|
15-Ma’ruza Mavzu: “Bulutli” husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi Reja
|
bet | 2/5 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 22,54 Kb. | | #260056 |
Bog'liq 15-Mavzu.Bulutli husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi.Dasturiy ta’minot xizmati (Software-as-a-Service, SaaS):Ushbu modelda foydalanuvchiga tugallangan dasturiy ta’minot taklif etilib, cloud tizimida bitta xizmat asosida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Cloudning ushbu xizmat modelida foydalanuvchi kichik foydalanuvchi ilovasi (thin client) yordamida brauzer orqali tizimni boshqaradi. SaaS tizimi o‘zida ko‘plab ilovalarni qamrab olib, ular, ofis ilovalari, turli messenjerlar, to‘lovni amalga oshiruvchi maxsus ilovalar, ma’lumotlarni boshqaruvchi tizim ilovalari, boshqaruvchi ilovalar va ko‘plab turdagi ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Platforma xizmati (Platform-as-a-Service, PaaS): PaaS xizmatida istemolchi IaaS xizmatidan foydalanib qurilgan tizim ustida, o‘zining istagan dasturiy vositani yaratish imkoniniga ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyatlar dasturlarlash tillari, maxsus dasturlar yoki boshqa qo‘shimcha ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda PaaS xizmati IaaS tizimida ixtiyoriy dasturlash tillaridan foydalangan holda yangi dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Infratuzulma xizmati (Infrastructure-as-a-Service, IaaS): Ma’lumotlar infratuzilmasi boshqa tizimlar, telefon tizimlari, yo‘l tizimlari kabi samarali model tomon harakatlanyapti. Infratuzulma xizmati tashkilotlarni internet tarmog‘i orqali ma’lumot saqlash tizimlari va hisoblash tizimlari bilan ta’minlab, istemolchi o‘zi uchun kerakli infratuzulmani qurishda IaaS xizmati ta’minlagan, serverlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, ma’lumot markazlari, tarmoq jixozlari va hak. foydalanishi mumkin. Keng tarqalgan IaaS ga misol, Amazon Elastic Compute Cloud, GoGrid, 3 Tera.
Bulutli texnologiyada ma’lumotlar va ular haqidagi ma’lumotlar alohida-alohida saqlanadi. Bu esa tizimdan foydalanishni osonlashtiradi.
Shifrlash va ilova xizmati.Ushbu xizmatda ananaviy tizimdagi kabi, ma’lumot shifrlangan holda saqlanadi. Shifrlash va ilova xizmatida ma’lumot bloklarga bo‘linadi va ushbu bloklar shifrlanib saqlanadi. Ma’lumotlarni sinxroniyazatsiyalaganda faqat ma’lumotning o‘zgargan bloki almashtiriladi. Biror qurilmada ma’lumotning o‘zgarishi yoki yangilanishi haqidagi xabar “xabarlar xizmati” orqali yetkaziladi va o‘zgargan yoki yangi qo‘shilgan ma’lumot bloki shifrlangan holda saqlanadi. Bu esa tarmoqdan foydalanish imkoniyatini kamaytiradi.
Ma’lumot saqlash serverlari.Ushbu serverda ma’lumotning shifrlangan bloklari saqlanadi. Ushbu serverda shifrlangan ma’lumotlarni butunligini ta’minlash maqsadida, Content-Addressable Storage (CAS) tizimlaridan foydalaniladi.
Metama’lumot serveri.Ushbu ma’lumotni saqlash tizimlarida ma’lumot haqidagi ma’lumot (uning nomi, turi, hajmi va hak.) saqlanadi. Ushbu ma’lumot foydalanuvchi akkauntiga bog‘liq holda saqlanadi. Ushbu metama’lumotlar MySQL-ma’lumot bazasida saqlanadi va foydalanuvchilar orasida taqsimlanadi.
Xabarlar xizmati.Ushbu xizmat DropBox akkauntlarida o‘zgarishlar amalga oshirilganligi haqida ma’lumot beradi. Ushbu ma’lumot metama’lumot serveriga uzatiladi va ushbu xabar asosida metama’lumotlar almashtiriladi.
DropBox ma’lumotni saqlash tizimi foydalanuvchi ilovasi uchta tizimda: veb, ShK va mobil telefonlar uchun mavjud.
|
| |