• Viruslarning turlari va vazifalari.
  • Nazorat savollari
  • 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari Reja




    Download 25,21 Kb.
    bet4/4
    Sana23.01.2024
    Hajmi25,21 Kb.
    #143781
    1   2   3   4
    Bog'liq
    15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari

    Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o`z-o`zidan ko`payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar etkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o`zidan nusxa ko`chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish . U o`zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko`paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo`ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
    Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo`yicha turkumlash mumkin:
    yashash makoni; operatsion tizim; ishlash algoritmi xususiyati.
    Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi ob`ektlarining xili bo`yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
    Fayl viruslar turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi (eng ko`p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yo`ldoshlar (kompanьon viruslar) yaratadi yoki faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.

    Yuklama viruslar o`zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo`lgan sektorga yozadi. YUklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.


    Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.

    Tarmoq viruslari o`zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba`zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo`yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo`linadi.
    Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to`rt bosqichni o`z ichiga oladi:
    virusni xotiraga yuklash; qurbonni qidirish; topilgan qurbonni zaharlash; destruktiv funksiyalarni bajarish.
    Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo`lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo`qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta`minlaydi.
    Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:
    Muntazam profilaktika ishlarini, ya`ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.
    Taniqli virusni zararsizlantirish.
    Taniqli bo`lmagan virusni zarasizlantirish.
    Hujum tushunchasi. Xujum tushunchasi – buzg`unchining biror bir maqsad yo`lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
    Axborot xujumlari va undan saklanish qoidalari. Axborot hujumlari odatda 3 ga bo`linadi:
    Ob`ekt haqida ma`lumotlar yig`ish (razvedkalash) hujumi. Ob`ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
    Xizmat ko`rsatishdan voz kechish xujumi. Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi ob`ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo`llaniladigan mexanizm va vositalarni qo`llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
    Nazorat savollari

    1. Axborot xavfsizligi tushunchasi haqida ayting?

    2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar haqida o`z fikringizni ayting?

    3. Antivirus va viruslar turlarini tushuntirib bering?

    Download 25,21 Kb.
    1   2   3   4




    Download 25,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari Reja

    Download 25,21 Kb.