Grammatika qanday tasniflanadi




Download 35,39 Kb.
bet7/10
Sana06.01.2024
Hajmi35,39 Kb.
#131156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Bixevioristik yondashuv nima -fayllar.org

14.Grammatika qanday tasniflanadi
Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy grammatika va nazariy grammatikaga boʻlinadi.Amaliy grammatika muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy grammatika.Tavsifiy grammatika til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy grammatika esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi.Amaliy grammatikadan farqdi ravishda, nazariy grammatika til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy grammatikada til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy grammatika umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi.Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, grammatika faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol grammatika sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi grammatika faol grammatika hisoblanadi. Faol grammatikada u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda grammatika mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) grammatikalarga boʻlinadi.Mazmuniy grammatika mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy grammatika oʻrganadi.Shakliy grammatika esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yo‘nalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi.Funksional grammatikada asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday grammatikalarda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi



Download 35,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 35,39 Kb.