|
2. 2-§. Talabalar individual ishlarini rivojlanirishning didaktik shart-sharoitlari
|
bet | 5/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 93,37 Kb. | | #242799 |
Bog'liq 2.2 12 bet (2)- uslubiy sharoitlar: kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual faoliyatini rivojlantirish va talabalarning individual faolligini jadallashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari va web texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mustaqil tarzda axborotni qidirish, ular ustida qayta ishlashning amaliy muammolarni bartaraf etishga talabalarning individual tarzda faoliyatini amalga oshirishning uslubiy ta’minotini ishlab chiqish.
Yuqorida sanab o’tilgan pedagogik shart-sharoitlarni umumlashtirgan yechimi sifatida tadqiqotimizda elektron ta’lim vositalaridan foydalanish ahamiyatli deb hisoblaymiz. Еlеktrоn tа’lim vоsitаlаri yоrdаmidа tа’lim jаrаyоnini tаkоmillаshtirish, bu nаzаriy vа аmаliy bilimlаrni rivоjlаntirish hisоblаnаdi. Mutаxаssisligini chuqur bilаdigаn, muаmmоlаrni hаl qilishgа qоdir, chеt tilini puxtа о‘zlаshtirgаn, mаxsus kоmpyutеr dаsturlаrini ish jаrаyоnidа qо‘llаy оlаdigаn, yuksаk mа’nаviyаtli kоmil insоnni tаrbiyаlаb yеtishtirish tа’lim jаrаyоnining оldigа qо‘yilgаn аsоsiy vаzifаdir.
Еlеktrоn tа’lim vоsitаlаrining xilmа-xilligigа qаrаmаy, uni tа’lim jаrаyоnidа qо‘llаsh pеdаgоglаrning yuqоri dаrаjаdаgi mаlаkаsi, yа’ni, tа’lim jаrаyоnini tаshkil еtish vа bоshqаrishdа zаrur hisоblаngаn еlеktrоn tа’lim muhitidа ishlаy оlish kоmpеtеnsiyаsi, fаn dоirаsidаgi kоmpеtеnsiyаsi, tаlаbаlаrni о‘qitish uchun zаrur hisоblаngаn bоshqа kоmpеtеnsiyаlаr vа еlеktrоn tа’lim vоsitаlаrini qо‘llаsh mukаmmаl tаrzdа еgа bо‘lingаndа еng yuqоri sаmаrаni bеrаdi.
2.4-rаsm. Еlеktrоn tа’lim vоsitаlаri yоrdаmidа tа’lim оlishning аfzаlliklаri
Tadqiqotimiz jarayonida talabalarning individual faolligini jadallashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari va web texnologiyalaridan samarali foydalanish, mustaqil tarzda axborotni qidirish, ular ustida qayta ishlashning amaliy muammolarni bartaraf etishga talabalarning individual tarzda faoliyatini amalga oshirishning asosiy vositasi “Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanidan elektron o’quv qo’llanma ishlab chiqildi va “Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual ishlashini tashkil etish metodikasini takomillashtirish veb dasturidan foydalanish uchun elektron o’quv qo’llanma dasturi”ga O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 26.01.2024 yilda Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi № DGU 32847 raqamli guvohnoma olingan bo’lib, mazkur elektron o’quv qo’llanmaning quyidagi didaktik imkoniyatlari mavjud:
-elektron o’quv qo’llanma web sayt sifatida “uz”sinfidagi domeniga joylashtirilgan bo’lib, oq’uv qo’llanmadan web sayt sifatida kengaytirilgan formatda onlayn foydalanish imkoniyatini beradi;
- elektron o’quv qo’llanma “Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanidan yaratilgan barcha didaktik materiallari(ma’ruza matnlari, )ni o’zida mujassam qilgan va yuqorida keltirilgan talabalarda individual faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlar ishlab chiqilgan;
- elektron o’quv qo’llanmani smartfon yoki kompyuter xotirasiga ko’chirib olish orqali har qanday turdagi internet bouzerlari orqali oflayn foydalanish imkoniyatiga ega;
- elektron o’quv qo’llanmaga joylashtirilgan testlarni yechilishi natijalari tizimning onlayn va offlayn holatida ham oldindan belgilangan o’qituvchining elektron pochtasiga jo’natiladi;
- talabalarda individual faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan individual tadqiqot topshiriqlari joylashtirilgan;
- individual o’z-o’zini rivojlantirish dasturi joylashtirilgan bo’lib, talaba o’zining individual faoliyatini ushbu dastur asosida mustaqil tarzda tashkil etishi, natijalarini tahlil qilib borish imkoniyatini beradi;
Quyida talabalarning individual topshiriqlariga batavsil to’xtalib o’tamiz.
|
| |