Chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar




Download 471,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.05.2024
Hajmi471,4 Kb.
#229353
1   2
Bog'liq
15-mavzu (1)

14.3. Chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar 
Beton qorishmasini zichlash uchun chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar yaxlit temir-
beton konstruksiyalari inshootlari va tashqi oʻlchamlari katta yigʻma temir- beton 
buyumlarini tayyorlashda keng qoʻllaniladi. 
Uzatma turidan bogʻliq boʻlmagan holatda chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar 
debalansli va majburiy kuchlar aylanishini paydo qiladigan planetarliga boʻlinadi. 
Dvigateli ichkariga qoʻyilgan yoki chiqarilgan boʻlishi mumkin. Uzatmaning turidan 
bogʻliqlikda chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar qisqa tutashtirilgan rotordan asinxron uch 
fazali elektrodvigateldan uzatma bilan elektrikli va pnevmatikli boʻladi. 
Chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilarni ishlatilishi boʻyicha dastaki va osmaliga 
boʻlinadi. Dastaki qoʻzgʻatib tebratuvchilar qiyin sharoitlarda, armatura bilan toʻyingan 
va yupqa devorli konstruksiyalarda beton qorishmasini zichlash uchun qoʻllaniladi. 
Biroq dastaki qoʻzgʻatib tebratuvchilar hamma vaqt ham zarur surʻatlarni va betonlash 
hajmini hamda beton qorishmasini zichlash sifatini taʻminlamaydi. Bundan tashqari
dastaki qoʻzgʻatib tebratuvchilar bilan ishlash fizik mehnat sarfini sezilarli darajada 
talab etadi. Shuning uchun gidrotexnik va boshqa yirik inshootlarni yaratilishida kuchli, 
oʻzi yuradigan kranlarga osilgan qoʻzgʻatib tebratuvchilar yoki tebratuvchi toʻplamlar 
koʻrinishidagi traktorlar qoʻllaniladi. Beton qorishmasini zichlashning kranli uslubi 
sanoat va fuqaro qurilishida keng qoʻllaniladi. Ular beton qorishmasini 1-1,5 m 
qalinlikda joylashtirishga imkon beradi va mehnat samaradorligini uch martadan 
koʻproq oshiradi. 
Dastaki elektrik chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar dvigatelining joylashishi boʻyicha 
uchta turga boʻlinadi: 
1. Tashqariga chiqarilgan dvigatel bilan moslanuvchan val orqali aylanishi 
uzatilishi. 
2. Qoʻzgʻatib tebratuvchi korpusining yuqori qismiga joylashtirilgan dvigatel. 
3. Korpusga oʻrnatilgan dvigatel. 
Osma qoʻzgʻatib tebratuvchilar qattiq valli ishchi uchli tebratuvchi bilan bogʻlanib, 
tashqariga chiqarilgan elektrodvigateldan bajariladi. Tashqariga chiqarilgan dvigatel va 
moslanuvchan val bilan qoʻzgʻatib tebratuvchilar uncha katta boʻlmagan yaxlit zich 
armaturalangan konstruksiyalarda betonni zichlash uchun qoʻllaniladi. Qoʻzgʻatib 
tebratuvchilarning hammasidan koʻprogʻi ishqalanma-planetarli turi bajariladi (229-
rasm, a chizma). Ushbu qoʻzgʻatib tebratuvchilar (1) elektrodvigatel (2) va 
moslanuvchan valga (3) ega. Ular 36 V kuchlanishda ishlaydi. Uzatmaning quvvati 1-
1,5 kVt va tebranish chastotasi 166- 332 Gs tashkil etadi. Uning kamchiligiga 


moslanuvchan valining uzunligi (koʻpi bilan 5 m) chegaralanganligi kiradi, bu esa ularni 
katta balandlikdagi konstruksiyalarda ishlatishga imkon bermaydi. 
Dvigatel oʻmatilganlik bilan dastaki qoʻzgʻatib tebratuvchilar yopiq silindrik 
korpus (1), uning ichiga oʻmatilgan elektrodvigatel (4) va debalansli qoʻzgʻatib 
tebratuvchidan (2) tashkil topgan (229-rasm, b chizma). Tebranish podshipniklarning 
oʻzgarishi (3) orasidagi debalansli valga (5) mahkamlangan, muvozanatlanmagan 
qismlarining tez aylanishi natijasida yaratiladi. Elektrodvigatel rotori debalans valining 
chiqib turgan davomida (konsolida) joylashgan boʻlib, buning oqibatida 
tebratuvchilarning bunday turi baʻzida konsolli deb ataladi. Elektrodvigatel statori 
(aylanmaydigan qism) tebratgich korpusining ishchi qismiga bevosita zichlab 
oʻrnatilgan. Korpusning yuqori qismida dastak (6) bilan tayoq payvandlangan. Tayoq 
ikki qismdan tashkil topgan boʻlib, oʻzining oʻrtasida bogʻlangan rezinali zarb 
yumshatgich (7) tufayli dastakda tebranishning soʻndirilishi amalga oshadi. 
Tebratgichga quyiladigan suyuq moy, tebratgich korpusining pastki qismiga 
joylashgan. Debalansli valning aylanishida konussimon uzatma orqali moy soʻriladi va 
debalansli valga markaziy parmalanishi boʻyicha yuqoriga uzatiladi. Yoʻllari boʻyicha 
yuqoriga kirayotgan moy debalans valiga radial (radius boʻylab tarqalgan) tirqishlari 
orqali podshipniklarga kiradi. Podshipniklarni moylab va teng meʻyorda sovitilgandan 
soʻng, moy korpusning pastki qismiga quyiladi. Aylanma harakatda suyuq moylashning 
qoʻllanilishi etarlicha suyuq (konsistent) moylashning ishlatilishini yaratadigan 
kamchiliklarini bartaraf etadi, bu esa podshipniklarning xizmat qilish muddatini sezilarli 
darajada oshiradi hamda tebratgichning ishonchli va chidamli ishlashini taʻminlaydi. 


Elektrodvigatelga oʻrnatilgan qoʻzgʻatuvchilar titratish xavfsizligi va yuqori 
darajadagi ishonchliligi bilan farqlanadi. Ular 36 V kuchlanishda ishlaydi. 
Uzatmaning quvvati 0,8-1,5 kVt tashkil etadi. Ularni jamlanishi uchun elektr toki 
chastotalarining oʻzgartirgichlari zarur boʻladi, bu esa ularning qoʻllanilishini cheklaydi. 
Bunday qoʻzgʻatib tebratuvchilarning odatda debalansli turi ishlab chiqariladi, Shuning 
uchun ularning tebranish chastotasi 95-183 Gs oraligʻida chegaralanadi. Tebranishning 
yuqori 
chastotasi 
va 
uning 
rostlanish 
imkoniyati 
planetarli 
pnevmatik 
qoʻzgʻatuvchilarda erishiladi, bunda tebranish ogʻir qismlar, yaʻni titratish korpusiga 
mahkamlangan, yugurish yoʻlaklari boʻyicha planetar chiniqtirilgan aralashtirgich bilan 
yaratiladi. 
Tashqi 
aralashtirgich 
(1) 
chiniqtirilganligi 
bilan 
planetar 
uchli 
tebratuvchining konstruksiyasi 229-rasm, v chizmada koʻrsatilgan. Ichki aralashtirgich 


(1) chiniqtirilganligi bilan planetar uchli tebratuvchining konstruksiyasi 229-rasm, g 
chizmada koʻrsatilgan. Har ikkila konstruksiyalarda uchli tebratuvchilarning aylanishli 
lahzasi, elektrodvigateldan moslanuvchan valni aylanib ketishidan saqlanishi uchun 
faqat oʻng tomonga aylanishi mumkin boʻlgan mushtli muftalar yordami bilan 
moslanuvchan val (3) orqali aylanadigan oʻqiga (5) uzatiladi. Undan soʻng, aylanadigan 
oʻqdan aylanishli lahza aralashtirgichning (2) metall-rezinali muftasi (4) orqali uzatiladi. 
Chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilarning bir turi silindrli korpusda (1) siljiydigan 
aralashtirgich bilan bir butun tashkil etuvchi pnevmodvigatelni (5) aylanib almashinishi 
taʻsirida keltiriladigan aylantirib almashinish hisoblanadi (229-rasm, d chizma). Ichki 
shlangi (3) boʻyicha siqilgan havo etkaziladi va tashqi shlangi (2) esa ishlatilgan havoni 
qaytaradi. Siqilgan havo ishchi boʻshliqga (11) tushadi va chiqarish boʻshligʻi (10) 
orqali chiqarilib yuboriladi. Ushbu chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchini ishga tushirish va 
toʻxtatish joʻmrak (4) bilan amalga oshiriladi. Stator (aylanmaydigan qism) bitta 
kurakchasi (9) bilan yarim oʻq (8) koʻrinishida qoʻzgʻalmas turadi, rotor (7, 
aralashtirgich) esa stator atrofida planetarli chiniqtiriladi. Pnevmodvigatel yon 
yuzalaridan havoni chiqarish uchun tirqishli qopqoqlar (6) bilan yopilgan. 
Planetarli pnevmatik tebratuvchilar dvigatelining konstruksiyasi qoʻzgʻatib 
tebratuvchilar konstruksiyasi bilan uzviy bogʻlangan. Ular ixchamligi, massasining 
kichikligi, konstruksiyasiga xizmat koʻrsatish oddiyligi, ishlashda yuqori ishonchliligi, 
portlash va elektr xavfsizliklari bilan farqlanadi. Qoʻzgʻatib tebratuvchilar siqilgan 
havoning 0,4-0,6 MPa bosimi ostida ishlaydi. Ular 25-60 Gs past va 130-300 Gs yuqori 
tebranishli 
chastotalarga 
ega. 
Planetarli 
tebratuvchilar 
har 
xil 
darajada 
armaturalanganligi bilan yaxlit temir-beton va beton konstruksiyalariga beton 
qorishmasini joylashda zichlash uchun qoʻllaniladi. 
Tebratuvchi bilan ixtisosli ishchining bevosita aloqasini yoʻqotish maqsadida 
osmali chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchilar qoʻllaniladi. Ichki chiniqtirilgan aralashtirgich 
(3) bilan planetarli turdagi osmali chuqur qoʻzgʻatib tebratuvchi 230-rasm, a chizmada 
koʻrsatilgan. 



Download 471,4 Kb.
1   2




Download 471,4 Kb.
Pdf ko'rish