2-Amaliy ish Cisco Packet Tracer simulyator interfeysi va uning imkoniyatlarini




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana17.09.2024
Hajmi1,34 Mb.
#271420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
2 amaliy ish

 
3.2. 
Kabelga konnektorni joylashtiring va mustahkamlang. So’ngra kabelning 
ishini tekshiring. Ishni “3.2. vazifa bajarish ketma ketligi” ga asoslanib bajaring.
 
3.1. Vazifani bajarish ketma ketligi.
Ushbu misolda biz Packet Tracer 
(CPT) dasturiy simulyatori yordamida konsentrator bazasida yulduz topologiyali 
tarmoq quramiz va ushbu dasturda yangi ishlarning misollarini ko‘ramiz. 
7-rasm. Konsentrator bazasida yulduz topologiyali tarmoqni modellashtirish 


Ishchi maydonda tarmoq tugunlarini o‘rnatamiz. Hub’s (Konsentrator) 
qurilmalar tipini tanlaymiz. “Ushbu tipdagi qurilmalar ro‘yxati” menyusidan aniq 
konsentrator – Hub-PT ni tanlaymiz va sichqoncha bilan dasturning ishchi 
maydoniga tortamiz. Keyin End Devices qurilmalar tipini tanlaymiz va qo‘shimcha 
menyudan PC-PT stol kompyuterini tanlaymiz hamda uni sichqoncha bilan 
dasturning ishchi maydoniga tortamiz. Shunday qilib, yana uchta kompyuter va bitta 
serverni o‘rnatamiz. Kompyuterlar va serverni konsentratorga ulash uchun 
qurilmalarning yangi tipi Connections ni tanlaymiz, keyin (медный прямой) kabel 
tipini tanlaymiz. Kompyuter tarmoq kartasini Hub-a porti bilan ulash uchun zaruriy 
kompyuter bo‘ylab sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak. Ochilgan grafik 
menyudan FastEthernet0 porti tanlanadi va ShK dan konsentratorga kabel tortiladi, 
bu yerda menyudan konsentratorning istalgan bo‘sh Fast Ethernet porti tanlanadi. 
Bu holda har doim quyidagi qoidaga amal qilish tavsiya etiladi: server uchun 0-
portni, PC1 uchun 1-portni, PC2 uchun 2-portni va hakozo tanlaymiz. Tarmoq 
tugunlariga IP adres va maskalarni beramiz. Buning uchun sichqonchani ikki marta 
bosish orqali zaruriy kompyuterni ochami, keyin Config (Konfiguratsiya)- Interface 
(Interfeys)- FastEthetnet0. IP Configuration parametrlar guruhida Static kalit 
faollashtirilishi zarur, IP Address maydonida kompyuterning IP-adresi kiritiladi, 
maska avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Port status – On. 
Eslatmalarni hosil qilish uskunasi Place Note. Eslatmalarni hosil qilish 
uskunasidan Place Note (N tugmasi) foydalanib barcha qurilmalarning IP larini
hamda ishchi maydonning yuqori qismiga layihamizning nomini “Изучение 
топологии звезда” (Yulduz topologiyasini o‘rganish) yozamiz (8-rasm). 
8-rasm. Place Note uskunasidan foydalanish 


Maslahat. IP adreslarni Config (Konfiguratsiya) oynasidan nusqalash kerak. 
Bunda Place Note uskunasi faollashtiriladi. Eslatmalar bilan ishchi maydonni 
haddan tashqari to‘ldirib tashlamaslik uchun qurilmalar tiplari belgilarini 
(yorliqlarini) olib tashlaymiz: Packet Tracer oynasining yuqori qismidagi Options
menyusini ochamiz, keyin ochilayatgan ro‘yxatdan Preferens punktini tanlaymiz, 
hamda dialog oynasidan Show device model label belgisini olib tashlaymiz (9-
rasm).
9-rasm. Show device model labels bayroqchasini olib tashlash 
Tarmoqning ishlashini sinab ko‘rish uchun biz kompyuterdan boshqa SHK ga 
test ping signalini jo‘natamiz va Simulation rejimini yoqamiz. Event list oynasida 
Edit filters tugmasi yordamida dastlab barcha turdagi signallardan filtrlarni 
tozalaymiz, keyin nazorat signali tipini o‘rnatamiz: faqat ICMP. Keyin Event list 
oynasini yopamiz (10-rasm). 
10-расм. Event list tugmasi 
Oynaning o‘ng tarafidagi grafik menyudan (simple PDU)
ni tanlaymiz va sichqonchani bosamiz, uni SHK ga o‘rnatamiz – 
signal manbasini (masalan, PC3) tanlaymiz, va keyin belgilangan tugunga (bu server 
ham bo‘lishi mumkin). 
tugmasini bosish orqali PDU paket 
harakatini qadamma-qadam kuzatamiz (11-rasm).


11-rasm. Pakentning tarmoq bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tishi 
PDU – OSI modelining har xil darajalarida maʼlumotlar fragmentlarining 
umumiy nomlanishi: Ethernet kadr, ip-paket, udp-datagramma, tcp-segment va 
hakozo. 

Download 1,34 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Amaliy ish Cisco Packet Tracer simulyator interfeysi va uning imkoniyatlarini

Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish