|
2-amaliy ish. Ms excel 2007 dasturida ishlash Ishning maqsadi
|
bet | 3/4 | Sana | 23.10.2020 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #12201 |
7. Jadvalni yakunlash.
Yuqorida keltirilgan namunaga qarab jadvalning pastiga yana bir qator qo’shing.
Oxirgi qatorni qayta to’ldiring (14-rasm).
14-rasm. Oxirgi qatorni qayta to’ldirish.
Oxirgi qatorning F ustuniga formula yozing (=сумм(F3:F11) va ENTER tugmachasini bosing (15-rasm).
15-rasm. F3:F11 katakchalarining qiymatlarini qo'shish uchun formula yozish
3-MASHG’ULOT
Matematik operatsiyalarni bajarish.
8. Yig’indini va ko’paytmani hisoblash.
B8 katakchasiga (=сумм(B4:B7)) formulani yozib, B4:B7 katakchalaridagi sonlarning yig’indisini hisoblang (16-rasm).
16-rasm. Sonlarni qo’shish.
Е8 katakchasiga (=Е4*Е5*Е6*Е7) formulani yozib Е4:Е7 katakchalaridagi sonlarning ko’paytmasini hisoblang. Formulani yozishda katakchaning koordinatasini yozish o’rniga har safar kursor bilan o’sha katakchani bosishingiz va keyin ko’paytiruv “*” belgisini kiritishingiz mumkin.
17-rasm. Sonlarni ko’paytirish.
9. Ayirish, bo’lish va darajaga ko’tarish.
H8 katakchasiga (=H4*H5*H6*H7) formulani yozib H4:H7 katakchalaridagi sonlarni bir-biridan ayiring. Formulani yozishda katakchaning koordinatasini yozish o’rniga har safar kursor bilan o’sha katakchani bosishingiz va keyin ayiruv “-” belgisini kiritishingiz mumkin.
18. Вычитание чисел.
K6 katakchasidagi sonni K7 katakchasidagi songa bo’ling. Buning uchun, K8 katakchasiga (=K6/K7) formulani yozing (19-rasm). Formulani yozishda katakchaning koordinatasini yozish o’rniga kursor bilan o’sha katakchani bosishingiz va keyin bo’lish “/” belgisini kiritishingiz mumkin.
19-rasm. Sonlarni bo’lish.
Darajani hisoblang: 42. Buning uchun N8 katakchasiga (=N6^N7) formulasini yozing (20-rasm). Formulani yozishda katakchaning koordinatasini yozish o’rniga kursor bilan o’sha katakchani bosishingiz va keyin daraja “^” belgisini kiritishingiz mumkin.
20-rasm. Sonni darajaga ko’tarish.
|
| |