|
Tipologiyaning qnday turlari bor
|
bet | 9/10 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 35,39 Kb. | | #131156 |
Bog'liq 2. Bixevioristik yondashuv nima -fayllar.org17.Tipologiyaning qnday turlari bor
Tipologiya predmet yoki hodisalarning tasniflash jarayoni bilan bogliqligiga koʻra ikkiga boʻlinadi:
a) lingvistik tipologiya;
b) nolingvistik tipologiya.
Lingvistik tipologiya (yunoncha “typos” — nusxa, andoza, shakl, iz va “logos” — soʻz, taʼlimot) — tillar oʻrtasida genetik munosabatlardan qatʼi nazar, ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan lingvistik tipologiya tillardagi farqli va o‘xshash alomatlarni guruhlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yo‘li bilan tatbiq etish metodi hisoblanadi. Demak, lingvistik tipologiya tillar tizimlarini bir-biri bilan qiyoslash, til qonunlari va kategoriyalarini umulashtirishni, ularni tipologik tasniflashni o‘rganadi. Lingvistik tipologiyaning bu turi sof lingvistik tipologiya deyilib, ekstralingvistik tipologiyaga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ektralingvistik tipologiya tilni mazkur tilga yaqin boshqa tizimlar, masalan, semiotik, kommunikatsion va boshq belgili tizimlar bilan qiyoslaydi va solishtiradi. Semiotik tizim inson tili, hayvonot tili, mashina tili tizimi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Nolingvistik tipologiya lingvistikadan boshqa fanlarda ishlatiladi. Nolingvistik tipologiyaning ko‘lami juda keng bo‘lib, geologiya, tarix, jamiyatshunoslik, botanika fanlarida, sanʼat va adabiyotda, musiqa va umuman fanda turli predmet, hodisa va voqealarning o‘xshashliklari va farqiga ko‘ra tasnifini o‘rganadi. Tipologiya sohasida qilingan ishlar hali umumtipologiya miqyosiga ko‘tarila olganicha yo‘q. Tipologiyani turli konkret tarmoqlarga bo‘lish asosan hozirgi davrga xosdir, chunki tipologiya haqidagi fan avval aniq bo‘lmagan. Umumiy tipologiya tillar tizimlarini umumiy kategoriyalar asosida o‘rganadi. Hozirgi tilshunoslikda til umumiy tahlilining bir necha metodi mavjud bo‘lib, ularning barchasi til tahlili bilan shug‘ullansa-da, xususiyatiga ko‘ra ular bir-biridan farq qiladi va tillar tizimini turli yo‘llar bilan tekshiradi.
|
| |