JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 376,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.06.2024
Hajmi376,79 Kb.
#262575
1   2   3
Bog'liq
167-169

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–35_Issue-1_Avgust_2023 
168 
yuklash vazifalarini bajaradi. Yordamchi so'zlarga ko'makchi, bog'lovchi va 
yuklamalar kiradi.
 
Yordamchi so'zni mustaqil so'zga quyidagilar yaqinlashtiradi :
 
a) shaklan alohida ajralib turish; 
b) lug'aviy ma`noning mavjudligi; 
d) ko'pincha ularning mustaqil so'zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib 
chiqishi.[2]
 
Yordamchi so‘zlar mustaqil (leksik) ma’no bildirmaydi, faqat grammatik ma’no 
ifodalash uchun xizmat qiladi .
 
Gapda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlarni 
ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchi o‘zi 
bog‘lanib kelgan so‘zdan keyin kelib, so‘zlar orasidagi birgalik, payt, sabab, maqsad 
kabi munosabatni ifodalashga xizmat qiladi.
 
Ko‘makchi ikki xil bo‘ladi: 1. Sof ko‘makchi 2. Ko‘makchi vazifasidagi so‘z 
(funksional ko‘makchi).
 
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar va gap bo‘laklarini bog‘lash uchun xizmat 
qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga qarab 
yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilarga ajratiladi. Bog‘lovchilar vazifasiga 
ko‘ra esa ikki xil bo‘ladi: teng bog‘lovchilar; ergashtiruvchi bog‘lovchilar .
 
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun qo‘llanadigan 
yordamchi so‘z yuklama deyiladi. Yuklama tuzilishi jiihatidan ikki xil: a) affiks 
holidagi yuklamalar: -chi, -a (-ya), -da, -u (-yu), -oq (-yoq), -gina (-kina,-qina): b) so‘z 
holidagi yuklamalar: axir, faqat, xuddi, nahotki, hatto, hattoki[3] Yuklamalar boyicha 
U.Rahimov “O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi” mavzusida nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qilgan. Mazkur nomzodlik dissertasiyasida presuppozitsiya 
ifodalovchi: ham, emas, faqat, yana yuklamalar kengroq yoritib berilgan. Bundan 
tashqari tilshunosligimizda O.Bozorov ,,O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-
funksional xususiyatlari‘‘ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 
 
Shu ma'noda so'nggi yillarda tilshunos olimlarimiz tomonidan o'zbek lingvistik 
milliy korpusini yaratish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda yordamchi 
so'zlarga ham korpusdagi leksik bazaning bir turi sifatida qarash o'rinlidir. Chunki 
yordamchi so'zlar ham atash semasi bo'lmasa-da, so'z turkumlari sirasiga kiritilib ( 
yordamchi so'zlar ham so'z maqomiga ega) o'rganilib kelinmoqda. Filologiya fanlari 
bo'yicha falsafa doktori Xoliyorov O'ral Mengliyevich o'zbek tilida so'z turkumlarining 
ta'limiy korpusdagi miqdoriy statistik hisobini keltirganda umumiy 37282 ta 
lemmaning tarkibida yordamchi so'zlar 203 dan ortiq ekanligini aniqladi. Bu esa 
yordamchi so'zlar ham milliy til morfoleksikon bazasining sezilarli qismini 
egallaganligidan 
dalolat 
beradi. 
[4] 
Umuman 
olganda 
bugungi 
kunda



Download 376,79 Kb.
1   2   3




Download 376,79 Kb.
Pdf ko'rish