bitta VLANni, bu holda 2 raqamli VLANni konfiguratsiyalashingizni bildiradi (3-
rasm).
VLAN2 komandasi orqali, biz kommutatorda yangi 2 raqamli VLANni
yaratamiz.
name subnet_5 komandasi 2 raqamli virtual tarmoq subnet_5 nomini
tayinlaydi. interface range fast Ethernet 0/1-3 komandasini bajarish bilan biz
kommutatorning fastEthernet 0/1, fastEthernet 0/2 va fastEthernet 0/3 interfeyslarini
konfiguratsiyalashga o‘tamiz. Bu komandadagi range so‘zi biz bitt port emas, balki
portlar diapazonini konfiguratsiyalashimizni bildiradi.
switch port mode access komandasi kommutatorning tanlangan portini
ulanish porti (access port) sifatida konfiguratsiyalaydi. switch port access vlan 2
komandasi bu port 2 raqamli VLAN uchun port ekanligini ko‘rsatadi.