15-mavzu. Keramzit beton tayaorlash uchun davriy harakatlanuvchi qorishtiruvchi mashinalar




Download 471,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.05.2024
Hajmi471,4 Kb.
#229353
  1   2
Bog'liq
15-mavzu (1)



15-mavzu. Keramzit beton tayaorlash uchun davriy harakatlanuvchi 
qorishtiruvchi mashinalar 
Keramzitli beton tayyorlash uchun davriy harakatlanuv- chi qorishtiruvchi 
mashinalar yigʻma uy-joy qurish zavodlarida qoʻllaniladi. Qorishmaning tayyorlanishi 
jarayonida keramzitning yirik fraksiyalari qisman ishqalanib yeyilishi va namlanib 
boʻlak- lanishi sodir boʻladi, uning koʻproq maydalanib aylanishi yuqori sifatli 
keramzitli beton tayyorlanishini taʻminlaydi. 
Keramzitli beton qorishtirgich (94-rasm) ramadan (1) tashkil topgan boʻlib, unga 
kosa (2) oʻrnatilgan. Kosaning devori va ta- gi yeyilishga chidamli yaproqsimon poʻlat 
bilan pardoz qoplan- gan. Kosaning markazidagi ustunning (3) ichida vertikal val (4) 
aylanadi. Vertikal valning yuqori qismida oʻqlari (6) bilan ikki- ta vodil (5) 
mahkamlangan. Oʻqlardagi (6) gʻildirakli podship- niklarga ikkita katok (7) oʻrnatilgan. 
Katok koʻndalang qoʻyilgan oʻzaklar (9) bilan birlashtirilgan ikkita diskdan (8) 
bajarilgan. Katoklar va kosaning tagi orasidagi tirqishni vodilga tayanadi- gan boltlar 
(10) yordamida boshqarish mumkin. Ishlash jara- yonida katoklar vertikal valning 
atrofida chiniqtiriladi va bunda yuzaga keladigan ishqalanish kuchi hisobidan bir 
vaqtning oʻzida oʻzining oʻqlarida aylanadi. Qorishtirgichda katok ostida qorish- mani 
kurashini va uning burilishini taʻminlaydigan kuraklar (11) koʻzda tutilgan. Qopqoqli 
tuynuk (12) orqali kosaga bosh- langʻich materiallar uzatiladi. Tayyor qorishma 
tushirilishi yuk tushirish qopqoqli tuynugi orqali amalga oshiriladi, uning tam- basi 
(ochib-yopuvchi mexanizm) pnevmatik silindr (13) yorda- mida siljiydi. 


Katoklar uzatmasining aylanishi konussimon tishli oʻtkazgich va reduktor orqali 
elektrodvigateldan sodir boʻladi. 

Download 471,4 Kb.
  1   2




Download 471,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-mavzu. Keramzit beton tayaorlash uchun davriy harakatlanuvchi qorishtiruvchi mashinalar

Download 471,4 Kb.
Pdf ko'rish