Prezida ishlash amaliyoti. Prezi.com saytida ro„yxatdan o„tish oddiy bo„lib, avvalo siz dastur versiyasini
tanlashingiz kerak bo„ladi, so„ng ro„yxat formasi to„ldiriladi. Formani to„ldirishda elektron
manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun “New Prezi” tanlaymiz. Shundan so„ng bir necha
shablonlardan iborat yangi ko„rinish hosil bo„ladi. Agar siz ishni toza varoqlarda ish
boshlamoqchi bo„lsangiz unda “Start blank prezi” variantini tanlaymiz.
9-rasm. Taqdimot shabloning tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosni quramiz va unda kerakli
ma‟lumotlar bilan to„ldiramiz. Buning uchun taqdimot muharriri mavjud. Ish stoli
elementlarini sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak shablondagi
barcha elemenlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o„zgartirish mumkin (9-rasm).
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo„ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori
qismida joylashgan va uchta menyuga guruhlangan:
“Frames and Arrows”- formaning turli sohalarini belgilash imkoniyati va taqdimotga
yangi slayd ko„rinishlarini qo„shish.
“Insert”- kerakli ma`lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa
fayllarni qo„shish imkoniyati. Keng va qo„llash mumkin bo„lgan klipart galeriyasidan
foydalanish imkoniyati mavjud. Taqdimot namoyishdagi musiqa jo„rligini ham
joylashtirish mumkin.
“Theme”- ko„rish jihozlanishini sozlash va xohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash
imkoniyatiga ega bo„lamiz. Taqdimot jihozlanishni yoki biror bir element rangini
o„zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Ishni xohlagan bosqichida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko„rish mumkin, bu
amaliyot oynaning chap tomonida joylashgan “Present” tugmasini tanlash orqali bajariladi.
Prezi servis bo„lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo„lsa-da
muharirdan chiqib ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo„ladi (10-rasm).
10-rasm. Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Hujjatni saqlashda xohlagan maqul uslubni tadbiq etishishingiz mumkin. Taqdimotni
onlayn shaklida namoyish etish yoki PDF formatida saqlash ham mumkin bo„ladi[12].