• Nazarot savollar
  • 15-Laboratoriya ishi Mavzu: Mediakontentni baholashning eng yaxshi usulidan foydalanish. Ishdan maqsad




    Download 155,92 Kb.
    Sana14.12.2023
    Hajmi155,92 Kb.
    #118344

    15-Laboratoriya ishi
    Mavzu: Mediakontentni baholashning eng yaxshi usulidan foydalanish.
    Ishdan maqsad: Talabalarni tasvir va matn o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga o‘rgatish.
    Nazariy qism
    Tasvir va matn

    1. Davomiyligi: 30 daqiqa.

    2. Materiallar: gazetalar yoki Internetga ulangan kompyuterlar, qog‘oz, ruchka, yelim.





    1. Auditoriyani kichik guruhlarga ajratib, har bir guruhga gazeta bering. Ularga gazetadan tagso‘zini o‘qimasdan, mazmuni tushunarsiz bo‘lgan suratni topishni so‘rang. Boshqa varianti: gazetalarning onlayn versiyasidan tasvirlarni topib, qog‘ozga chiqarib olish. Talabalardan suratning tagso‘zini tasvirdan alohida saqlashni so‘rang. Guruhlarda ishlash asnosida ular quyidagi savollarga javob izlashi hamda kichik qaydlar yozib borishi zarur:

    • Suratda nima tasvirlangan?

    • Ushbu rasm yoki fotosurat nima maqsadda chop etilgan?

    • Keyin nima sodir bo‘ladi?

    • Tasvir qanday ma’noga ega?

    1. Talabalar suratni qog‘ozga yelimlashi, bunda uning tagida bo‘sh joy qolishi zarur. Boshqa guruhlarning a’zolari ushbu suratga o‘zlari mos deb hisoblagan tagso‘zlarni taklif qiladi. Barcha tasvirlar doskaga osib qo‘yiladi. Har bir guruh har bir surat ostiga o‘z tagso‘zini yozadi. Topshiriq bajarilgandan so‘ng talabalardan yangi tagso‘zlar asl tagso‘zdan nimasi bilan farqlanishini so‘rang. Tagso‘z suratning mazmunini qanchalik o‘zgartirishi mumkin?

    2. Baho guruhlarga qo‘yiladi.

    Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 - eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:

    5: guruh a’zolari yangilikka ilova qilingan suratga batafsil qayd yozdi. Ular munozarada faol ishtirok etib, o‘z nuqtai nazarining to‘g‘riligini isbotlash uchun
    salmoqli sabab keltirdi. Mashqni bajarish davomida tasvir va uning tagso‘zi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshi tushunib yetdi.
    4: guruh a’zolari yaxshi qaydlar yozdi, ammo ular yanada mukammalroq bo‘lishi mumkin edi. Talabalar munozarada ishtirok etib, o‘z nuqtai nazarining to‘g‘riligini isbotlash uchun nisbatan salmoqli sabab keltirdi. Ushbu mashqni bajarish davomida tasvir va uning tagso‘zi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunib yetdi.
    3: guruh a’zolari bir nechta qaydlarni taqdim qildi, munozarada ishtirok etdi, ammo keltirgan sabablarining hammasi ham ishonarli emas. Ular tasvir va tagso‘z o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida qisman tasavvurga ega bo‘ldi.
    2: guruh a’zolarining qaydlari yuzaki, munozarada ishtiroki sust, o‘z nutqai nazarini asoslashi ham passiv. Ushbu mashqni bajarish jarayonida kam narsa o‘rganildi.
    1: qaydlar mazmuniga ko‘ra primitiv. Talabalar munozarada deyarli ishtirok etmadi.

    Laboratoriya ishi hisoboti:
    1. Ish stolida o’z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
    2. Papka ichida – MS Wordda matnli “ism_laboratoriya_15” nomi bilan fayl (hisobot) yarating.
    3.Bajarilgan topshiriqlarni elektron manzilingiz (e-mail)ga yuboring va saqlang.
    Nazarot savollar:

    1. Mediakontentni baholashning usullarini sanab bering?

    2. Intervyu nima?

    3. Tasvir va matn bilan ishlash nima?

    Download 155,92 Kb.




    Download 155,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-Laboratoriya ishi Mavzu: Mediakontentni baholashning eng yaxshi usulidan foydalanish. Ishdan maqsad

    Download 155,92 Kb.