofiq emas. Bular rus yoki ingliz tillari grammatikasidan ko‘r-ko‘rona nusxa
ko‘chirish tufayli paydo bo‘lgan. Yangi yozuv va imlo qoidalaridagi bir qator
sun’iyliklar ham o‘quvchilarning yozma ishlarda xatoga yo‘l qo‘yish xavfini
kuchaytirdi. Chunonchi, “-q“, “-g‘” tovushlari bilan tugagan so‘zlardan keyin qaysi
so‘zlarga faqat “-ga” qo‘shimchasini, qaysi so‘zlarga esa “-ka” va “-qa” qo‘shimchasini
qo‘shish kerakligi, “u” yuklama holida kelsa ham, bog‘lovchi vazifasida qo‘llansa ham
chiziqcha (-) bilan yozilishi kerakligi kabi qoidalar o‘quvchilarning savodxonligini
ko‘tarish yo‘lidagi to‘siqlarga misoldir.
O‘zbek tilining grammatik qoidalari jonli so‘zlashuv tilidan juda ham uzoqlashib
ketgan. O‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalar berish o‘rniga murakkab
ilmiynamo qoidalar va lingvistik yangiliklar tiqishtirilgani uchun o‘quvchilarning
yozma nutqi susayib, savodxonlik darajasi pasayib bormoqda. Ona tiliga doir
darsliklarda til ta’limining amaliy jihatlarini emas, balki uning nazariy qirralarini
o‘rgatishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Buning ustiga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga testning bir yoqlama yo‘sinda
kiritilishi, unga javob topishga e’tiborni oshirib, yozma ishlar va unga zarur bo‘lgan
grammatik qoidalar bobida nopisandlikni keltirib chiqarmoqda. Ob’ektiv va sub’ektiv
sabab va omillarga ko‘ra, bugungi kun maktab adabiy ta’limida insho yozdirish nafaqat
saviya, balki miqdor jihatdan ham oldingiga nisbatan keskin kamayib ketgan. Bu, o‘z
navbatida, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining inshoni o‘tkazish va uni tekshirish
bo‘yicha ilmiy-metodik ko‘nikma va malakalarining susayishiga olib kelinganligi bois
biz ushbu maqolada metodist olimlarimizning bergan ilmiy tavsiyalari asosida e’tiborni
insholarni samaraliroq o‘tkazish va ularni o‘quvchilarning yozma ish bajarish
ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan, ularni ijodga undaydigan yo‘sinda
tekshirish yo‘llari xususida fikr yuritishga qaratamiz.
Adabiyot o‘quvchisi o‘tib bo‘lingan biror mavzu yuzasidan yoki biror erkin,
yoxud adabiy-ijodiy insho yozdirar ekan, yozma ishning ona tilidan o‘rganilgan biror
muhim grammatik qoidani mustahkamlashga qanchalik xizmat qilishini ham hisobga
olishi maqsadga muvofiqdir. Insho yordamida mustahkamlangan grammatik qoida
o‘quvchi xotirasida chuqur iz qoldiradi, uning savodxonligini yaxshilashga xizmat
qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda grammatik qoidalar shunchaki yodlab olinadigan
narsalar emas, balki tilning mavjudligini ta’minlaydigan va tushunib olish mumkin
bo‘lgan, takrorlanib turadigan ilmiy xulosalar ekanligini anglab olish ko‘nikmasini
shakllantiradi.
Aytish kerakki, ta’limiy insholar o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan pedagogik
maqsadga ko‘ra turfa ko‘rinishlarda o‘tkazilishi mumkin. Chunonchi, u yozma
ko‘rinishda bo‘lganidek, og‘zaki yo‘sinda ham o‘tkazilishi mumkin. Bir soat davomida
olinganidek, bir darsning qandaydir bir qismida yozdirilishi ham mumkin. Qisqa vaqtda
olishga mo‘ljallangan insholar oldiga o‘ziga yarasha maqsad qo‘yiladi. Ya’ni
o‘quvchilarning kichik bir hayotiy yoxud adabiy hodisa bo‘yicha kuzatishlari
qandayligini yaqinda o‘rganilgan biror grammatik qoidani o‘zlashtirganlik darajasini
aniqlash bilan qo‘shib yuborish mumkin [4, B. 63].
Misol uchun, ona tilidan “Undalma” mavzusi o‘tilgan bo‘lsa, o‘quvchilarga shu
mavzu o‘tilgan vaqtdagi fasl yuzasidan o‘n minutlik qisqa ta’limiy insho yozdirilib,
unda kamida 4 undalma qatnashishi talab etilsa, o‘quvchilar ham fasl bo‘yicha
mulohazalarini bayon qilishadi, ham yozma ishlarida kerakli miqdordagi undalmani
qoidaga muvofiq qo‘llashga urinishadi.
Nazorat insholar barcha sinflarda kamida to‘liq bir soat, 10-11-sinflarda esa,
ehtiyojga qarab, qatorasiga ikki soat davomida olinishi maqsadga muvofiqdir. Negaki,
o‘quvchilarning chorak, o‘quv yilining yarmi yoxud to‘la o‘quv yili davomida olgan
bilimlarini tekshirishga qaratilgan nazorat insholarning mavzulari o‘quvchilarning
qamrovli fikrlashiga qaratilgan bo‘lib, ularning adabiyot va ona tili bo‘yicha muayyan
vaqt mobaynida qanchalik o‘sishga erishganliklarini ko‘rsatadi.
Insholarni tekshirish faqat o‘quvchilar mehnatini baholashdangina iborat bo‘lib
qolmay, didaktik jihatdan samarali bo‘lishi uchun ulardagi xatolarning tabiatini to‘g‘ri
belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Insholarda uchraydigan xatolar ularning tabiatiga ko‘ra a) uslubiy; b) imlo; v)
tinish xatolar tarzida uchga bo‘linadi [5, B. 215].
Uslubiy xato insho yozish jarayonida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan
eng jiddiy xato hisoblanadi. Negaki, uslubda o‘quvchi shaxsining intellektual darajasi,
fikrlash yo‘sini qandayligi aks etadi. Fikrlashida chalkashlik bo‘lgan shaxs grammatik
qoidalarni o‘zlashtirgani bilan to‘la savodli bo‘la olmaydi. Chunki bunday o‘quvchi
so‘zlarni to‘g‘ri yozgani bilan tilga doir qoidani amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini
bilmagan, mavzuga doir fikrlarining o‘zini muayyan tizimga solmagan bo‘ladi. Didaktik
nuqtai nazardan uslubiy xato qo‘pol xatolar sirasiga kiradi. Uslubiy xatoga yo‘l
qo‘yilgan inshoning mazmuni chuqur bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham
inshoda birorta uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa ham unga “5” (besh) baho
qo‘yilmaydi.
Imlo xatolari o‘quvchining grammatik savodxonlik darajasini anglatadi. Bu xil
xatoning ko‘payib ketishi o‘quvchining morfologiya va sintaksisga doir grammatik
qoidalarni yaxshi o‘zlashtirmagani va so‘zlarning yozilish holatini bilmasligidan dalolat
beradi. Bu xil xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘quvchi so‘z, qo‘shimcha, so‘z
birikmalari va qo‘shma gaplarning yozilishiga doir qoidalarni puxta o‘zlashtirib, ularni
istalgan vaziyatda qo‘llay biladigan bo‘lishi kerak.
Tinish xatolari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hamma vaqt faqat
punktuatsiyani anglatib qolmay, ba’zan grammatik qoidalarni ham bildiradi. Chunonchi,
ergashgan qo‘shma gaplar, ko‘chirma gaplar, juft va takroriy so‘zlar yozilishiga doir
holatlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qo‘shtirnoq (“”) va chiziqcha (–) punktuatsiyaning
emas, balki grammatikaning tadqiqot manbai hisoblanadi.
Adabiyot bo‘yicha o‘tkaziladigan har qanday yozma ishda, jumladan, inshoda
ham o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolar didaktik xarakteriga ko‘ra, ikki turli bo‘ladi:
a) qo‘pol xatolar; b) qo‘pol bo‘lmagan xatolar.
Qo‘pol xatolar o‘quvchining muayyan grammatik qoidalarni bilmasligi, u yoki
bu so‘zning qanday yozilishi zarurligidan xabarsizligi sababli yo‘l qo‘yiladigan xatolar
bo‘lib, inshoning bahosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘pol bo‘lmagan xatolar o‘quvchining shoshganligi, e’tiborsizligi,
charchaganligi va bq. sabablar tufayli grammatik talablarga to‘liq va qat’iy rioya
qilolmaganligidan yuzaga kelgan xatolar bo‘lib, bahoga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘pol bo‘lmagan xatolarga harflarni bosma shaklda yozish, bosh harf o‘rniga kichik
harfning kattaroq ko‘rinishini qo‘llash, so‘zlarning qisqartma shaklidan foydalanish
kabilar kiradi.
Shuningdek, inshoda yo‘l qo‘yiladigan xatolar qaytarilish chastotasiga ko‘ra tipik
(ko‘p uchraydigan) va notipik (kam uchraydigan) tarzida ham ikki turga bo‘linadi.
Tipik xatolarga a) so‘zlarni adabiy normaga muvofiq emas, balki shevadagiday
qo‘llash; b) qaratqich kelishigi qo‘shimchasi “-ning” bilan tushum kelishigi
qo‘shimchasi “-ni”ning farqiga bormaslik; v) “h” va “x” harflarini farqlay olmaslik; g)
so‘zlashuv nutqida qo‘llash mumkin bo‘lgan, lekin adabiy tilda ishlatilmaydigan
oborotlarni qo‘llash kabilar kiradi. Tipik xato o‘quvchilarning ko‘pchiligi tomonidan
muntazam ravishda yo‘l qo‘yiladigan xatodir.
Notipik xato esa, har bir o‘quvchining umumiy savodxonlik va u yoki bu
grammatik qoidani o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq tarzda yo‘l qo‘yiladigan
xatolardan iborat bo‘ladi.
Adabiyot o‘qitish metodikasi uchun o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni to‘g‘ri
topish va jo‘yali belgilash katta didaktik ahamiyat kasb etadi. Xatolarning qanday
tabiatga ega ekani yozma ishga qo‘yilgan belgidanoq ko‘rinib turishi o‘quvchilarni
keyingi xatolardan bir qadar asraydi. Mashhur metodist olim Subutoy Dolimovning
quyidagi fikrlari bu jihatdan diqqatga sazovordir: “O‘quvchilarning bayon va
inshosidagi xatolar asosan quyidagi belgi bilan ko‘rsatiladi: orfografik xato bir
to‘g‘ri qisqa chiziq (–) va daftarning hoshiyasiga bir tik chiziq ( | ) bilan;
punktuatsion xato ikki to‘g‘ri qisqa chiziq ( = ) va daftar hoshiyasiga bir to‘g‘ri chiziq
( | ) bilan; gapning noto‘g‘ri tuzilishi ilon izi ( ~~~) chiziq va hoshiyada us. (uslub)
bilan ko‘rsatiladi. So‘z noto‘g‘ri ishlatilgan bo‘lsa, katta chiziq bilan o‘chiriladi va
daftarning hoshiyasiga mn (mazmunan noto‘g‘ri) deb yozib qo‘yiladi, bir so‘z hadeb
takrorlanaversa, qavs ( ) ichiga olib qo‘yiladi, gap bo‘laklaridan biri tushib qolgan
bo‘lsa, shu so‘z o‘rnida V belgisi va hoshiyada uch nuqta (...) qo‘yiladi, tushunib
bo‘lmaydigan yoki shubha tug‘diradigan so‘zlar bo‘lsa, ostiga chiziladi va hoshiyada
so‘roq (?) bilan ko‘rsatiladi. Bu belgilardan tashqari, o‘qituvchi bayon va inshoga
qisqacha mulohaza ham yozadi. Bunda yozma ishning yutuq va kamchiliklari
ko‘rsatiladi” [2, B 101].
XULOSA
Bevosita amaliy qimmatga ega bu xil fikrlar milliy ta’lim tizimi tamomila
yangilanib ketgan bugungi kunda ham qo‘llanilayotir. Taniqli olim ta’kidlaganidek,
metodika ilmi va o‘qitish amaliyotida inshoda yo‘l qo‘yilgan xatolarni belgilashning
o‘ziga xos usullari bordir. Avvalo, har qanday insho qizil rangli ruchkada tekshirilishi
va yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinib turishi kerak. Chunonchi,
inshoning uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan o‘rniga to‘lqinli chiziq chizilib, hoshiyaga
“usl.” belgisi qo‘yiladi. Imlo xatosi to‘g‘rilanadi, to‘g‘rilangan so‘z yoki harf tagiga bir
ko‘ndalang chiziq, hoshiyaga bir tik chiziq tortiladi. Tinish xatolari ham to‘g‘rilanib,
to‘g‘rilangan belgi tagiga ikki ko‘ndalang chiziqcha tortilib, hoshiya chetiga bir
ko‘ndalang chiziq qo‘yiladi. Noto‘g‘ri qo‘llangan so‘z tagiga chizilib, hoshiyaga “mn”
(mazmuni noto‘g‘ri) belgisi qo‘yiladi. Shunda har bir o‘quvchining inshoda qaysi
turdagi xatoga qancha miqdorda yo‘l qo‘yganligi aniq bo‘lib turadi. Adabiyot
o‘qituvchisi insholarni tekshirishda o‘quvchilarning xatolarini ko‘paytirish yoki
kamaytirish yo‘lidan emas, balki ularning ijodiy ishini xolis baholash yo‘lidan borishi
kerak. Buning uchun o‘qituvchi qo‘pol bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining
inshosini tekshirganda, qilingan xatorlarni belgilagan va to‘g‘rilagan holda yozma
ishning bahosini pasaytirmasligi kerak. Shuningdek, insho yozayotgan vaqtda xatolarni
kamaytirishga xizmat qiladigan o‘quv vositalarining olib kirilib, ulardan
foydalanilishiga imkon berish kerak. Chunonchi, ta’limiy insholarni yozdirishda
mavzuga tegishli spravochniklar, lug‘atlar, imlo qoidalaridan foydalanish
o‘quvchilarning savodxonligini ko‘tarishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bolalarga
bulardan foydalanish imkonini berish lozim. Aytish kerakki, hozirgi adabiy ta’lim
amaliyotida insholarni baholash diktantga qo‘yiladigan talablar asosida olib
borilayotganligi uchun ham pedagogik jihatdan adolatli emas. Negaki, insho katta fikriy
zo‘riqish va atroflicha savodxonlikni talab etadigan yumushdir. Insho yozish uchun
o‘quvchi diktant yozgandagidan bir necha barobar ko‘p aqliy-jismoniy kuch sarflaydi.
Shuning uchun ham insholarni baholashni bir qadar liberallashtirish zarurdir. Insho
yozish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar bergan metodist olimlarimizning fikricha, bir-ikki
imlo, bir-ikki tinish xatolarga yo‘l qo‘yilgan, uslubi ravon, mazmuni teran ochilgan
inshoga besh baho qo‘yish mumkin. Bitta uslubiy, ikki-uch imlo, ikki-uch tinish
xatoga yo‘l qo‘yilgan, mavzu yaxshi ochilgan inshoga to‘rt baho qo‘yiladi. Ikki-uch
uslubiy, to‘rt-besh imlo, to‘rt-besh tinish xatoga yo‘l qo‘yilgan insholarga uch baho
qo‘yish mumkin. Xatolar miqdori bundan oshib ketgan, mavzuning ochilish darajasi
talabga javob bermaydigan inshoga ikki baho qo‘yiladi. Atay intizomsizlik qilib yoki
mavzudan xabarsizligi sababli yoxud dangasalik tufayli mavzu chala-yarim yozilgan
insholarga bir baho qo‘yiladi [6, B. 74].
Alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning savodxonlik darajasini atay ko‘tarish
uchun inshoga ikkita baho qo‘yish tajribasidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
SHundagina o‘quvchilarning yozma savodxonlik darajasi qanday ekani aniq ma’lum
bo‘ladi.
REFERENCES
1. Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi “O‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va
amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Adabiyot
fani o‘quv dasturi”.
2. Долимов С. Таълимий баён ва иншо. –Т.: «Ўқитувчи», 1968.
3. Қ. Йўлдошев, Қ. Ҳусанбоева, Р. Ниёзметова. Адабий таълим технологияси
бўйича ўқув-услубий мажмуа. Тошкент: 2017.
4. Богданова О. Ю., Леонов С. А., Чертов В. Ф. Методика преподавания
литературы. –Москва: «Academa», 2004.
5. Долимов С, ва бошқалар. Адабиёт ўқитиш методикаси, -Т.: «Ўқитувчи», 1967.
6. Йўлдошев Қ., Мадаев О., Абдураззоқов А. Адабиёт ўқитиш методикаси. –Т.:
«Университет», 1994.
7. Абдуллаев, А. А. (2020). МАКТАБ АДАБИЁТ ДАРСЛАРИДА ШЕЪРИЙ
САНЪАТЛАРНИ ЎРГАНИШНИНГ ЭСТЕТИК-ПЕДАГОГИК
АСОСЛАРИ. Science and Education, 1(Special Issu)
|