• 2. Qisqa nazariy ma’lumotlar 2.1.
  • 2-Amaliy ish Cisco Packet Tracer simulyator interfeysi va uning imkoniyatlarini




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/17
    Sana17.09.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #271420
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    2 amaliy ish

    Laboratoriya ishi № 3, 4. 
    CISCO PACKET TRACER DASTURIDA LAN TARMOG’INI QURISH VA 
    VLAN TARMOQNI SOZLASH 
     
    1. Ishning maqsadi 
    Ushbu laboratoriya ishi quyidaglar uchun mo‘ljallangan: 
    - Cisco firmasining kommutatoridagi VLAN tarmoqni CPT dasturida 
    sozlashni o‘rganish. 
    - CPT muhitida CISCO uskunalarida VLAN Trunking Protocol (VTP) ni 
    sozlash ko'nikmalarini olish 
    - Cisco routerlarining asosiy parametrlarini va Cisco ning 2-darajali 
    kommutatorlarini o'rganish. 
    2. Qisqa nazariy ma’lumotlar 
     
    2.1.
    VLAN (Virtual Local Area Network) – umumiy talablar to‘plamiga ega 
    bo‘lgan xostlar guruhidan lokal kompyuter tarmog‘i hisoblanadi. VLAN xostlarga 
    o‘zaro guruhlashishga va ajralishga imkon beradi. Bitta VLAN chegaralaridagi 
    qurilmalar aloqa qilishi mumkin, turli VLANlarda bo‘lgan tugunlar esabir-birlari 
    uchun ko‘rinmaydi. Quyida VLANning afzalliklari keltirilgan: 
    - qurilmalarni guruhlarga tez moslashvchan ajratish. Bitta VLANga bitta 
    nimtarmoq mos keladi. Turli VLANlarda bo‘lgan qurilmalar turli nimtarmoqlarda 
    bo‘ladi. Lekin shu bilan bir vaqtda VLAN qurilmaning joylashish o‘rniga 
    bog‘lanmagan va shuning uchun bir-birlaridan masofada joylashgan qurilmalar 
    baribir joylashish o‘rnidan qatʼiy nazar bitta VLANda bo‘lishi mumkin. 
    - tarmoqda keng tarqatiladigan trafikni kamaytirish. Har bir VLAN bu alohida 
    keng tarqatishli domen hisoblanadi. Masalan, kommutator bu OSI modeli 2-
    darajasining qurilmasi hisoblanadi. Kommutatordagi barcha portlar faqat bitta 
    VLAN bilan bitta keng tarqatishli domenda bo‘ladi. Kommutatorda qo‘shimcha 
    VLANlarni hosil qilish kommutatorni bir necha keng tarqatishli domenlarga 
    bo‘lishni bildiradi. Agar o‘sha bir VLAN turli kommutatorlarda sozlangan bo‘lsa, u 
    holda turli kommutatorlarning portlari bitta keng tarqatishli domenni hosil qiladi. 
    - tarmoqnng boshqariluvchanligi va xavfsizligini oshirish. Tarmoq 
    VLANlarga bo‘linganda xavfsizlik siyosatlari va qoidalarining qo‘llanilishi 
    masalasi soddalashadi. VLAN bilan xavfsizlik siyosatlarini aohida qurilmaga emas, 
    balki butun nimtarmoqlarga qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, bitta VLANdan 
    boshqa VLANga o‘tish 3-daraja qurilmasi orqali o‘tishni ko‘zda tutadi, unda bitta 
    VLANdan boshqa VLANga o‘tishga ruxsat etadigan yoki taʼqiqlaydigan siyosatlar 
    qo‘llanadiyu 


    VLANlar kommutatorlar, marshrutizatorlar, boshqa tarmoq qurilmalari va 
    xostlarda sozlanishi mumkin. Lekin VLANni tushuntirish uchun kommutatorlar eng 
    yaxshi to‘g‘ri keladi (1- rasm). 
    Kommutator bu 2-daraja qurilmasi va dastlab kommutatorning barcha portlari 
    1- VLANda va demak bitta keng taratishli damenda bo‘ladi.

     
    1-rasm. Cisco kommutatorlaridagi VLAN li tarmoq 


    Cisco atamalari quyidagicha: 

    access port – bitta VLANga tegishli bo‘lgan va teglanmagan trafikni 
    uzutadigan 

    trunk port – bir yoki bir necha VLANlarning teglangan trafigini 
    uzatadigan port. 
    Access portlarni sozlash quyidagicha. 
    VLANda kommutator 1- va 2- portlarining vazifalari quyidagicha: 
    sw1(config)# interface range fa0/1 - 2 
    sw1(config-if)# switchport mode access 
    sw1(config-if)# switchport access vlan 2 
    fa0/4 do fa0/5 v vlan 10: 
    sw1(config)# interface range fa0/4 - 5 
    sw1(config-if-range)# switchport mode access 
    sw1(config-if-range)# switchport access vlan 10 

    Download 1,34 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Amaliy ish Cisco Packet Tracer simulyator interfeysi va uning imkoniyatlarini

    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish