|
15-ma’ruza ipv4 va ipv6 protokollari
|
bet | 5/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 21,77 Kb. | | #101987 |
Bog'liq 15-ma’ruza ipv4 va ipv6 protokollari-fayllar.orgTarmoq protokollari
Tarmoq protokollari – manzillash, yo'naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so'rovlarini boshqaradi. Ularni ko'p ishlatiladiganlari quyidagilar:
IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o'rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyixalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo'l qo'yish extimoli katta tarmoqlarga mo'ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmoqi Internet da qabul qilingan, abonentlarning ko'p qismi oddiy telefon aloqa yo'llariga ulanadilar. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi esa kichik tezlikda ishlashi.
TCP/IP
TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko'p tarqalgan va fundamentaldir. U qar qanday o'lchamdagi maxalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmoqida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.
TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko'p protokollar kiradi, lekin o'z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.
TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun qizmat qiladi.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni qar qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va qar qanday operatsion tizimli kompyuterlarda ishlatish mumkin bo'ladi.
|
| |