2. 3-mavzu: turizmni rejalashtirishning tamoyillari. Amaliy mashg’ulot rejasi




Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi183,65 Kb.
#102419
  1   2   3   4
Bog'liq
2.3-amaliy mashg\'ulot.Turizmni rejalashtirish



2.3-MAVZU: TURIZMNI REJALASHTIRISHNING TAMOYILLARI. 
 
AMALIY MASHG’ULOT REJASI: 
2.3.1. Turizmni rejalashtirishda tahlil va sintez.
2.3.2. Turizm siyosatini va rejasini ishlab chiqish 
2.3.3.O’RTMT: Turizmni rejalashtirish tamoyillari. 
Tayanch so’z va iboralar: Turistik hudud, turizmni rejalashtirish, turizm 
siyosati, turistik muhit, turistik markaz, infrastruktura, turistik ob’ektlar, turistik 
industriya, ekologik guruh, turistik ijtimoiy guruh, turistik rekreatsion resurslar, 
turizm marketingi, maqsad va vazifalarni belgilash, tashhisni aniqlash, tahlil va 
sintez, reja siyosatni shakllantirish, tavsiyalar, rejani amalga oshirish, monitoring. 

 2.3.1. Turizmni rejalashtirishda tahlil va sintez. 
 Turistik resurslarini quyidagi kategoriyalar bo’yicha baholash taklif etadi: 
• joylashgan joyi, bemalol kira olish imkoniyati, o’ziga jalb qilishi, 
foydalanish holati va qo’layligi, qabul qilish qobilyati va sig’imi, xavfsizligi va 
foydalanish muammolari va istiqbollari. Bu yondashuv doirasida hududdagi 
turistik salohiyatni tashkil etuvchi elementlar bo’yicha axborotlar yig’iladi va 
tizimga solinadi. 
• xududdagi turistik mahsulotlarga bo’lgan talablarni shakllantiruvchi 
omillarni aniqlash va tadqiq qilish. Bunda turizmning har xil shakllarini 
baholashda differentsial yo’l tutilishi kerak. Turistik mahsulotni iste’mol qilishga 
har xil darajada ta’sir qiluvchi omillarning katta qismi mavjud. Shuning uchun 
omillarning son jihatdan miqdori o’zgarishi dinamikasini aniqlash muhim 
hisoblanadi. Tadqiqot qilinayotgan mintaqaga turistlar qatnoviga, amal qilayotgan 
salohiyatga raqobat, turistik markazlarning ta’siriga baho berish kerak. 
• Turistlarning sarf – xarajatlari asosida turistik ta’minot jarayonini tadqiqot 
qilish, kelgusida sof daromadlarni o’zning va chet el valyutasida quyidagilar 
bo’yicha oldindan hisoblash imkoniyatini beradi: olingan daromadning 
multiplikatsiya samarasi, to’g’ri va generatsiyalangan bandlik, davlat va 
mintaqalarning daromadida turizmning ulushi. Olingan ma’lumotlar asosida turizm 
rivojlanishining erishilgan darajasini majmuali baholash o’tkaziladi. Turizm 
rivojlanishida qo’llaniladigan potentsial imkoniyatlar va asosiy yo’nalishlarning 
dolzarb muammolari tahlil qilinadi. 
Turizm resursi – tarmoq va marketing yondashuvi doirasida olingan 
ma’lumotlar va materiallar majmuali baholanishi va tahlil etilishi lozim. Turizm 
tarmoqlarining maqsadi, muammolari va imkoniyatlari haqida axborotlarni tahlil 
etish zarur bo’ladi. Bu standart jarayon quyidagi elementlardan iborat: 
• Rejalarni, dasturlarni va statistik ma’lumaotlarni izlash; 
• Xujjatlarni tahlil etish; 
• Ekspertlardan intervyu olish, gazetalardagi axborotlarni tahlil etish; 


• Zarur bo’lganda ushbu axborotlar bozordagi ob’ektiv va sub’ektiv 
ma’lumotlar bilan to’dirilishi mumkin. (o’tib ketayotgan odamlarni so’rov qilish, 
oilalardan va tashkilotlardan anketa yig’ish) 

Download 183,65 Kb.
  1   2   3   4




Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. 3-mavzu: turizmni rejalashtirishning tamoyillari. Amaliy mashg’ulot rejasi

Download 183,65 Kb.
Pdf ko'rish