468
Xona o’simliklarini parvarish qilish usullari
1.
Xona o‘simliklari haqida ma’lumot berish.
2.
Xona o‘simliklarini parvarish qilish haqida ma’lumot berish.
3.
Urug‘lardan ko‘kartirish texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotining maqsadi: Xona o‘simliklari haqida ma’lumotlar berish.
O‘simliklarni parvarishlash texnologiyasini o‘rgatish.
Urug‘dan ko‘kartirish texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar:
• talabalarning xona o‘simliklari
haqidagi bilimlarini aniqlash; xona
o‘simliklarini parvarish
qilish haqida tushuntirish; urug‘lardan ko‘kartirish
texnologiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar, xona o‘simliklari,
turli
urug‘lar, mato bo‘laklari, suv, tuproq, mineral va tabiiy ozu qalar, maxsus tayoqcha,
qaychi, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning
bilimlarini aniqlash va
fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1.
Qanday xona o‘simliklarini bilasiz?
2.
O‘simliklar nima bilan oziqlanadi?
3.
Qanday urug‘ turlarini bilasiz?
4.
Urug‘larni ko‘kartirishdan oldin nima qilish kerak?
5.
Qaysi urug‘lar tez unib chiqadi?