|
Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi
|
bet | 2/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 295,78 Kb. | | #253645 |
Bog'liq 15-semenarTadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy tuzilgan sistemalarni yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat bo‘ladi. Tamoyil (postulat)lar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang‘ich holati hisoblanadi, bular sistemalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. (masalan, kvant mexanikasidagi Bor postulati, Yevklit hodisasi aksiomalari va b.)lar asosida yotadi. Ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shakli bo‘lib ta’rif hisoblanadi. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi. Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy qism bo‘lib hisoblanadi, bular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obyektiv ichki bog‘liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar, kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natija (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatidagi daliliy materiallarga yetarlicha ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar.
Faraz ilmiy taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo‘lish uchun asoslanishi lozim. Fan masalalarni hal qilish omili bo‘lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq obyektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va h.k.lar hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir. Umumiy usullar uch guruhga bo‘linadi: – empirik tadqiqot usullari (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment); – nazariy tadqiqot usullari (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.); – empirik va nazariy tadqiqot usullari (tahlil va sintezlash, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash va b.).
Kuzatish – bilish usuli. Bunda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi. Mazkur holda faqat obyektning xossasi, uning o‘zgarish 22 tavsifi qayd etiladi va o‘lchanadi (masalan, elektr ta’minoti liniyani yil mobaynida taqsimlash transformatoridan ajratib qo‘yilish sonini kuzatish, elektr motorning bir yil mobaynida ishdan chiqish sonini kuzatish va boshqalar). Tadqiqot natijalari real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari (bog‘liqliklari) xususida bizga ma’lumot beradi. Bu natijalar sub’yektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq emas.
|
| |