|
Yulduz topologiyasi Yulduz topologiyasining afzalliklari
|
bet | 3/5 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 331 Kb. | | #102887 |
Bog'liq 16-mavzuYulduz topologiyasi Yulduz topologiyasining afzalliklari:
markaziy hub yoki tugun orqali tarmoqni markazlashgan holda boshqarish;
topologiyaga osonlik bilan yangi tugunni kiritish yoki olib tashlash imkoniyati;
bir kompyuter tugunining buzilishi qolganlarining ishiga ta’sir qilmaydi;
tarmoqdagi bo‘lgan uzilishni osonlik bilan aniqlash mumkin va muammoni osonlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.
Yulduz topologiyasining kamchiliklari:
markaziy nuqtadagi bo‘lgan uzilish butun topologiyaga ta’sir ko‘rsatadi;
markaziy nuqta sifatida router yoki kommutatordan foydalanish tarmoqni amalga oshirish narxini oshiradi;
yangi tugunni tarmoqqa qo‘shish markaziy tugunni imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shina topologiyasi Shina topologiyasining afzalliklari:
- shina tarmoqqa yangi tugunni qo‘shish juda ham oson;
- amalga oshirishda kam xarajatlik;
- kichik tarmoqlarda yaxshi ishlaydi;
- yulduz topologiyaga qaraganda kam kabel talab etiladi.
Shina topologiyasining kamchiliklari:
yangi tugun kiritish kabelning uzunligiga bog‘liq;
asosiy kabeldagi biror buzilish butun tarmoq ishiga ta’sir qiladi;
kabelning har ikkala tomonida terminatorni bo‘lishi shart;
xizmat ko‘rsatish narxi yuqori;
yuqori tezlikdagi tarmoqlar uchun o‘rinli emas;
manbadan uzatilgan signalni barcha tugunlar qabul qilgani kabi, u tarmoqning xavfiszligiga ta’sir qiladi.
Bu topologiyada kompyuterlar kabelga BNC deb nomlangan maxsus ulagich yordamida ulanadi bu ulagichlar T ulagichlari deb ham tanilgan.
Halqa topologiyasi Halqa topologiyasining afzalliklari:
b ir tomonga yo‘naltirilgan trafik oqimi;
har bir tugun faqat bo‘sh bo‘lgan vaqtdagina ma’lumotni uzata oladi;
markazlashgan biror tarmoq serveri talab etilmaydi;
shina topologiyana qaraganda amalga oshirish qulayligi (trafik hajmi oshmasligi sababli);
barcha tugunlarni ma’lumotdan foydalanishda bir xil imkoniyatga ega;
tarmoqda yangi tugunni qo‘shilishi tarmoqning butun o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.
|
| |