|
15-Ma’ruza Mavzu: “Bulutli” husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 22,54 Kb. | | #260056 |
Bog'liq 15-Mavzu.Bulutli husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi.
15-Ma’ruza
Mavzu: “Bulutli” husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi
Reja:
Bulutli hisoblash tizimlari xizmatlaridan foydalanishda axborot xavfsizligi muammolari
Bulitli hisoblash tizimi platformalari turlari
Bulutli tizimlarda foydalanuvchilar ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash
Kalit so’zlar: bulutli texnologiya, SaaS, PaaS, IaaS, bulutli xavfsizlik, MySQL
Bulutli hisoblashlar - Internet ("bulut") orqali serverlar, axborot saqlagichlari, ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar, dasturiy ta’minot va h. xizmatlarini taqdim etish. Bulutli hisoblashlarni soddalashtirilgan holda masofadagi serverda joylashgan brauzer asosidagi ilova sifatida tasavvur etish mumkin. Boshqacha aytganda, "bulutli hisoblashlar" - provayder tomonidan iste’molchi so’rovi bo’yicha masofadagi hisoblash resurslarini taqdim etish. Bu oddiy foydalanuvchi uchun, uning bulutli hisoblashlar xususida bilishiga yetarli. Ammo, aslida, bulutli hisoblashlarning imkoniyatlari g’oyat katta.
Bulutli hisoblashlarning eng katta afzalliklaridan biri axborot saqlagichidir. Misol tariqasida Internetdagi elektron pochta xizmatlarini ko’rsatish mumkin. Pochta xizmatlari ko’pincha bulutdagi bo’lishi mumkin bo’lgan makondan foydalanib foydalanuvchilarga xotiraning katta hajmini taqdim etadi, chunki ular uchun bu arzon. Natijada ma’lumotlar yo’qolishini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. Oxirgi yillarda ko’pgina yirik banklarda mijoz xususidagi muhim axborotning yo’qolishi haqida gaplar ko’paygan edi. Agar ushbu axborot bulutli muhitda saqlanganida, ma’lumotlarning yo’qolishi ehtimolligi aytarlicha kamaygan bo’lar edi.
“Bulutli hisoblash” hisoblash modeli hisoblanib, ma’lumot, fayl saqlovchilar, ilovalar uchun dinamik infratuzilmani ta’minlash uchun lokal yoki global tarmoqda ulangan ko‘p sondagi tizimlardan tashkil topgan. Bu texnologiya o‘zi bilan birga, hisoblashda xarajatlarni kamaytirish, ilovalar hosti, ma’lumot saqlovchilar va ma’lumot uzatishda katta imkoniyatlarni olib keladi.
“Bulutli hisoblash” texnologiyasi 3 ta katta turga ajratilib, bular quyidagilar:
|
| |