|
Mavzu:TO‘G‘RILAGICHLARNING TURLARI VA TASNIFI
|
bet | 14/22 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,57 Mb. | | #251066 |
Bog'liq Asinxron mashinalarni tuzilishi16Mavzu:TO‘G‘RILAGICHLARNING TURLARI VA TASNIFI
O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagichlarning ko‘‘lab turlari mavjud. Quyidagi sxemalarda ularning keng tarqalgan turlari keltirilgan. Bularni tartib bilan o‘rganish uchun ular quyidagi belgilarga asosan tasniflanadi:
— faza kuchlanishining har bir yarim davrida yuklamadan oqadigan tokning xarakteriga qarab;
— o‘zgaruvchan kuchlanishning fazalar soniga qarab;
— manbaning fazalar soniga qarab.
B irinchi turdagi to‘g‘rilagichlarga bitta yarim davrli to‘g‘rilagich-kiradi (30-a, b, d rasm).
a) bitta yarim davrli to‘g‘rilagich b) ikkita yarim davrli to‘g ‘rilagich
ikkita yarim davrli ko‘‘rikli to‘g‘rilagich 30-rasm.
31-rasmda uch fazali nol chiqishli to‘g‘rilagich keltirilgan.
32-rasm. Uch fazali ko‘‘riksimon ulangan to‘g‘rilagich
To‘g‘rilagichlar ishlayotgan tarmog‘iga qarab bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlarga bo‘linadi. Katta quvvatli to‘g‘rilagichlarda sun’iy ravishda olti fazali to‘g‘rilagichlar ishlatiladi (32, 33-rasmlar).
33-rasm. Olti fazali to‘g‘rilagich.
To‘g‘rilagichlarda to‘g‘rilangan kuchlanishning fazalar sonini aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi:
m = n • q.
Bu yerda: m — to‘g‘rilangan fazalar,
n — to‘g‘rilanuvchi kuchlanishning fazalar soni, q — yarim davrlar soni.
To‘g‘rilagich qurilmasi chiqish ‘arametrlari, ventil ‘arametrlari, to‘g‘ri- lash sxemalari va transformator ‘arametrlari bilan xarakterlanadi.
Chiqish ‘arametrlari quyidagilar:
— to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati — U0;
— to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati — I0;
— to‘g‘rilangan tok zanjiridagi quvvat — ‘0 = U0 I0.
‘ulsatsiya koeffitsiyenti K’ to‘g‘rilangan kuchlanishning ta’sir etuvchi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi Um ni to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati U0 ga nisbatiga tengdir, ya’ni
K’=K’k= Umk/U0,
bu yerda: k — garmonika tartibi.
Transformatorning ‘arametrlariga quyidagilar kiradi:
— transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amidagi tok va kuchlanishning haqiqiy qiymati (I1, I2, U1, U2);
— birlamchi chulg’amdagi quvvat S1 = m 1-11- U1;
— ikkilamchi chulg’amdagi quvvat S2 = m2-12- U2;
— transformator quvvati Str = (S1 + S2)/2;
— birlamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K1 = R0/S1;
— ikkilamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K2 = R0/S2;
— transformatorning foydali ish koeffitsiyenti Ktr = R0/Str; (m1 m2 — birinchi va ikkinchi chulg‘amning fazalar soni).
Diodlarning ‘arametriga quyidagilar kiradi:
— ventil tokining o‘rtacha, ta’sir etuvchi va am’lituda qiymati (Ior, I0, Im);
— teskari kuchlanishning maksimal qiymati Utsk-max.
Hozirgi vaqtda sanoatda diodning uch turi ishlab chiqarilya’ti:
— selenli;
— germaniyli;
— kremniyli.
Selenli ventillar aluminiy asosda tayyorlanadi. Ularning teskari kuchlanishi 20 yo 45 V.
Germaniyli ventillar suvli sovitgichlar bilan tayyorlanadi: VGV-200, VGV- 500, VGV-1000 laming to’g’ri toki 50^ 150 A gacha, teskari toki 20 yo 3o mA, teskari kuchlanishi bir necha yuz voltga boradi, FIK 0,98 ga teng.
Kremniyli ventillar havo orqali sovitiladi. Ularning B va VYo seriyalari mavjud. To’g’ri tok — 800 A gacha, BB va VYoV da to’g’ri tok — 1250 A gacha boradi. Utesk ruxsat berilgan kuchlanish — 100 V yo 1500 V gacha; teskari tok Itesk = 1 yo 5 mA gacha. Kremniyli D203 va D226 turdagi ventillardan oqadigan to‘g‘ri tok 0,1 yo 10 A gacha. Teskari kuchlanish — 600 V gacha.
|
| |