2- ma’ruza Mavzu: Quduqlarda qum tiqinlarining hosil bo‘lishi




Download 186.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.05.2023
Hajmi186.32 Kb.
#61332
Bog'liq
2-maruza (124-124a)
O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi andijon mashinaso, O’zbekiston Respublikasi Moliya Tizimi 123, 5-sinf-ona-tili-fanidan-barcha-chorak-uchun-testlar-javobi-bilanbaxtiyor.uz , Reja Raqamli avtomatik boshqaruv tizimlari tushunchasi-azkurs.org (1), Mustaqil ishi bajardi Qabul qildi Navoiy- 2023 Mavzu Raqamli -fayllar.org (1)


2- ma’ruza 
 
Mavzu: Quduqlarda qum tiqinlarining hosil bo‘lishi 
Qum tiqinlariga qarshi kurash-neft sanoatidagi qadimiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Qumning quduq tanasi odatda bo‘shliq bo‘sh sementlangan jinslarning 
buzilishi natijasida, ma’lum bir sizilish tezligi yoki bosim gradiyentida sizilish 
bosimi ta’siri ostida chiqishi kuzatiladi. 
Qatlamdan qumning chiqishi quduq tubi zonasi jinslarining mustahkamligini 
buzilishi, qatlam jinslarini yemirilishi va buning oqibatida ishlatish quvurlar 
birikmasining deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi, ba’zan quduqni ishdan chiqish 
holatlariga olib keladi. Qatlamdan quduq ichiga kelayotgan qum, quduq tubiga 
cho‘kib tiqin hosil qiladi, bu esa odatda quduqni joriy mahsulot miqdorini 
kamaytiradi. Quduq tubidagi tiqinni bartaraflash uchun sermexnat ta’mirlov ishlari 
talab etiladi va bu neft qazib olishda cheklab bo‘lmas yo‘qotishlar bilan bog‘liq. 
Qatlamdan chiqariladigan qum, ishlatish uskunasining qattiq yemirilishiga olib 
keladi. 
Quduqqa qum kelishini oldini olish 
Mahsulot miqdorini ma’lum bir ruxsat etilgan darajagacha pasaytirish bilan 
jinslarning buzilishini cheklash mumkin. Biroq tog‘ jinslari kuchsiz sementlangan 
sharoitdagi quduqlarni bunday rejimlarda ishlatish ko‘p hollarida iqtisodiy jihatdan 
samarasiz bo‘ladi. Shuning uchun har xil quduq tubi sizgichlari qo‘llaniladi yoki 
quduq tubi zonasida jinslarni qotirish amalga oshiriladi. 
Tayyorlanish konstruksiyasi va texnologiyasiga ko‘ra quvurli va shag‘alli 
sizgichlar mavjud. Quvurli sizgichlarni quduqqa mustahkamlovchi quvurda yoki 
nasos-kompressor quvurlari yordamida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichiga 
tushiriladi. Ularni oddiy (quvurda teshiklar 1,5-20 mm yoki tarqishlar 0,4-0,5 mm li 
o‘lchamda), murakkab (simni o‘rashdan hosil qilingan), metallokeramik 
presslangan kukunni vodorodli muhitda 1200˚ S da qizdirib biriktirishdan hosil 
qilingan turlarga ajratish mumkin. 


Shag‘alli sizgichlar yer yuzasida (shag‘al fraksiyasining diametri 4-6 mm, 
ikkita perforatsiyalangan quvurlar orasidagi oraliq 20-25 mm) va quduq ichida 
(perforatsiyalangan quvur devori ortidagi zarralar qavati yuvilmasa) tayyorlanishi 
mumkin. Quduq tubi zonasining jinslarini mustahkamlash zarralarini o‘zaro har xil 
jismlar bilan bog‘lashdan iborat. Bunda sementli eritma, sement – qumli 
aralashmalarning eritmasi, fenolformaldegidli mum va hokazolar ishlatiladi. 
Usulning mazmuni, vazifasi jismlarni nasos-kompressor quvurlari orqali quduq tubi 
zonasiga haydashdan iborat. Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatidan 
iborat. Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatiga bog‘liq holda, haydash 
jarayoni bir yoki bir necha marta o‘tkaziladi. Eritma tog‘ jinsidagi bo‘shliqlarni 
to‘ldiradi va qotishib qum zarralarini mustahkam holda bog‘laydi biroq bunda 
o‘tkazuvchanlik kamayadi. Mumning qotiruvchi sifatida 15-20% xlorid kislota 
eritmasi qo‘llaniladi. 

Download 186.32 Kb.




Download 186.32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2- ma’ruza Mavzu: Quduqlarda qum tiqinlarining hosil bo‘lishi

Download 186.32 Kb.
Pdf ko'rish