• 3.Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash. 4.Tog‘li hududlardagi yo‘l trassasi. 5.Avtomobil yo‘li elementlarini landshaft bilan uyg‘unlashuvi.
  • 1. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
  • 2. Avtomobil yo‘lining fazoviy ravonligi. Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash




    Download 31.87 Mb.
    bet1/30
    Sana24.02.2024
    Hajmi31.87 Mb.
    #161868
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    10-11 mavzu
    1-mavzu, 2-Oraliq nazorat, Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft taskil etish, 10-11 Maruza, Mehribon onam

    10-11 MAVZULAR. AVTOMOBIL YO‘LLARINI OBODONLASHTIRISH VA ARXITEKTURA-LANDSHAFT LOYIHALASH
    REJA:
    1.Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
    2.Avtomobil yo‘lining fazoviy ravonligi.
    3.Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.
    4.Tog‘li hududlardagi yo‘l trassasi.
    5.Avtomobil yo‘li elementlarini landshaft bilan uyg‘unlashuvi.
    6.Avtomobil yo‘llarida chorrahalar.
    7.Avtomobil yo‘llarini donali materiallar bilan qoplash.

    Tayanch iboralar: Mozaika, bruschatka, pnevmatik shina, avtomobil, qo‘l mexnati, landshaft, yo‘l elementlari, chorraxa, arxitektura, bo‘ylama kesim, trassa, qumli asos, qoplama, trassa, yuza, ravonlik, tezlik, yo‘l poyi, asfaltobeton.
    1. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
    Hozirgi avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft loyihalash tushunchasi birdan paydo bo‘lmagan. Yo‘lga estetik ko‘rinish berish inson xayotining rivojlanishini uzoq vaqt davom etgan jarayonida va u yaratgan material dunyosida shakllanib borgan. Umuman yo‘lning landshafti to‘g‘risidagi tushunchasi nisbiy tavsifga ega. U tarixiy davrga bog‘liq holda o‘zgarib turadi va har xil xalqlarda har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Shu bilan birgalikda landshaft loyihalashning umumiy asosi va tushunchasi mavjuddir. Bu inson tomonidan qadimgi davrda shakllantirilib hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunda yo‘lni landshaftli loyihalashda uchta jihati mavjud:
    Yo‘lning xusni (chiroyi) tushunchasi va undan olinadigan foydani birligi, uni funksional-estetik maqsadi;
    Yo‘lning o‘zini tashqi ko‘rinishi, ob’ektni fazoda arxitektura estetikasi;
    Yo‘lda harakatlanganda olinadigan xissiyotlarni yig‘indisi deb tushuniladigan yo‘lning xusni (chiroyligi), yo‘l atrofini xusni.
    Bu keltirilgan estetik jihatlar toza «ideal» ko‘rinishda mavjud emas. Ular o‘zaro birlashadilar va bir birlarini boyitadilar. Ammo tarixiy taxlillar inson sivilizatsiyasining qadimgi rivojlanish bosqichida ularni mavjudligi va tushinib yetilganini ko‘rsatadi.
    Qadimgi yo‘llar takomillashgan ob’ekt xisoblanmagan – ularda harkatlanish ko‘pincha qiyin va xavfli bo‘lgan. Yo‘lda yuruvchi yo‘lovchini harakati yengil va tez bo‘lishi – yo‘lning sifatiga: uni kengligiga, ravonligiga, to‘siqlarni borligiga, dam olish imkoniyatiga, tunash joyiga, suv manbalariga bog‘liq bo‘ladi.
    Qadimda, Assiro-Vavilonda, Qadimgi Hindistonda, Gresiyada, Xitoyda yuzaga kelgan mifologik manbalarda yo‘lga tegishli bo‘lgan «to‘g‘ri», «keng», «tog‘li» atamalarni uchratish mumkin. Shunday qilib qadimda yo‘lning sifati to‘g‘risida texnik deb ataluvchi ideal-abstrakt tushunchalar tug‘ilgan: ya’ni uni to‘g‘riligi, kengligi ,qoplamani ravonligi, yo‘lda toshlar yoki boshqa buyumlarni bor yoki bo‘lmasligi.
    Ammo qadimda bunyod qilingan, ya’ni qurilgan yo‘llarni hozirda «obodonlashtirish» deb ataluvchi atamasiz tafakkur qilib bo‘lmaydi. Eng qadimgi yozuvlarda yo‘l to‘g‘risida, shuningdek yo‘lni obodonlashtirish usullari, ularni darajasi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar keltirladi. Bu ma’lumotlar bizning eragacha bo‘lgan 1299 yilda yashab o‘tgan yegipet faraoni Ramzes II ga tegishli bo‘lib, unda yo‘lni obodonlashtirishga katta e’tibor berilgan.
    Yo‘lning amaliy va estetik sifati ko‘p holatlarda uni texnik jihatdan ko‘rilayotgan davr uchun transport turiga bog‘liqdir. Birlamchi yo‘llar yoki yo‘lovchi yo‘lakchalari joyning rel’efiga uzviy bog‘liq, ular sun’iy shaklda biri biridan ajralib turmagan. Ammo g‘ildirakli transportni paydo bo‘lishi bilan (Shumer, 6000 yil avval) ayrim uchastkalarda bo‘ylama qiyalikni ko‘tarmalar, ya’ni sun’iy yo‘l qurish bilan o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Bunday ko‘tarmalar Qadimgi Mesopotamiyada, Persiyada va boshqalarda qurilgan, ammo yo‘l umuman muhandislik inshooti sifatida ko‘rilmagan.
    Sifatli o‘zgarish bizning eradan avval IV-II asrda Qadimgi Rimda ro‘y berdi. Bunda yo‘lga landshaft bilan uyg‘unlashtirgan holda sun’iy shakl berildi. Yo‘lni to‘g‘ri qilib qurishga, toshli qoplama yoki qum bilan qoplashga harakat qilingan. Agar jar yoki kichik daryochalar uchrasa ularni ko‘prik qurish bilan o‘tilgan, ko‘tarmalar qurilgan, ularga tekislash bilan estetik-chiroy berilgan. Arxitektura-qurilishga oid «Yo‘lning xusni (chiroyi)»degan tushuncha shakllangan, inson qo‘li bilan yaratilgan sun’iy inshootlar barpo bo‘lgan.
    Takidlash kerakki, Rim yo‘llarini to‘g‘riligi faqat aloqani tezlashtirish bo‘lib qolmasdan (harbiy-strateg, pochta aloqasi) rim transportini hususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi rimliklarda g‘ildirakli aravalarda buruvchi o‘qlar bo‘lmagan.
    Tosh terilgan yo‘llar (1.1-rasm) faqat transport harakatini o‘zgartirib qolmasdan unga yangi estetik ko‘rinish bergan. Yo‘llar yoki tosh terilgan ko‘chalar umumiy holatda arxitekturali-tashkiliy muhitga aylangan, o‘zining konstruktiv materiali bilan qadimgi shaharlarning binolariga yaqinlashib borgan.
    Insoniyat tarixini qadimgi bosqichida maxsus yo‘llar shakllana borgan. Eng ko‘p tarqalgan yo‘l bu harbiy-strateg va savdo ahamiyatiga ega, shuningdek podshoxlar va sarkardalar yo‘llari bo‘lgan.
    Qadimgi podshox yo‘llariga misol tariqasida assiriy podshohi Sinaxribni bizning eradan 700 yil avval Vavilonda qurgan yo‘lini ko‘rsatish mumkin. Bu amalda shahar yo‘li bo‘lib, rel’efga moslashtirilgan va haykallar bilan bezatilgan. Balkonlar va yo‘lga chiqib turadigan birorta narsa qurishga ruhsat berilmagan. Podsho yo‘llari juda yuqori darajada

    1.1-rasm. Tosh terilgan Rim yo‘li

    obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi bilan boshqa yo‘llardan ajralib turgan.


    Keyinchalik imperator yo‘llarini qurilishi arxitektura-rassomchilikni juda muxim vazifasi hisoblangan va o‘sha davrning umumiy holatini aks ettirgan. Masalan Lyudovik XIV tomonidan XVII asrning oxiri – XVIII asrning boshida qurilgan Parij-Versal yo‘lini ko‘rsatish mumkin. U absolyut to‘g‘ri va bir necha qator alleya bilan o‘ralgan bo‘lib, juda viqorli ko‘rinishga ega
    bo‘lgan.
    Rossiya yo‘l tarixida eng mashhur podshoh yo‘li XVIII asrda qurilgan Peterburg-Podshoh qishlog‘i (Sarskoe Selo) hisoblangan. U juda yuqori arxitektura-rassomchilik yechimiga ega bo‘lgan.
    Sakral yo‘llari juda katta estetik ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday yo‘llarga diniy yoki magistik ritual harakatlarni olib borish mumkin bo‘lgan yo‘llar kirgan, ular ibodatxonalarga, mozorlarga va boshqa diniy ahamiyatga ega bo‘lgan binolarga olib borganlar. Bunday yo‘llarni eng mashhurlari – jarayonlar yo‘li – Qadimgi Vavilonda esa Gilva- Ishtar darvozalarini bog‘lagan. Qadimgi Gresiyada muqaddas yo‘llar Afinadan Elevsinga tomon davom etgan, ularda diniy marosimlar o‘tkazganlar.
    Umuman olganda sakral yo‘llariga har-xil arxitektura-rassomchilik ob’ektlari: darvoza, haykallar, dekarativ devorlar (1.2-rasm) va boshqalar qurilgan.

    1.2-rasm. Vavilonga xos bo‘lgan yo‘ldan fragment. Taxminan bizning eragacha 580 yil


    Karnakdagi sfinkslar alleyasi juda mashhurdir, unda ibodatxonaga olib boruvchi uzunligi 400 metr bo‘lgan yo‘lning ikkala chetiga xaykallar o‘rnatilgan. Pekin atrofida Minsk dinastiyasi davrida Muqaddas yo‘l (1.3-rasm) qurilgan, u imperatorlarni ko‘milgan joyiga olib borgan.





    1.3-rasm. Minsk dinastiyasi davrida Xitoyda qurilgan muqaddas yo‘l


    Insonlar yo‘l chetidagi ko‘kalamlashtirishni kerakligini erta tushunganlar. Boshqa ko‘p holatlar kabi bunda tabiatni o‘zi ularga ishonchli o‘qituvchi bo‘lgan. Orientirlash uchun qulay daraxtlar (yo‘l chetida o‘sgan daraxtlar) dam olish uchun ham qulay bo‘lgan, ular soya solganlar va yog‘inarchilikdan saqlaganlar.


    Daraxtlar va butalar tabiiy yo‘l- daryolarni chetida o‘sgan. Bu asosan quriq issiq iqlimli qadimgi sharq sivilizatsiyasiga, Nil daryosi vodiysi, Panjobdagi ikki daryo oralig‘iga xos bo‘lgan.
    Neolit darining boshlanishi yerlarni qayta ishlash, madaniy o‘simliklarni ekish chegaralarni belgilash va yo‘lovchi yo‘lakchalarini tashkil qilishda landshaft-qayta o‘zgartirish tadbirlarini boshlanishi xisoblanadi.
    Eramizgacha bo‘lgan VI-V asrga taalluqli bo‘lgan Persepoldagi (Persiya) Dariya I ga tegishli qasr tashlandiqlaridan topilgan toshli releflarda daraxtlar alleya qatori ko‘rinishida tasvirlangan. Salamansara III ga tegishli darvoza oldida ketayotgan xarbiyni daraxtlar oldidan o‘tishi tasvirlangan (1.4-rasm).



    1.4-rasm. Yo‘l chetidagi daraxtlar. Salamansara III ga tegishli darvoza oldidagi daraxtlar


    Qadimgi Xitoy imperatori sin-Shixuandi bizning eragacha III asrda yo‘l qurilish dasturini amalga oshirib, katta mashtabda yo‘l chetiga daraxtlar ekishni buyurgan. Bu dasturni keyinchalik Chingiz-xonni nevarasi Xubalay (XIII asr) davom ettirgan. U Xulaguid imperiyasi davrida yo‘l chetiga daraxt ekishni amalga oshirgan. Daraxtlar faqat soya berib va uni bezatib qolmasdan harakatning yo‘nalishini ham belgilagan.


    Ming yillar davomida quruqlikdagi yo‘llar ko‘kalamzorlashtirilgan. Bunday ko‘kalamzorlashtirishni odatdagi shakli to‘g‘ri alleyali bo‘lib, boshqa shakllardan ajratib turgan, shuningdek ular yo‘nalish olish imkonini bergan. Daraxtlar yo‘lda drenaj rolini ham o‘ynaganlar, soya solib turganlar, ayrim hollarda meva berganlar. Shu bilan birgalikda to‘g‘ri ekilgan daraxtlar tabiiy shakl bilan uyg‘unlashib ketgan.
    Yevropada alleyalarni doimiy ekish XVII asrdan yo‘l qurilishi keng ko‘lamda olib borilishi bilan boshlangan.
    Ma’lumki avtomobil yo‘llari muxandislik inshooti sifatida, yuz yillar davomida xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori estetik talablarga javob berishi kerak. Ular faqat landshaftni butunligi va xusnini buzmasdan, balki aksincha o‘zining ratsional joylashuvi bilan joyning alohida xususiyatlari va uni chiroyini ochib berishi kerak. Shuningdek estetik talablarni qanoatlantirish balan birgalikda yuqori tezlikda yuk va yo‘lovchi tashish jadalligini oshirishi, transportlarni ishlashida minimal sarfini ta’minlashi, qulay bo‘lishi, xaydovchi va yo‘lovchilarni charchatib qo‘ymasligi kerak.
    Joylarda yo‘llarni joylashuvini uchta ko‘rinadigan yo‘nalishi bo‘yicha baholash kerak: tashqi tomondan, aholi joylarida yashovchi insonlar nazaridan; avtobus va yengil mashinalarning yo‘lovchilari yo‘lga qaraganida ko‘zga tashlanadigan manzara nazaridan; yo‘l bo‘ylab avtomobil haydovchisini o‘tirgan joyi nazaridan. Oxirgi holatda yo‘l – bu haydovchilarni mehnat faoliyati olib boradigan joy sifatida ko‘rilishi kerak. Haydovchi tomonidan uni qabul qilinishi bevosita diqqatli bo‘lishi va charchamasligini ta’minlashi kerak, chunki u mehnat unimdorligi va harakatni havfsizligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun yo‘llarni loyihalashda texnik estetikani talablarini qondirish, ya’ni avtomobillar, stanoklar, maishiy buyumlarning xususiy tuzilmalarini yaratish kabilar bo‘lishi kerak.
    Yo‘llarni landshaft bilan uyg‘unlashtirish amalda muhandislar tomonidan XIX asrdan boshlab amalda keng qo‘llanilgan. Mashqur muhandis N.O.Kraft Chenchen deb ataluvchi joydan o‘tuvchi Varshava va Krakov oralig‘idagi shosseli yo‘lni juda qulay va yaxshi estetik ko‘rinishga ega ekanligini ta’kidlaydi (“Jurnal putey soobщeniya”, № 31, 1838 y).
    Yo‘llarni loyihalashda estetika masalasi keyinchalik chop etilgan adabiyotlarda ham keltirilgan. Masalan 1912 yili Kievda prof. Dubeler tomonidan chop etilgan “Shahar yo’llari va ko’priklari” kitobida shahar yo‘llarini to‘rini rejalashtirishda “ imkoni boricha rassomchilik tavsiflarining talablarini ham qanoatlantirish kerak ” degan so‘zlar bitilgan.



    Download 31.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 31.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Avtomobil yo‘lining fazoviy ravonligi. Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash

    Download 31.87 Mb.