• Birinchisi
  • Xususiyatlar nazariyasi
  • Vaziyat nazariyasi
  • 1O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 152,41 Kb.
    bet25/31
    Sana12.12.2023
    Hajmi152,41 Kb.
    #117411
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
    Bog'liq
    shoxpsixmaruza

    Liderlik - kichik guruhdagi dinamik jarayonlarga taalluqli bo’lib, guruhdagi bo’ysunish va xukmronlik munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchadir. Liderlik ayni paytda ob’ektiv (konkret vaziyatda guruhning maqsad va vazifalari), sub’ektiv (guruh a’zolarinig individual tipologik xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlari) shuningdek liderning guruh faoliyatining tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida xarakatlari omillariga bog’liqdir.
    Liderlik roli nazariyasiga ko’ra (amerikalik tadqiqotchi R.Beylz) liderlik bu aloxida rolni qabul qilishdir. Ikkita bir biridan sezilarli farq qiladigan liderlik roli mavjud. Birinchisi - professional roli, bajarilayotgan ish yuzasidan lider tomonidan bildirilayotgan va paydo bo’lgan muammoni xal qilishga mo’ljallangan taklif va fikrlar. Ikkinchisi - «ijtimoiy - emotsional mutaxassis» roli, shaxslararo munosabatlardagi muammolarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan liderlik.
    Guruh faoliyatining samaradorligi uchun xar ikkala liderlik shakly mavjud bo’lishi kerak.
    Xususiyatlar nazariyasiga ko’ra liderlikning asosiy determinanti noyob liderlik sifatlariga ega bo’lishdir. Bu nazariyaga ko’ra ayrim odamlar tug’ma liderlik sifatlariga ega bo’ladilar (shuning uchun ham bu nazariyaning yana bir nomi xarizmatik nazariya deb ataladi).
    Interaktiv nazariyaga binoan xar qanday guruhda liderlikni kim zimmasiga olishini bashorat qilish mumkin. Buning uchun guruh aьzolari xarakteristikasi, vujudga kelgan vaziyat, bajarilayotgan vazifa, shuningdek liderlikka nomzodning individual psixologik xususiyatlarini o’rganib, hisobga olish kerak.
    Vaziyat nazariyasi tadqiqotchilari (M; Amerikalik tadqiqotchi F.Fidler) fikriga ko’ra «Vazifaga mo’ljal olgan» yoki «odamlarga mo’ljal olgan» lider faoliyatining samaradorligi guruhdagi sharoitga bog’liqdir. Liderlik funktsiyasini amalga oshirish uchun o’ta qulay va o’ta noqulay sharoitlarda «vazifaga mo’ljal olgan» lider katta natijalarga erishadi. O’rtacha qulay vaziyatlarda esa «odamlarga mo’ljal olgan» lider ustunlik qiladi.

    Download 152,41 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




    Download 152,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 152,41 Kb.