• Tayanch tushunchalar
  • Falsafada narsa o`rganish ob’ekti haqida tadqiqotchi ikki turdagi bilimlar xosil qilishi mumkin
  • Tilshunoslik fanida mavjud bo`lgan amaldagi metodlarni ikkiga bo`lish mumkin
  • Diaxron metodlarga, asosan quyidagilar kiradi
  • Tipologiya va lingvistik tipologiya. Lisoniy metodlar




    Download 254,29 Kb.
    Sana29.11.2023
    Hajmi254,29 Kb.
    #107837
    Bog'liq
    tipologiya va lingvistik tipologiya.

    tipologiya va lingvistik tipologiya. lisoniy metodlar.

    1.Tipologiya va lingvistik tipologiya

    Lisoniy metodlar.

    2. “Metod” tushunchasi haqida

    3.Tasviriy metod. Qiyosiy- tarixiy metod. CHog’ishtirish metodi. Tarixiy –qiyosiy metod.

    4. Tipologik metod

    Tayanch tushunchalar:

    • Tarixiy-qiyosiy metod - bir tilni yoki bir necha qarindosh tillarni, ularga teshoi birliklarni, hodisalarni tarixiylik prinsipi asosida qiyoslaydi, ular orasidagi tarixiy umumiylikni, o`xshashlikni va farqlarni aniqlaydi. CHog’ishtirish metodi - ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo`lmagan tillarni o`zaro qiyoslab, chog’ishtirib o`rganadi. Tipologik metod - o`zaro qarindosh va qarindosh bo`lmagan tillar, struktur jihatdan qiyosiy o`rganilib, ular tuzilishiga xos xususiyatlar - umumiy va farqli tomonlar aniqlanadi.
    • Har bir fan kabi tilshunoslik fani ham tarixiy taraqqiyoti davomida lisoniy hodisalarni o`rganishda, tadqiqot ob’ektini (manbaini) ilmiy tahlil qilib,uning ichki “sirlarini”, muayyan jihatlarini ochishda, tabiatini, tarkibini aniqlashda, ilmiy xulosalar chiqarishda muayyan metodlar asosida ish olib boradi. Bu – mutlaqo tabiiy.Chunki metod tadqiqot manbaining (ob’ektining) biror jihatini,tomonini (qismini, bo`lagini) o`rganish, aniqlash, bilish usulidir.

    Metod fanining mavjudligi, uning ajralmas tarkibiy qismi, mantiqiy bo`lagi (komponenti) bo`lgan ilmiylik degan tushunchaga xizmat qiladi. U fan ilmiyligini, taraqqiyotini ta’minlaydi, fanning ijtimoiy ongning qudratli bir qismi, turi ekanligini asoslaydi, unga xizmat qiladi.

    • Metod etimologik jihatdan grekcha “methodos” so`zidan olingan bo`lib, “tadqiqot”, “o`rganish” degan ma’noni anglatadi.
    • Metod bilish nazariyasiga ko`ra voqeilikka yondashish –tabiat, jamiyat va fikrlash jarayonini – tafakkurini bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy ma’noda ob’ektiv voqeilikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish, tushuntirish va talqin qilish yo`lidir. Ayni vaqtda metod umumiy–falsafiy ma’noda qo`llanishdan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo`llanish imkoniyatiga ega.Bu holda u muayyan fanga oidligi bilan, ayni fanning tadqiqot ob’ektini (manbaini) tahlil qilish bilan muhim ahamiyatga ega bo`ladi.

    Falsafada narsa o`rganish ob’ekti haqida tadqiqotchi ikki turdagi bilimlar xosil qilishi mumkin:

    • fahmiy (hissiy, empirik…) bilimlar;
    • idrokiy (aqliy, mantiqiy, nazariy,teoretik…) bilimlar.

    Tilshunoslik fani ham o`zining qator ilmiy-tadqiqot metodlariga ega bo`lib, bu tilning o`ta murakkab ijtimoiy- tarixiy, ijtimoiy- psixik, ijtimoiy-individual, ijtimoiy- fiziologik hodisa ekanligidan kelib chiqadi. SHunga ko`ra tilni tadqiq qiluvchi lisoniy tadqiqot metodlari ham turli-tumanligi bilan ajralib turadi.

    Tilshunoslik fanida mavjud bo`lgan amaldagi metodlarni ikkiga bo`lish mumkin:

    • Diaxron – tadqiqot metodlari.
    • Sinxron – tadqiqot metodlari.

    Diaxron tadqiqot metodlari miqdoran chegaralangan bo`lib, ular tarixan tashkil topganligi, ya’ni qo`llanishiga ko`ra uzoq davrlarga borib taqalishi – uzoq tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu metodlar jahon tilshunosligi amaliyotida ko`p asrlardan beri tillar tabiatini, tarkibini tekshirishda, tadqiq va tahlil qilishda faol xizmat qilganligi va jahon tilshunos olimlari tomonidan to`la tan olinganligi sababli ular an’anaviy, ya’ni traditsion metodlar deb ham yuritiladi.

    Diaxron metodlarda vaqt, zamon belgisi – ularning tarixan o`tmishda yuzaga kelganligi tushunchasi mezon vazifasini o`taydi. Aynan mana shu jihatiga ko`ra biz ularni diaxron – tarixiy ( an’anaviy emas) metodlar deb nomlanadi.

    Diaxron metodlarga, asosan quyidagilar kiradi:

    • Tasviriy metod
    • Qiyosiy- tarixiy metod
    • CHog’ishtirish metodi
    • Tarixiy –qiyosiy metod

    Jahon tilshunosligi fanining eng tarixiy, eng qadimiy va eng dastlabki asosiy, yetakchi metodi tasviriy metod hisoblanadi. Ushbu metod asosida qadimgi arab, Yunon, hind, xitoy va rim kabi tillarga oid asarlar–grammatikalar yaratilgan bo`lib, ular tasviriy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.

    Ildizlari XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida shakllangan Moskva (formal) lingvistik maktabiga (buyuk namoyandalari Filipp Fortunatov, Aleksey SHaxmatov, Aleksey Peshkovskiy, Viktor Vinogradov) borib taqalgan, Nikolay Dmitriyev, Nikolay Baskakov, yevgeniy Polivanov, Aleksandr Borovkov, Andrey Kononovlar tomonidan turkiy tilshunoslikka olib kirilgan tasviriy metod XX asrning 40- yillaridan boshlab deyarli hozirgacha o`zbek tilshunosligida – darslik va qo`llanmalar yaratishda faoliyat ko`rsatmoqda.

    • Tasviriy metodning asosiy vazifasi shundaki, u muayyan sinxron aspektga tegishli lisoniy birliklarni, hodisalarni tasvirlash, tavsiflash jarayonida ularni tahlil qilib boradi, tildagi vazifasini, o`rnini, qo`llanishini, tuzilishini, o`ziga xosliklarini aniqlaydi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi.

    Download 254,29 Kb.




    Download 254,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tipologiya va lingvistik tipologiya. Lisoniy metodlar

    Download 254,29 Kb.