|
2-Amaliy mashg’ulot Ichki pochta jo'natmalarini qabul qilish, ishlov berish va topshirishning texnologik jarayonlari. Pochta posilkalarini qabul qilish, ishlov berish va yetkazib berish jarayonlari
|
Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 15,09 Kb. | | #155011 |
Bog'liq 2-amaliy ish
2-Amaliy mashg’ulot
Ichki pochta jo'natmalarini qabul qilish, ishlov berish va topshirishning texnologik jarayonlari. Pochta posilkalarini qabul qilish, ishlov berish va yetkazib berish jarayonlari
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 28 oktyabrdagi 270-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasining yangi pochta indekslari ishga tushirildi.
O'zbekiston Respublikasining yangi olti raqamli pochta indeksatsiyasi pochta aloqasi tarkibiy bo'linmalari va aholi punktlarining respublika ma'muriy tuzilmalariga tegishliligini hisobga olgan holda qurilgan.
Yangi pochta indekslarini joriy etish texnologik jarayonlarni yanada takomillashtirish orqali ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshiradi.
Yangi pochta indeksi oltita belgidan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi viloyatlariga quyidagicha shaklda ko'rinadi:
- indeksning dastlabki ikki raqami viloyat markazi yoki viloyat hududining shartli kodini ko'rsatadi;
- indeksning uchinchi va to'rtinchi raqamlari tuman markazi, tuman yoki viloyat bo'ysunish shaharlarining shartli kodini ko'rsatadi;
- indeksning beshinchi va oltinchi raqamlari pochta aloqasining shartli kodini (pochta aloqasi boglanmasini) ko'rsatadi.
Misol uchun: 120216 indeksi
12 – Sirdaryo viloyati 02 – Boyovut tumani 16 –Usmanobod aholi punktiga xizmat ko'rsatuvchi pochta aloqasi bo'limi.
Toshkent shahri uchun yangi pochta indeksi respublika viloyatlaridan farqli o'laroq o'ziga xos xususiyatga ega. Toshkent shahar pochta indeksi quyidagicha:
- indeksning dastlabki uchta raqami Toshkent shahrining shartli kodini ko'rsatadi;
- indeksning ikkinchi uchta raqami Toshkent shahar pochta aloqa bo'lim raqamini ko'rsatadi.
Misol uchun: 100123 indeksi
100 – Toshkent shahri
123 – pochta aloqa bo'limi
O'zbekistonning viloyatlari va Toshkent shahrining pochta indekslari:
Qaraqalpaqstan Respublikası indekslari - 230100 (231100)
Andijon viloyati indekslari - 170100 (171100)
Buxoro viloyati indekslari - 200100 (201100)
Jizzax viloyati indekslari - 130100 (131100)
Qashqadaryo viloyati indekslari - 180100 (181100)
Navoiy viloyati indekslari - 210100 (211100)
Namangan viloyati indekslari - 160100 (161100)
Samarqand viloyati indekslari - 140100 (141100)
Toshkent viloyati indekslari - 110000
Surxondaryo viloyati indekslari - 190100 (191100)
Sirdaryo viloyati indekslari - 120100 (121100)
Farg'ona viloyati indekslari - 150100 (151100)
Xorazm viloyati indekslari - 220100 (221100)
Toshkent shahri indekslari - 100000
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-Amaliy mashg’ulot Ichki pochta jo'natmalarini qabul qilish, ishlov berish va topshirishning texnologik jarayonlari. Pochta posilkalarini qabul qilish, ishlov berish va yetkazib berish jarayonlari
|