Turizm siyosatini va rejasini ishlab chiqish




Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi183,65 Kb.
#102419
1   2   3   4
Bog'liq
2.3-amaliy mashg\'ulot.Turizmni rejalashtirish

2.3.2. Turizm siyosatini va rejasini ishlab chiqish 
Turistik rivojlanishning reja va siyosatini ishlab chiqish oldin o’rganilgan va 
tahlil qilingan ko’p elementlarni qayta ko’rib chiqishni talab qiladi. Turizmning 
mazkur mintaqa rivojlanish rejasiga va umumiy olib borilayotgan siyosat tomon 
integratsiyasi eng asosiy holatlardan sanaladi. 
Turizm siyosatni ishlab chiqishda uning har xil shakllarini qabul qila olishi 
mumkinligini hisobga olish kerak. Bunda quyidagi masalalar asosiy hisoblanadi: 
• Turizmni rivojlantirishni iqtisodiy, ekologik sotsial – madaniy nuqtai 
nazardan asoslab berish. 
• Rivojlanishning maqsadga muvofiq shakllarini tanlab olish va ular halqaro 
va ichki turizm bozori turlariga to’g’ri kelishi kerak, hamda turistlarni jalb qila 
olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. 
• Tashqi ta’sirlarga qaramasdan turizmni rivojlantira oladigan va atrof – muhit 
jamiyat bilan ham moslasha oladigan quyidagi mavzudagi qarorlarni qabul qilish 
kerak va asoslash kerak: “Turizm davom eta oladimi “, “Bozorga moslashuv” va 
“Mahsulotga moslashuv”. 
• Turizm rivojlanishining amalga oshirsa bo’ladigan darajasini aniqlash. 
Turizm iqtisodiyotining ustuvor sektorlaridan biri bo’lishligi uchun uni o’rtacha 
darajada ushlab turish kerakmi, chegaralash kerakmi yoki rag’batlantirish kerakmi, 
ana shunga qarab qarorlarni qabul qilish. 
Katta mamlakatlar va mintaqalar o’zining ekologik, ijtimoiy – madaniy, 
infrastrukturalari rivojlanishi sharoitlaridan kelib chiqqan holda turizmni 
rivojlantirish bo’yicha o’ziga xos har xil mavsumlarda, har xil darajada va har xil 
tumanlarda qarorlar qabul qilishi mumkin. 
Quyidagi 3 xil rivojlanish sur’atlarini tanlab olish mumkin: 
1. Asta – sekin
2. O’rtacha
3. Tez o’sib boruvchi. 
Agarda turizmni tez o’sib boruvchi sur’atda rivojlantirishga salohiyat yetarli 
bo’lgan taqdirda ham, uning rivojlanishini quyidagi sabablarga ko’ra biroz 
to’xtatib turish mumkin: 
1. Ijtimoiy xarakterdagi sabablar (mahalliy aholining turizmga qarashi) 
2. Infrastruktura rivojlanishi bilan turistik ob’ektlarni qurish o’tasidagi 
bog’liqlik sababi. 
3. Inson resurslari omilini rejalashtirish (kadrlar tayyorlash) 
4. Iqtisodiy xarakterdagi sabablar (turizmning iqtisodiyotning boshqa sektorlari 
bilan bog’liqligi)
Tavsiyalarda albatta tarmoqning hozirgi holati uchun savollar va ko’rsatgichlar 
ro’yxati bo’lishi lozim. Ular boshqa investitsion loyihalarni taklif etish, investitsiya 
marketingni kiritishga qaratilgan chora – tadbirlarni beradi undan tashqari 


tavsiyalarda albatta bo’limlar bo’yicha tushinchalar berilishi va materialni taqdim 
etish usullari kiritilishi kerak. 

Download 183,65 Kb.
1   2   3   4




Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Turizm siyosatini va rejasini ishlab chiqish

Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish