JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–35_Issue-1_Avgust_2023
167
TILIMIZDA YORDAMCHI SO'ZLAR VA ULARNING O‘RGANILISHI
Odamboyeva Aziza Ahad qizi
Ellikqal'a pedagogika fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
Odamboyeva Nafosat Ahad qizi
Ellikqal’a Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta'lim yo’nalishi talabasi
Dosumbetova Nodira Furqat qizi
Ellikqal’a Pedagogika fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida so‘zlarning guruhlarga
bo‘linishi va yordamchi so‘zlar haqida qisqacha malumot boradi. Ko‘makchi,
bog‘lovchi va yuklamalar haqida to‘xtalib, ularni o‘rgangan tilshunos olimlar haqida
ma’lumot beriladi.
Tayanch tushunchalar:
so‘z, turkum, yordamchi so‘z, tilshunoslik, ko‘makchi,
bog‘lovchi ,yuklamalar
O‘zbek tili turkiy tillar ichida o‘zining so‘z boyligi bilan ajralib turadi.
O‘tmishda yaratilgana asralarni o‘qisak ham xalqimiz qadim-qadimdan boy lug‘atga
egalikiiming guvohi bo‘lamiz. Ana shu badiiyat durdonalaridan keyingi avlodlarimiz
ham foydalanishi uchun bu ulkan ma'naviy merosni
yagona manbaa ostida
tizimlashtirish lozim. Bu borada bizga hozirgi paytda eng rivojlanib borayotgan
kompyuter lingvistikasi fani yordam beradi. Bu fan
dunyo tillarining yashab
qoluvchanligini va yanada boyishi, leksikon hajmining kengayib borishini ta'minlovchi
eng mukammal hodisa ekanligi hammamizga ma'lum. Shuning uchun o'zbek tilshunos
olimlari o'zbek tilining ma'lumotlar bazasini shakllantirish va uni yagona manbaa
ostida birlashtirish borasida bir necha tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.[1]
XX asrning 70- yillariga kelib o‘zbek tilshunosligida so'zlarni guruhlarga bo‘lish
harakatlari boshlandi. So'zlar
morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlari asosida
mustaqil so'zlar, yordamchi so'zlar va oraliq so'zlar singari guruhlarga ajratilgan holda
o‘rganila boshlandi.
So'zlar ma`lum so'roqqa javob bo'lishi yoki bo'lmasligi, atash ma`nosining
mavjudligi
yoki mavjud emasligiga, gapda ma`lum gap bo'lagi vazifasida kelish
kelmasligiga ko'ra mustaqil va yordamchi so'zlarga bo'linadi. Atash ma`noli so'zlar
yoki ular o'rnida qo'llanilib, ma`lum so'roqlarga javob bo'luvchi va gapda ma`lum gap
bo'lagi vazifasida keluvchi so'zlar mustaqil so'zlar, leksik ma`nosini yo'qotib,
grammatik ma`no ifodalashga o'tgan, ma`lum so'roqqa javob bo'lmaydigan so'zlar
borki, bunday so'zlar yordamchi so'zlar deb yuritiladi. Yordamchi so'zlar
mustaqil
so'zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog'lash, ularning ma`nolariga qo'shimcha ma`no