• Tayansh iboralar
  • Solishtirma elektr ztkazuvchanlik
  • Segnetoelektriklar
  • 2- ma’ruza 2-Modul. Radiomateriallardagi xususiyatlar ta’siri. Radiomateriallarning elektr xususiyatlari. Radiomateriallarning issiqlik xususiyatlari. Radiomateriallarning mexanik xususiyatlari. Reja




    Download 148.34 Kb.
    bet1/6
    Sana24.10.2023
    Hajmi148.34 Kb.
    #90412
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2- maruza
    Issiqlik elektr stansiyalari, sharipov shaxzodbek (1)

    2- MA’RUZA
    2-Modul. Radiomateriallardagi xususiyatlar ta’siri.
    Radiomateriallarning elektr xususiyatlari. Radiomateriallarning issiqlik xususiyatlari. Radiomateriallarning mexanik xususiyatlari.
    Reja:
    1.Radiomateriallarning elektr hususiyatlari.
    2.Radiomateriallarning issiqlik hususiyatlari.
    3.Radiomateriallarning mehanik hususiyatlari.
    Tayansh iboralar: O‘tkazgich materiallar.YArim o‘tkazgich materiallar.Dielektrik materiallar


    Radiomateriallarning elektr tavsifnomasi. Radiomateriallar radioelektron axborot tizimini yaratishda qo‘llaniladi. Hisoblash texnikasi, televidenie, ishlab chiqarishning avtomatik tizimlari va boshqalar mazkur tizimga misol bo‘la oladilar.
    Radioelektron axborot tizimida axborot signallari qabul qilinadi, saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborot signali ko‘p hollarda elektr maydon yoki elektromagnit nurlanish yordamida shakllanadi. Elektr maydonida radiomateriallar (moddalar) o‘zini tutishiga ko‘ra uch sinfga: o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklarga bo‘linadi.
    Moddaning elektr maydoniga nisbatan asosiy xossasi elektr o‘tkazuvchanlik, ya’ni elektr maydon ta’sirida elektr tok o‘tkazish xususiyati hisoblanadi. Modda elektr o‘tkazuvchanligini miqdor jihatdan baholaydigan asosiy parametr – solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik hisoblanadi. Solishtirma elektr ztkazuvchanlik - bu Om qonunining differensial ifodasi bilan aniqlanadigan kattalik:
    (1.1)
    bu erda - tok zichligi vektori, ya’ni maydon kuchlanganligi vektori ga perpendikulyar ravishda birlik yuzadan birlik vaqt ichida olib o‘tiladigan elektr zaryadi.
    Elektr zaryadini faqat erkin zaryad tashuvchilar (EZT) olib o‘tishlari mumkin. Metallarda faqat elektronlar erkin harakatlanishi mumkin. Shu sababli metallardagi elektr toki – bu erkin elektronlarning harakitidir. O‘tkazuvchi eritmalarda erkin elektronlar mavjud emas, shu sababli harakatchan zaryadlangan zarralar bo‘lib ionlar hisoblanadi. Gazlarda ionlar ham, elektronlar ham harakatda bo‘lishlari mumkin, o‘tkazgichlarda esa elektronlar va kovaklar.
    Umuman, moddada bir vaqtning o‘zida turli (turli kattalik, ishora, massa va boshqalarga ega bo‘lgan) erkin zaryad tashuvchilar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu turdagi EZT konsentratsiyasini (birlik hajmdagi EZTlar soni) orqali belgilaymiz. Berilgan kuchlanganlik ga ega bo‘lgan elektr maydoni ta’sirida mazkur zaryad tashuvchilar tartibli siljiy boshlaydilar. Ularning tezligini orqali ifodalaymiz. Bu holda elektr toki zichligi quyidagiga teng:
    (1.2)
    bu erda - - turdagi zaryad tashuvchi.
    (1.1) va (1.2) larni solishtirib,


    (1.3)

    ga ega bo‘lamiz.


    Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka teskari bo‘lgan kattalik - solishtira elektr qarshilik deb ataladi. Sm/m larda, esa larda o‘lchanadi.
    Turli radiomateriallarning va qiymatlari bir – biridan katta farq qiladi. Agar o‘ta o‘tkazuvchanlik holatida moddaning solishtirma qarshiligi deyarli nolga teng bo‘lsa, zaryadsizlangan gazlarda esa cheskizlikka intiladi. Qattiq moddalar uchun normal sharoitda qiymati 25 darajani egallaydi: – dan (mis, kumush, aluminiy) gacha (polimerlar).
    Hozirgi vaqtda moddalarni elektr o‘tkazuvchanligiga binoan uch turga tasniflash qabul qilingan:
    Normal sharoitda (xona temperaturasi, atmosfera bosimi) qiymatiga binoan solishtirma qarshiligi dan kichik bo‘lgan moddalar o‘tkazgichlar, dan katta bo‘lgan moddalar dielektriklar, ga teng bo‘lgan moddalar yarim o‘tkazgichlar hisoblanadi.
    Moddalarning bunday sof son jihatdan tasniflanishi shartli ravishda hisoblanadi, chunki solishtirma qarshilik faqat modda turiga emas, balki uning holati, xususan temperaturaga ham bog‘liq bo‘ladi. Tuzilishi va tashqi sharoitlarga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, uglerod ikkita sodda modda – olmos va grafit ko‘rinishida uchrashi mumkin. Aslida esa, olmos – dielektrik, grafit – o‘tkazgich. Germaniy va kremniy kabi yarim o‘tkazgichlar esa yuqori bosim ta’sirida o‘tkazgichlarga, juda past temperaturalarda esa – dielektriklarga aylanadilar.
    Solishtirma qarshilik temperaturaga bog‘liq. Bu bog‘liqlik mazkur moddaning qarshilikning temperatura koeffitsienti bilan xarakterlanadi.
    (1.4)
    Bu kattalik temperatura bir gradusga ortganda qarshilikning nisbiy ortishini bildiradi. Mazkur modda uchun qarshilikning temperatura koeffitsienti turli temperaturalarda turlichadir, ya’ni temperatura o‘zgarishi natijasida qarshilikning o‘zgarishi chiziqli qonuniyatga mos ravishda emas, balki ancha murakkab ko‘rinishdagi bog‘liqlikka ega. Qarshilikning temperatura koeffitsienti ham musbat, ham manfiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
    Agar absolyut nol temperaturada moddaning elektr o‘tkazuvchanligi nolga teng bo‘lib, temperatura ortishi bilan bu kattalik qiymati ham ortib borsa, bunday moddalar yarim o‘tkazgichlar sinfiga mansub bo‘ladilar. Dielektriklarda elektr o‘tkazuvchanlikning temperatura koeffitsienti keng temperatura intervalida nolga teng. O‘tkazgichlarda esa elektr o‘tkazuvchanlik noldan farqli, temperatura koeffitsienti esa manfiy bo‘ladi.
    SHu vaqtgacha biz sof, ya’ni kiritmasiz moddalarning elektr o‘tkazuvchanligi haqida gap yuritgan edik. Elektr o‘tkazuvchanlikni moddaga boshqa moddaning juda kichik miqdorda kiritma atomi kiritish bilan ham keng diapazonda o‘zgartirish mumkin. YArim o‘tkazgichlarga elektr jihatdan aktiv kiritma kiritilganda elektr o‘tkazuvchanlik ortadi. O‘tkazgichlarda esa kiritma kiritilish bilan elektr o‘tkazuvchanlik kamayadi. Dielektriklarda kiritma kiritilishi bilan elektr o‘tkazuvchanlik yuzaga kelmaydi, faqat ularning rangi o‘zgaradi.
    Boshqa elektr izolyatsion materaillar berilgan sig‘imga ega bo‘lgan elektr kondensatorlarda dielektriklar sifatida qo‘llaniladi.
    Dielektrik materiallarga aktiv dielektriklar ham kiradi. Ular oddiy dielektriklardan (elektr izolyatsion materiallardan) shu jihati bilan farqlanadiki, ularning xossalarini tashqi ta’sirlar yordamida boshqarish mumkin. Aktiv dielektriklar o‘zlariga xos xususiyatlarga mos ravishda o‘z nomlariga egadirlar.
    Segnetoelektriklar elektr maydoni ta’sirida, pezoelektriklar – tashqi mexanik kuchlanish, piroelektriklar – issiqlik yoki sovuq ta’sirida qutblarini o‘zgartiradilar. Elektretlar elektrlanish yoki qutlanish hisobiga qutblarini o‘zgartiradilar va saqlab qoladilar. Elektr optik dielektriklarda sinish ko‘rsatgichi tashqi elektr maydon kuchlanganligi, nochiziqli optik dielektriklarda esa – yorug‘lik nuri tushayotgan elektr maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Aktiv dielektriklarga lazer va mazerlar tayyorlashda qo‘llaniladigan materiallar kiradi.
    Barcha aktiv dielektriklar elektr signallarni generatsiyalash, kuchaytirish yoki modulyatsiyalashda qo‘llaniladidlar, ya’ni o‘zgartirish uchun u yoki bu sxemalarning tashkil etuvchisi hisoblanadilar.

    Download 148.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 148.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2- ma’ruza 2-Modul. Radiomateriallardagi xususiyatlar ta’siri. Radiomateriallarning elektr xususiyatlari. Radiomateriallarning issiqlik xususiyatlari. Radiomateriallarning mexanik xususiyatlari. Reja

    Download 148.34 Kb.