• 3. To’liq amallar sistemasi. to’liq amallar sistemasi Mantiqiy amallar
  • 2. Asosiy amallar, xossalari. To’liq amallar sistemasi




    Download 147,13 Kb.
    bet1/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi147,13 Kb.
    #143227
      1   2
    Bog'liq
    Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari-fayllar.org





    Mavzu:Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, 
    xossalari, to’liq amallar sistemasi.
    Reja:
    1.Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari, to’liq amallar
    sistemasi.
    2. Asosiy amallar, xossalari.
    3. To’liq amallar sistemasi. to’liq amallar sistemasi


    Mantiqiy amallar, mantiqiy operatsiyalar — berilgan
    hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat amallar.
    Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar bir oʻrinli,
    ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar
    soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin
    (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan
    yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan
    amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi
    yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin
    boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli
    Mantiqiy amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal
    deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas"
    deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", (]
    2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas.
    Ikkilik kodda yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy
    amallar mos razryadlar boʻyicha bajarilib, i oʻrniga 1, l oʻrniga 0
    olinadi, matn shakliga aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida
    chiqish qurilmasiga beriladi. Mantiq-informatsion mashina tez
    ishlashi, "xotira" hajmining kattaligi bilan oddiy hisoblash
    mashinalaridan farq qiladi. Mantiq-informatsion mashina i. t.
    natijalarini ishlash, adabiyot topishni avtomatlashtirish, sanoat,
    qishloq xoʻjaligi va transportga oid statistik maʼlumotlarni,
    davolash muassasalarida bemorlarni kuzatishdan olingan
    natijalarni, meteorologik, seysmologik stansiyalardan, Yer
    sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash va tarjima
    ishlarida qoʻllaniladi


    Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli


    mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa
    yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir.
    Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi
    haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.
    u
    Mulohazalar sodda va murakkab boʻlishi mumkin. Biror shart
    yoki usul bilan bogʻlanmagan hamda faqat bir holatni ifo-
    dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda
    mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni
    hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda
    mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bogʻlovchilar, “EMAS
    shaklidagi koʻmakchilar yordamida tuziladi.


     
    Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan,
    A= “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza
    faqat ikkita: “rost” yoki “yolgʻon” mantiqiy qiymatga ega
    boʻlishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami
    bilan, “yolgʻon” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.
    u
    A va B sodda mulohazalar bir paytda rost boʻlgandagina rost
    boʻladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish
    amali mantiqiy koʻpaytirish amali deb ataladi.


    Bu amalni konyunksiya (


    lotincha
    : conjunctio–
    bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy koʻpaytirish
    amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA”
    bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda “A va B” , “A and
    B” , “A Λ B” , “A · B” kabi koʻrinishda yoziladi. Mantiqiy
    koʻpaytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik

    jadvali deb ataladi

    A va B mulohazalarning kamida bittasi rost boʻlganda rost


    boʻladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish
    amali mantiqiy qoʻshish amali deb ataladi.
    Bu amalni dizyunksiya (
    lotincha
    : disjunctio – ajrataman) deb
    ham atashadi Mantiqiy qoʻshish amali ikki yoki undan ortiq
    sodda mulohazalarni “YOKI” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi
    hamda va “A yoki B”, “A or B” , “A V B”, “A + B” kabi
    koʻrinishlarda yoziladi.
    Mantiqiy qoʻshish amalining rostlik jadvali quyidagicha:


    A mulohaza rost boʻlganda yolgʻon, yolgʻon


    boʻlganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil
    qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.
    Bu amalni inversiya (
    lotincha
    : Inversio – to’ntaraman)
    deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali “A EMAS” ,
    “not A” , “
    ᒣ A” , “” koʻrinishlarda yoziladi. Mantiqiy
    inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:


    Koʻrinib turibdiki, mantiqiy oʻzgaruvchilar,


    munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar
    yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.
    Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi
    tartibda bajariladi: inkor ( ù ), mantiqiy koʻpaytirish ( Ù
    ), mantiqiy qoʻshish ( Ú ).
    Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi
    bajarilayotganda amallar chapdan oʻngga qarab
    tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok
    etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi.
    Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi
    qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.



    Misol uchun: A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A
    va (A EMAS)” mulohazaning qiymatini aniqlang.
    Yechish
    :A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS)
    yolgʻon qiymatga ega boʻladi. U holda rost va yolgʻon
    qiymatlarning koʻpaytmasidan (“VA” amali) yolgʻon
    natijaga ega boʻlamiz. Shunday qilib, javob “yolgʻon”
    ekan.




    Download 147,13 Kb.
      1   2




    Download 147,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Asosiy amallar, xossalari. To’liq amallar sistemasi

    Download 147,13 Kb.