|
17-mavzu. Transport xizmatlar bozorida tarif siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
|
bet | 2/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #249427 |
Bog'liq TL 17 MAVZU17.1. Marketingda baho siyosatini xususiyatlari. Bahoga ta’sir etuvchi asosiy omillar. Baho siyosatining mohiyati va vazifalari. Baho siyosatini ishlab chiqish jarayoni.
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini, shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir.
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;
joriy foydani maksimallashtirish;
bozor ulushi bo‘yicha liderlik;
tovar sifati bo‘yicha liderlik.
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
“Qaymog‘ini olish” strategiyasi
Bozorga yorib kirish
“Psixologik” narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)
Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan narx o‘rnatiladi.
Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari
Tebranib turuvchi narx
Uzoq muddatli narx
Egiluvchan narx
Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan narx.
Kelishilgan narx
Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx. Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi:
Tovar iste’molchilari
Davlat tomonidan tartibga solish
Tovar harakati kanallari qatnashchilari
Raqobat.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
10 P modeli quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. philosophy – tashkiliy falsafasi-g‘oyasi;
2. personality – zaruriy korxona falsafasini qo‘llab-quvvatlovchi personal;
3. people – insonlar;
4. products – tovarlar;
5. prices – narxlar;
6. place – o‘rin-joy;
7. promotion – siljitish;
8. performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish;
9. perseption – his-tuyg‘u;
10. positioning – pozitsiyalashtirish.
Marketing-miks keng qo‘llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xaridorlrga xizmat ko‘rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar.
Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko‘rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar etkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
|
| |