• Masalaning qo‘yilishi
  • Ishni bajarish uchun namuna
  • Nazorat savollari
  • Foydalanilgan adabiѐtlar
  • 2-amaliy mashg‘ulot. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e- kommunal uz dan amaliѐtda foydalanish Ishdan maqsad




    Download 1.84 Mb.
    Sana31.03.2024
    Hajmi1.84 Mb.
    #182966
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot
    1-2-бўлимлар, SIZ HALI HAM IELTS GA TAYYORLANIB YURIBSIZMI, hh4kVLdHZw2WCZlNz1UHjdugmLyQgnqfsZEOnmuq, Barchasi test 2016, Bobojonov R gidroekolgiya kurc ishi., Texnologiya, Toplamlar, fghjfgfg, afsona va rivoyatlar, Mustaqil ish №2, NILUFAR ISKANDAROVA ISTAMJON QIZI, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg, 4.1-модул-матем, Erkinova, Jayhunning dars jadvali(1)


    2-amaliy mashg‘ulot. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e- kommunal.uz dan amaliѐtda foydalanish


    Ishdan maqsad: Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko‘rinishida interaktiv xizmatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
    Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi e-kommunal.uz, ya’ni Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalidan ID.uz yagona identifikatsiya tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi xamda elektron xisoblagichlarni profilga kiritib onlayn to‘lovni amalga oshirishi lozim.


    Ishni bajarish uchun namuna
    Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz Portalning asosiy vazifasi aholining uy-joy-kommunal soha va
    kommunal xizmat vakillari, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining sohaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishdir. Portalning maqsadi – interfaol va axborot xizmatini ko‘rsatish orqali kommunal xizmatlarining aholi, tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun yagona axborot makonini tashkil etish, kommunal xizmatlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashdan iborat. Portal ѐrdamida iste’molchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish maqsadida kommunal xizmat va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati avtomatlashtirilmoqda.

    2.1-rasm E-kommunal.uz


    Фойдаланувчи тизимдан фойдаланиш учун ID.UZ ягона идентификация тизимида рўйхатдан ўтиш керак бўлади.
    2.2-rasm Ro‘yxatdan o‘tish bo‘limi

    2.3-расм ID.uz


    Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng xizmatlar yetkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o‘z profilidagi ma’lumotlarni, misol uchun, o‘z manzilini ko‘rsatgandagina boshqaruvchi kompaniyalarning rekvizitlarini bilib olish uchun «Xizmatlar yetkazib beruvchilarim» xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tganda axborotni yangilash imkoniyati mavjud.


    Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yuqori o‘ng burchakda foydalanuvchi ismi va familiyasi bilan bir qatorda ―xizmatlar profili‖ paydo bo‘ladi. Bu xizmatlar profilida «Murojaatlarim», «Xizmatlar yetkazuvchilarim», «Profilim» va «Vijetlarim» servislariga menyusi paydo bo‘ladi. «Profilim» bo‘limida foydalanuvchi kommunal hisob- raqamlarini to‘ldirish kerak. Shundan so‘ng «Vijetlarim»da resursdan foydalanuvchi on-layn rejimida kommunal bo‘yicha joriy hisoblanmalarni ko‘rishi mumkin.


    2.4-расм

    Natijada Vidjet bo‘limida sovuq suv, elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq suv uchun to‘lagan pullari haqida ma’lumotlarni (qarz bo‘lsa,

    qarzlarni) kuzatib borishi imkoniyati mavjud.


    2.5-rasm Onlayn vidjet.


    Interaktiv xizmatlar bo‘limi mavjud. Bo‘limda bir qancha xizmatlar mavjud



    • kommunal xizmatlar kalkulyatori

    • kommunal xizmatlari uchun onlayn to‘lov va balansni tekshirish

    • qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori

    • savol berish

    • so‘rovnomalar

    • murojaat

    • to‘lov varaqasi




    2.6-rasm Interaktiv xizmatlar.

    2.7-rasm Onlay kalkulyator


    E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat –


    «Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun qancha to‘lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib turli tariflar qo‘yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.



    2.8-rasm Onlayn to‘lov bo‘limi

    Kommunal xizmatlari elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun u-pay va mbank to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lov imkoniyati mavjud.



    2.9-rasm Savol berish bo‘limi.



    2.10-расм. Мурожаат бўлими.

    Murojaat bo‘limida murojaat formasini to‘ldiriladi, zarur hollarda esa unga qo‘shimcha fayllarni qo‘shish imkoniyati mavjud. So‘ngra foydalanuvchi tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat organiga jo‘natadi.


    2.11-rasm. To‘lov varaqasi


    To‘lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo‘yicha to‘lov varaqa xosil bo‘ladi, to‘lov varaqa to‘ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.




    Nazorat savollari

      1. Yangi kommunal xizmatlardan qanday foydalaniladi?

      2. ID.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish?

      3. Kommunal xizmatlarni onlayn to‘lashda xizmatlar ketma-ketligi

      4. Vijet bo‘limini shakllantirish?



    Foydalanilgan adabiѐtlar



    1. ―Elektron hukumat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2015 yil 9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 49-son, 611-modda. 3-15 b.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori.

    3. http://www.e-kommunal.uz

    4. http://www.my.gov.uz




    Download 1.84 Mb.




    Download 1.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg‘ulot. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e- kommunal uz dan amaliѐtda foydalanish Ishdan maqsad

    Download 1.84 Mb.